Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Xudo aslida qanaqa?

Xudo aslida qanaqa?

Aksariyat insonlar: «Xudoga ishonaman»,— deb aytadi. Ammo ulardan: «Xudo aslida qanaqa?» — deb so‘rasangiz, turli javoblarni eshitasiz. Ba’zilarning fikricha, Xudo shafqatsiz Hakam va U odamlarni xatolari uchun jazolashni poylab turadi. Boshqalar esa «Inson qanday xato qilishiga qaramay, Xudo uni sevib, doim kechiradi» deb o‘ylaydi. Yana birovlar «Xudo juda uzoqda va biz bilan hech qanday ishi yo‘q» degan fikr bildiradi. Bunday bir-biriga zid qarashlar dastidan ko‘pchilik Xudoni tanib-bilishning iloji yo‘q degan xulosaga keladi.

Xudoni tanib-bilish muhimmi? Ha, albatta. Allohni tanib-bilganingiz sayin, hayotingizda maqsad va mazmun paydo bo‘ladi. (Havoriylar 17:26–28) Unga qanchalik yaqin bo‘lsangiz, U sizni shunchalik sevadi va yordam beradi. (Yoqub 4:8) Qolaversa, Xudo haqida aniq bilim olish sizni abadiy hayotga yetaklaydi. (Yuhanno 17:3)

Xudoni qanday qilib tanib-bilishingiz mumkin? Yaqin do‘stingizni ko‘z oldingizga keltiring. Do‘stligingiz qanday rivojlangan? Siz do‘stingizning ismi, shaxsiyati, unga nima yoqish-yoqmasligi, u nimalar qilgani, nimalar qilmoqchi ekanini va hokazolarni bilib olgandirsiz. Ha, u haqda bilib olgan narsalar sizni unga yaqinlashtirgan.

Shu singari quyidagi narsalarni ko‘rib chiqib, Xudoga yaqinlashsak bo‘ladi:

Ushbu jurnaldan mazkur savollarga Muqaddas Kitob asosida javob topishingiz mumkin. Bu maqolalardan siz nafaqat Xudo aslida qanaqa ekanini, balki U bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirganlarga U nimalar tayyorlab qo‘yganini bilib olasiz.