Ruhiy salomatlik muammolari bilan kurashayotganlarga qanday yordam bersa bo‘ladi?
MUQADDAS KITOBDA SHUNDAY DEYILGAN: «Chin do‘st hamma vaqt sevadi, og‘ir damda birodariga tayanch bo‘ladi». (HIKMATLAR 17:17)
Bu oyat nimani anglatadi?
Do‘stimiz ruhiy kasallikdan azob chekayotgan bo‘lsa, o‘zimizni chorasiz his qilishimiz mumkin. Lekin unga bu muammo bilan kurashishga yordam berib, u uchun qanchalik qayg‘urayotganimizni ko‘rsata olamiz. Qiziq, qanday qilib?
Bu oyatdagi prinsipni qanday qo‘llasa bo‘ladi?
«Har bir kishi tinglashga tayyor bo‘lsin». (YOQUB 1:19)
Do‘stingizga yordam berishning eng a’lo yo‘llaridan biri — suhbatlashishni istaganida uni tinglash. «U aytgan har bitta gapga javob qaytarishim kerak» deb o‘ylamang. Uni tinglayotganingizni va u uchun qayg‘urayotganingizni ko‘rsating. Do‘stingizning tuyg‘ularini tushunishga harakat qiling hamda uni tanqid qilmang. U o‘ylamay gapirishi va keyinchalik afsuslanishiga sabab bo‘ladigan narsalarni aytib qo‘yishi mumkinligini yodda tuting. (Ayub 6:2, 3)
«Tasalli beringlar». (1 SALONIKALIKLARGA 5:14)
Do‘stingiz tushkunlikka tushishi yoki o‘zini keraksizday his qilishi mumkin. Bunday paytlarda nima deyishni bilmasangiz ham, do‘stingizni u uchun qayg‘urayotganingizga ishontirib, unga tasalli hamda dalda bergan bo‘lasiz.
«Chin do‘st hamma vaqt sevadi». (HIKMATLAR 17:17)
Amaliy yordam taklif qiling. «Qanday yordam berishni bilaman» deb o‘ylamay, do‘stingiz uchun nimalar qilishingiz mumkinligini o‘zidan so‘rang. Do‘stingiz unga nimalar kerakligini tushuntirishga Galatiyaliklarga 6:2)
qiynalsa, unga qaysidir ishlarni birga bajarishni taklif qiling. Masalan, u bilan birga aylanishga chiqing yoki bozor qilishga, tozalik ishlarida yo boshqa yumushlarda yordam bering. («Sabr-toqatli bo‘linglar». (1 SALONIKALIKLARGA 5:14)
Do‘stingiz doim ham siz bilan suhbatlashishni istamasligi mumkin. Lekin bordi-yu, u gaplashishni xohlasa, uni tinglashga tayyor ekaningizga ishontiring. Kasalligi tufayli do‘stingiz sizni xafa qiladigan nimadir aytishi yoki qilishi hech gap emas. U siz bilan birga tuzgan rejalarni bekor qilishi yoki uning kayfiyati yomon bo‘lishi mumkin. Do‘stingizni qo‘llab-quvvatlashga intilayotib, sabrli bo‘ling va uni tushunishga harakat qiling. (Hikmatlar 18:24)
Do‘stingizga berayotgan yordamingiz zoye ketmaydi
«Dugonam men bilan istagan payti gaplasha olishi uchun yaxshi do‘st bo‘lishga harakat qilaman. Uning muammolarini hal qila olmasam-da, gaplarini doim tinglashga intilaman. Dugonam o‘zini yaxshiroq his qilishi uchun ba’zida uni tinglashning o‘zi kifoya». (Ovqatlanishning buzilishi, xavotirlanish va klinik depressiyadan aziyat chekayotgan dugonasiga yordam berayotgan Ferra a)
«Bir dugonam bor. U judayam mehribon va ijobiy inson. Bir kuni u meni uyida mazali taom bilan mehmon qildi. Bunday do‘stona va yoqimli muhitda unga ichimdagilarni aytish oson bo‘ldi. Bundan rosa dalda oldim». (Klinik depressiya bilan kurashayotgan Xa-Yun)
«Sabrli bo‘lish o‘ta muhim. Xotinim meni ranjitadigan nimadir qilganida buni kasalligi tufayli qilganini o‘zimga eslataman. Bu jahlim chiqmasligiga va uni tushunishimga yordam beradi». (Klinik depressiyadan aziyat chekayotgan xotiniga g‘amxo‘rlik qilayotgan Jeykob)
«Rafiqam menga ko‘p yordam va tasalli beradi. Qattiq xavotirga tushganimda u meni istamagan narsamni qilishga hech qachon majburlamaydi. Buning uchun u ba’zida xohish-istaklaridan voz kechadi. Uning fidoyiligi va saxiyligini juda qadrlayman». (Xavotirli buzilishdan aziyat chekayotgan Enriko)
a Ba’zi ismlar o‘zgartirilgan.