Xudo sizga g‘amxo‘rlik qiladi
MUQADDAS KITOB Xudo tomonidan ilhomlantirilgani uchun unda bizga foyda keltiradigan eng yaxshi maslahatlar bor. Muqaddas Kitob tibbiy qo‘llanma bo‘lmasa-da, u ko‘ngilni xira qiladigan vaziyatlar, tashvishli o‘y-fikrlar, og‘riqli tuyg‘ular hamda tushkunlikka tushiradigan jismoniy va ruhiy salomatlik muammolari bilan kurashishimizga yordam berishi mumkin.
Eng muhimi shundaki, Muqaddas Kitob bizni Yaratuvchimiz Tangri Yahova a o‘y-fikrlarimiz-u his-tuyg‘ularimizni hammadan ham yaxshiroq tushunishiga ishontiryapti. Qanday qiyinchilikka duch kelmaylik, u bizga yordam berishga tayyor. Quyidagi tasalli baxsh etuvchi ikkita oyat buning misoli bo‘la oladi.
«Yahova qalbi o‘ksiganlarga yaqindir, ruhan ezilganlarni U qutqaradi». (ZABUR 34:18)
«Chunki Men, Tangring Yahova, o‘ng qo‘lingdan ushlab: “Qo‘rqma! Senga yordam beraman”,— deyapman». (ISHAYO 41:13)
Lekin qanday qilib Yahova bizga ruhiy salomatlik muammolari bilan kurashishda yordam berishi mumkin? Keyingi maqolalarda U bizga ko‘plab yo‘llar orqali chinakamiga g‘amxo‘rlik qilishini bilib olamiz.
a Yahova — Xudoning ismidir. (Zabur 83:18)