Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

«Shohliging kelsin» — millionlab odamlar takrorlaydigan ibodat

«Shohliging kelsin» — millionlab odamlar takrorlaydigan ibodat

Kimdir Xudoning Shohligi kelishi haqida ibodat qilganini hech eshitganmisiz? Asrlar osha millionlab odamlar: «Shohliging kelsin»,— deb ibodat qilib kelishmoqda. Nima uchun? Chunki Iso payg‘ambar izdoshlariga Xudoning Shohligi haqida ibodat qilishni aytgandi.

Boshida Iso alayhissalomning izdoshlari u Shohlik haqida aytgan narsalarning hammasini ham tushunishmagandi. Bir marta ular undan: «Hazrat, axir siz Isroilda shohlikni shu paytda tiklamaysizmi?» — deb so‘rashgandi. O‘shanda Hazrati Iso Xudoning Shohligi qachon kelishini aniq aytmagani ularni hayron qoldirgandir. (Havoriylar 1:6, 7) Lekin bu, Xudoning Shohligi o‘zi nima ekani va u qachon kelishi haqidagi savollarimiz javobsiz qolishini anglatadimi? Albattaki, yo‘q!

«Qo‘riqchi minorasi» jurnalining ushbu sonida quyidagi savollarga javob topishingiz mumkin:

  • Nima uchun Xudoning Shohligiga muhtojmiz?

  • Xudo Shohligining Shohi kim?

  • Xudoning Shohligi yer yuzi ustidan qachon boshqarishni boshlaydi?

  • Xudoning Shohligi nimalarni amalga oshiradi?

  • Nega hozirdan Xudoning Shohligini qo‘llab-quvvatlash kerak?

  • Xudoning Shohligi o‘zi nima?