Yangi dunyoga muhtojmiz!
«Biz muammolarga to‘la dunyoda yashayapmiz»,— dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish. Siz ham bunga qo‘shilarsiz.
Yangiliklar shunday qayg‘uli xabarlarga to‘lib ketgan:
kasalliklar va pandemiyalar
tabiiy ofatlar
qashshoqlik va ocharchilik
global ifloslanish va isish
jinoyat, zo‘ravonlik va korrupsiya
urushlar
Chindan ham yangi dunyoga muhtojmiz. U yerda quyidagilar bo‘ladi:
mukammal sog‘liq
xavfsizlik
mo‘l-ko‘l oziq-ovqat
toza atrof-muhit
adolat
umumjahon tinchlik
Lekin yangi dunyo deganda nimani nazarda tutamiz?
Biz hozir yashayotgan dunyo bilan nima sodir bo‘ladi?
Yangi dunyoda yashash uchun nima qilishimiz kerak?
«Qo‘riqchi minorasi» jurnalining mazkur sonida bu va boshqa savollarga Muqaddas Kitobga asoslangan taskin beruvchi javob topasiz.