QOʻRIQCHI MINORASI (TADQIQ SONI) Iyun 2020

Ushbu sonda 2020-yil 3–30-avgustgacha bo‘lgan tadqiq maqolalari joylashgan.

«Isming muqaddas bo‘lsin»

23- tadqiq maqolasi. 2020-yil 3–9-avgust: barcha ongli mavjudotlar qanday muhim masalaga duch kelyapti? Nega bu masala shunchalik muhim va u hal qilinishida biz qanday o‘rin egallaymiz? Bu va ular bilan bog‘liq savollarning javobini tushunish Yahova bilan munosabatlarimizni mustahkamlashga yordam beradi.

«Ismingdan qo‘rqishim uchun, yuragimni butun qil»

24-tadqiq maqolasi. 2020-yil 10–16-avgust: ushbu maqolada Dovud Zabur 86:11, 12 dagi ibodatida Xudoga nima deb aytganiga diqqat qaratamiz. Xudoning ismidan qo‘rqish nimani anglatadi? Bu buyuk ismdan qo‘rqishimiz uchun qanday asos bor? Qay yo‘sin Xudodan qo‘rqish vasvasaga berilishdan himoya qiladi?

O‘quvchilarning savollari

«Muqaddas ruh samarasi»ga faqat Galatiyaliklarga 5:22, 23 da sanab o‘tilgan fazilatlar kiradimi?

«Men O‘zim qo‘ylarimni qidirib topaman»

25-tadqiq maqolasi. 2020-yil 17–23-avgust: nega Yahovaga yillar davomida sadoqat ila xizmat qilgan kishilarning ba’zilari jamoatdan uzoqlashib ketadi? Xudo ular haqida qanday fikrda? Bu maqolada mazkur savollarga javob topamiz. Shuningdek, qadimda Yahova Undan vaqtincha uzoqlashib qolgan kishilarga qanday yordam berganidan nimani o‘rganishimiz mumkinligini muhokama qilamiz.

«Menga qaytinglar»

26-tadqiq maqolasi. 2020-yil 24–30-avgust: Yahova jamoat bilan muloqot qilmayotganlar Unga qaytishlarini istaydi. Yahovaning: «Menga qaytinglar»,— degan taklifini qabul qilishni istayotganlarga dalda berish uchun ko‘p narsa qila olamiz. Ushbu maqolada qay yo‘sin ularga mazkur taklifni qabul qilishlariga yordam bera olishimiz haqida gap boradi.