1-TADQIQ MAQOLASI
«Boringlar,.. shogird tayyorlanglar. Ularni... suvga cho‘mdiringlar»
2020-YILNING OYATI: Shuning uchun boringlar,.. shogird tayyorlanglar. Ularni... suvga cho‘mdiringlar. MAT. 28:19
79-QO‘SHIQ Pok qalbga sobit qolishni o‘rgataylik
BU MAQOLADA *
1–2. Isoning qabri yonida farishta ayollarga nima dedi va Isoning o‘zi ularga qanday yo‘l-yo‘riq berdi?
MILODIY 33-yil 16-nison. Tong sahar payti. Bir guruh xudotars ayollar yuraklarida og‘ir bir dard bilan qabr tomon yo‘l olishdi. Bir yarim kundan oshiqroq vaqt oldin Hazrati Iso Masihning jasadi o‘sha qabrga qo‘yilgan edi. Ayollar u uchun xushbo‘y o‘tlar va moylar tayyorlab qabr boshiga kelishganida, qabr bo‘sh ekanini ko‘rib dong qotib qolishdi! Farishta ayollarga Iso tirilganini aytdi va shunday deb qo‘shib qo‘ydi: «U sizlardan avval Jalilaga ketyapti. O‘sha yerda uni ko‘rasizlar». (Mat. 28:1–7; Luqo 23:56; 24:10)
2 Ayollar qabrni tark etgach, Isoning o‘zi ularga uchradi va quyidagi yo‘l-yo‘riqni berdi: «Borib, birodarlarimga xabar beringlar, ular Jalilaga borishsin. Meni o‘sha yerda ko‘rishadi». (Mat. 28:10) Iso tirilganidan keyin qilgan birinchi ishi shogirdlari bilan uchrashuv tashkil etish edi. Bu uchrashuvda u shogirdlariga juda muhim ko‘rsatmalar berdi.
AMR KIMLARGA BERILGAN?
3–4. Nega Matto 28:19, 20 dagi amr faqatgina havoriylarga berilmagan deya olamiz? (Muqovadagi rasmga qarang.)
3 Matto 28:16–20 ni o‘qing. Tashkil etgan uchrashuvda Iso shogirdlari birinchi asr davomida amalga oshirishi kerak bo‘lgan muhim ish haqida gapirdi. Bugungi kunda biz ham bu ishni bajaryapmiz. Iso shunday degan: «Shuning uchun boringlar, barcha xalqlardan shogird tayyorlanglar. [...] Men sizlarga amr etgan hamma narsaga amal qilishni ularga o‘rgatinglar».
1 Kor. 15:6) Bu qayerda yuz berdi?
4 Iso uning barcha izdoshlari va’z qilishini istaydi. Uning amri 11 ta sadoqatli havoriysi bilan chegaralanib qolmaydi. Bunga bizni nima ishontiradi? Jaliladagi tog‘da shogird tayyorlash amrini berganda u yerda faqat havoriylar bo‘lganmi? Farishtaning ayollarga aytgan mana bu so‘zlarini eslang: «O‘sha yerda [Jalilada] uni ko‘rasizlar». Demak, o‘sha uchrashuvda bu sadoqatli ayollar ham bo‘lgan bo‘lishi kerak. Ulardan tashqari boshqalar ham bor edi. Havoriy Pavlusning yozishicha, Iso «birdaniga 500 dan ortiq birodarlarga ko‘rindi». (5. Korinfliklarga birinchi maktub 15:6 da Matto 28- bobdagi voqealar nazarda tutilgan, deb aytish uchun qanday sabablar bor?
5 Korinfliklarga birinchi maktub 15:6 da Pavlus Matto 28- bobdagi voqeani nazarda tutgan deb o‘ylashimiz uchun bizda asosli sabablar bor. Bu qanaqa sabablar ekan? Birinchidan, Isoning aksar shogirdlari Jaliladan edi. Quddusdagi birorta xonadondan ko‘ra Jaliladagi tog‘ buncha ko‘p odam yig‘ilishi uchun ancha qulay joy bo‘lgan. Ikkinchidan, tirilgan Iso bundan oldin 11 ta havoriysi bilan Quddusdagi xonadonlardan birida uchrashgan edi. Va’z qilish va shogird tayyorlash borasida faqatgina havoriylariga ko‘rsatma berishni istaganida, Iso ularni, ayollarni va boshqalarni Jalilaga uchrashuvga chaqirmasdan, Quddusda buni qilib qo‘ya qolardi. (Luqo 24:33, 36)
6. Qanday qilib Matto 28:20 shogird tayyorlash amri bugungi kunga ham taalluqli ekanini ko‘rsatmoqda va bu amrga qanday miqyosda amal qilinmoqda?
6 Isoning amri 11 ta sadoqatli havoriysi bilan chegaralanmagan, deb aytish uchun uchinchi muhim sababga e’tibor bering. Isoning shogird tayyorlash haqidagi amri birinchi asrda yashagan masihiylar bilan chegaralanmagan. Buni qayerdan bilamiz? Iso izdoshlariga bergan ko‘rsatmasini quyidagi so‘zlar bilan yakunladi: «Zamonaning oxirigacha men doimo sizlar bilan bo‘laman». (Mat. 28:20) Iso aytganidek ko‘plar hozirga qadar shogird tayyorlamoqda. Bir o‘ylab ko‘ring, har yili taxminan 300 000 kishi Yahovaning Shohidi sifatida suvga cho‘madi va Iso Masihning shogirdi bo‘ladi!
7. Hozir nimani muhokama qilamiz va nega?
7 Muqaddas Kitobni tadqiq qiluvchilarning ko‘pi ma’nan o‘sib suvga cho‘madi. Biroq muntazam tadqiq qiluvchilarning ba’zilari shogird bo‘lishdan qo‘rqadi. Tadqiq ularga yoqadi, lekin ular suvga cho‘mish uchun ma’nan o‘smaydi. Agar qiziqayotgan kishi bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilayotgan bo‘lsangiz, unga o‘rganganlarini qo‘llashga va Masihning shogirdi bo‘lishga yordam berayotganingizga ishonchimiz komil. Ushbu maqolada tadqiq qiluvchiga Yahovani sevishga va ma’nan o‘sishga qanday yordam berishimiz mumkinligi haqida gap boradi. Nega bu mavzuni muhokama qilishga ehtiyoj tug‘ildi? Chunki ayrim hollarda tadqiqni davom ettirish yoki to‘xtatish qarorini chiqarishimizga to‘g‘ri keladi.
YAHOVANI SEVISHGA KO‘MAKLASHING
8. Tadqiq qiluvchi Yahovani sevishi nega qiyin bo‘lishi mumkin?
8 Yahova odamlar Uni sevgani tufayli Unga xizmat qilishlarini xohlaydi. Bizning maqsadimiz — tadqiq qiluvchilarga Yahova ularga g‘amxo‘rlik qilishini va juda yaxshi ko‘rishini tushuntirishdan iborat. Ularga Yahova «yetimlarning Otasi, bevalarning himoyachisi» ekanini anglab yetishga ko‘maklashishni istaymiz. (Zab. 68:5) Siz ta’lim berayotgan kishi Xudo uni qanchalik sevishini tushunsa, javoban u ham Xudoni seva boshlashi mumkin. Tadqiq qiluvchilarning ba’zilari o‘z otasidan sevgi va mehrni ko‘rmagani uchun, Yahovani sevuvchi Ota sifatida qabul qilishi qiyin bo‘lishi mumkin. (2 Tim. 3:1, 3) U holda tadqiq paytida Yahovaning jozibador fazilatlariga urg‘u bering. Sevuvchi Tangrimiz ular abadiy hayotga ega bo‘lishini istayotganini va bu maqsadga erishishlari uchun ularga yordam berishga tayyor ekanini tushunishga ko‘maklashing. Yana nima qilsak bo‘ladi?
9–10. Muqaddas Kitob tadqiqlarini o‘tkazish uchun qaysi kitoblardan foydalanishimiz kerak va nega?
9 «Muqaddas Kitob haqiqatlari» va «Keling, Xudoning mehr-muhabbatida qolaylik» kitoblaridan foydalaning. Mazkur kitoblar tadqiq qiluvchining qalbida Yahovaga nisbatan sevgi uyg‘onishiga ko‘maklashish maqsadida tuzilgan. Misol uchun, «Haqiqatlar» kitobining birinchi bobida quyidagi savollarga javoblar berilgan: Xudo rahmdilmi yoki shafqatsizmi? Azob chekkanimizda Xudo nimalarni his qiladi? Yahovaning do‘sti bo‘la olasizmi? «Xudoning mehr-muhabbati» kitobi ham o‘zgacha ahamiyatga ega. Ushbu adabiyot tadqiq qiluvchiga Muqaddas Kitob prinsiplariga amal qilish hayotini yaxshilashini tushunishga va Yahovaga yanada yaqin bo‘lishga yordam beradi. Agar siz bu adabiyotlar yordamida boshqalar bilan tadqiq o‘tkazayotgan bo‘lsangiz, har bir tadqiqqa puxta tayyorgarlik ko‘ring va tadqiq qiluvchining o‘ziga xos ehtiyojlarini yodda tuting.
10 Deylik, tadqiq qiluvchi «Haqiqatlar» va «Xudoning mehr-muhabbati» kitoblarida bo‘lmagan mavzu bilan qiziqmoqda. Tadqiq qilishni to‘xtatmaslik uchun, balki uni o‘sha mavzu yoritilgan adabiyotni shaxsan tadqiq qilishga undarsiz.
11. Qachon ibodat qilishni boshlash maqsadga muvofiq va tadqiq qiluvchiga bu muhim ekanini qay yo‘sin tushuntirsak bo‘ladi?
11 Tadqiqni ibodat bilan boshlang. Odatda, tadqiqni boshlashdan va tugatishdan avval ibodat qilishni imkon boricha tezroq boshlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, muntazam tadqiq boshlaganimizning ilk bir necha haftasidayoq bunday qilsak yaxshi bo‘lardi. Unga Muqaddas Kitobni faqatgina Allohning muqaddas ruhi yordamida anglab yeta olishimiz mumkinligini tushunishiga ko‘maklashishimiz kerak. Ayrim va’zgo‘ylar nega ibodat qilish muhimligini Yoqub 1:5 dagi mana shu so‘zlarni keltirib tushuntirishadi: «Agar orangizdagi biror kishiga donolik yetishmayotgan bo‘lsa,.. Xudodan so‘rab tursin». Keyin esa tadqiq qiluvchiga: «Qanday qilib Xudodan donolik so‘rashimiz mumkin?» — deb savol berishadi. U duo qilish kerak, deb aytar.
12. Qanday qilib Zabur 139:2–4 ni qo‘llab, tadqiq qiluvchiga ibodatlarining sifatini yaxshilashiga yordam bera olasiz?
12 Tadqiq qiluvchini qanday ibodat qilish kerakligiga o‘rgating. Yahova uning samimiy ibodatlarini eshitishni xohlayotganini unga tushuntiring. Shaxsiy ibodatda Yahovaga qalbimizni ochishimiz, ya’ni hech kimga aytishni xohlamagan tuyg‘ularimizni Unga to‘kib solishimiz mumkinligini ayting. Unutmangki, Yahova ich-ichimizdagi fikr-xayollarimizni biladi. (Zabur 139:2–4 ni o‘qing.) Shuningdek, uni noto‘g‘ri fikrlash tarzini o‘zgartirish va yomon odatlarni yengish uchun Allohdan yordam berishini so‘rashga undashimiz mumkin. Aytaylik, muayyan vaqtdan beri tadqiq qiluvchi Xudoning xizmatchilari nishonlamaydigan bayramni yoqtiradi. U bu noto‘g‘ri ekanini biladi, lekin baribir uning ba’zi tomonlarini xush ko‘radi. Uni Yahovaga aynan nimalarni his qilayotganini aytishga va faqat U yaxshi ko‘radigan narsalarga ko‘ngil bog‘lashga yordam berishini ibodatda aytishga undang. (Zab. 97:10)
13. a) Nega tadqiq qiluvchini imkon qadar tezroq yig‘ilishlarga taklif qilishimiz lozim? b) Bu kishi o‘zini yig‘ilishda bemalol his eta olishi uchun nima qilishimiz mumkin?
13 Tadqiq qiluvchini imkon qadar tezroq yig‘ilishlarga taklif qiling. U uchrashuvlarda eshitgan va ko‘rgan narsalari qalbini zabt etib, ma’nan o‘sishiga ko‘maklashadi. Unga «Yig‘ilish zalida nimalar bo‘ladi?» nomli videoni ko‘rsatib, uni siz bilan birga borishga chin dildan taklif qiling. Imkon bo‘lsa transport masalasida ham unga yordam bering. Tadqiqqa turli va’zgo‘ylarni taklif qilsangiz yaxshi bo‘lardi. Shunda, tadqiq qiluvchi jamoatdagilar bilan tanishadi, yig‘ilishlarga borganda esa o‘zini bemalol his eta olishi mumkin.
TADQIQ QILUVCHIGA MA’NAN O‘SISHGA KO‘MAKLASHING
14. Tadqiq qiluvchiga ma’nan o‘sishga nima yordam berishi mumkin?
14 Maqsadimiz tadqiq qiluvchiga ma’nan o‘sishga yordam berishdan iborat. (Efes. 4:13) Tadqiq boshlaganimizda, inson asosan bundan qanday foyda olishi bilan qiziqar. Ammo Yahovaga bo‘lgan sevgisi ortgani sayin u boshqalarga, jumladan, jamoatdagilarga ham qanday yordam bera olishi to‘g‘risida fikr yurita boshlashi mumkin. (Mat. 22:37–39) O‘rinli bo‘lganda, va’zgo‘ylik faoliyatimizni moddiy tarafdan qo‘llab-quvvatlash imkoni borligini aytishdan tortinmang.
15. Muammo yuz berganda tadqiq qiluvchiga to‘g‘ri yo‘l tutishga qanday yordam berishimiz mumkin?
15 Muammolar yuzaga kelganda, qanday yo‘l tutish mumkinligini o‘rgating. Deylik, tadqiq qiluvchi suvga cho‘mmagan va’zgo‘y va uni bitta imondoshimiz xafa qilganini sizga aytdi. Tarafkashlik qilishning o‘rniga, Muqaddas Kitobga ko‘ra qanday yo‘l tutishi kerakligini tushuntiring. U imondoshimizni kechirib, bo‘lib o‘tganlarni unutib yuborishi mumkin. Bunday qila olmasa, u bilan sevgi va muloyimlik ila gaplashib olishi kerak. Shu yo‘sin, u imondoshimizni «qaytarib olgan bo‘ladi». (Matto 18:15 ni solishtiring.) Nima deb aytishi borasida tayyorgarlik ko‘rishiga yordam bering. Muammoni hal qilishda qo‘l keladigan maslahatlarni topish uchun JW Library® ilovasi, «Yahovaning Shohidlari izlanish olib borishi uchun qo‘llanma» va jw.org® saytidan qanday foydalanish mumkinligini ko‘rsating. U suvga cho‘mmasidan oldin qancha ko‘p ta’lim olsa, suvga cho‘mganidan keyin jamoatdagilar bilan shuncha yaxshi munosabatlar qura oladi.
16. Nima uchun boshqa va’zgo‘ylarni tadqiqqa taklif qilish foydali?
16 Jamoatdagilarni va tuman noziri tashrif buyurganda, uni ham tadqiqqa taklif qiling. Nima uchun? Yuqorida sanab o‘tilgan sabablardan tashqari, boshqa va’zgo‘ylar tadqiq qiluvchiga siz bera olmayotgan yordamni taqdim eta olishi mumkin. Masalan, u chekishni tashlashga harakat qildi, lekin bir necha marta chekib qo‘ydi. Shunda, tadqiqqa bu odatni tashlagan va’zgo‘yni taklif qiling, balki unga ham chekishni tashlash qiyin kechgandir. Ehtimol, bu va’zgo‘y u eshitishi kerak bo‘lgan amaliy maslahat berar. Agar tajribali imondoshimiz bilan birga tadqiqqa kelib, uni o‘tkazishdan uyalayotgan bo‘lsangiz, tadqiqni u o‘tkazishini taklif qiling. Boshqalarni taklif qilganingizda, tadqiq qiluvchi ularning tajribasidan o‘rganadi. Maqsadimiz unga ma’nan o‘sishga yordam berishdan iborat ekanini unutmang.
TADQIQNI TO‘XTATISHIM KERAKMI?
17–18. Tadqiqni to‘xtatish yoki to‘xtatmaslik qarorini chiqarishingiz kerak bo‘lsa, nimalarni inobatga olishingiz lozim?
17 Agar tadqiq qiluvchi ma’nan o‘smayotgan bo‘lsa, o‘zingizdan: «Tadqiqni to‘xtatishim kerakmi?» — deb so‘rab ko‘rarsiz. Bunday qarorga kelishdan avval, uning qobiliyatini inobatga oling. Negaki, har bir kishining o‘sish jarayoni turlicha. O‘zingizga shunday savollar bering: «U o‘z vaziyatiga mos sur’atda ma’nan o‘syaptimi? O‘rganganlariga “amal qilishni” boshladimi?» (Mat. 28:20) Tadqiq qiluvchi sekin-asta ma’nan o‘sishi mumkin, ammo hayotida shunga yarasha o‘zgarishlar ham qilishi lozim.
18 Bordi-yu, muayyan vaqt davomida tadqiq *.
qiluvchi tadqiqni uncha muhim deb bilmayotgan yoki umuman qadrlamayotgan bo‘lsa-chi, nima qilishimiz kerak? Aytaylik, tadqiq qiluvchi «Haqiqatlar» kitobini tugatib, ehtimol, hatto «Xudoning mehr-muhabbati» kitobi asosida tadqiq boshlagandir. Lekin biror marta yig‘ilishga va hatto Qutlug‘ Kechlikka ham kelmadi. Qolaversa, arzimagan sabablarga ko‘ra tez-tez tadqiqni bekor qiladi. Siz tadqiq o‘tkazayotgan kishi ham shunday yo‘l tutayotgan bo‘lsa, u bilan bu haqida ochiq-oydin gaplashib olishingiz darkor19. Kishi tadqiqni uncha muhim deb bilmayotganday tuyulsa, unga nima deyishingiz mumkin va nima haqida o‘ylab ko‘rishingiz kerak?
19 Suhbatni shunday savol bilan boshlasangiz bo‘ladi: «Sizningcha, Yahovaning Shohidi bo‘lishingizga xalaqit qilayotgan eng katta to‘siq nima?» Tadqiq qiluvchi javoban: «Tadqiqqa qarshi emasman, lekin umrimda Yahovaning Shohidi bo‘la olmayman»,— deb aytar. Muayyan vaqt davomida tadqiq o‘tgan insonning bu javobi nahotki tadqiqni to‘xtatish kerakligini ko‘rsatmasa?! Lekin tadqiq qiluvchi nega ma’nan o‘smayotganining sababini birinchi marta aytayotgandir. Misol uchun, u hech qachon uyma-uy va’z qila olmayman, deb bo‘lishar. Uning tuyg‘ularini bilgach esa, unga qanday yordam bera olishingiz mumkinligini yaxshiroq tushunasiz.
20. Havoriylar 13:48-oyat tadqiqni davom ettirish-ettirmaslik qarorini qabul qilishga qanday yordam beradi?
20 Ming afsuski, tadqiq qiluvchilarning ba’zilari Hizqiyo davridagi isroilliklarga o‘xshaydi. Yahova Hizqiyoga ular to‘g‘risida nima deb aytganiga e’tibor bering: «Aslida sen ular uchun xush ovozli, torli asboblarni mahorat ila chaladigan, sevgi haqida qo‘shiq kuylayotgan odam kabisan. Ular so‘zlaringni tinglashadi-yu, ammo hech biri ularga rioya qilmaydi». (Hiz. 33:32) Ehtimol, tadqiqni to‘xtatmoqchi ekaningizni unga aytish osonmasdir. Biroq «vaqt ham oz qoldi». (1 Kor. 7:29) Umuman ma’naviy qadamlar qo‘ymayotgan kishi bilan tadqiq o‘tkazishning o‘rniga, «mangu hayotga eltuvchi haqiqatni qabul qilishga moyil bo‘lgan» insonlarni izlashga intilishimiz kerak. (Havoriylar 13:48 ni o‘qing.)
21. Qaysi oyat 2020-yil uchun tanlandi va u bizga qanday yordam beradi?
21 2020-yil uchun tanlangan oyat bu yil davomida shogird tayyorlash ishida yanada mahoratli bo‘lishimizga ko‘maklashadi. U Iso Jalila tog‘idagi muhim uchrashuvda aytgan quyidagi ba’zi so‘zlarini o‘z ichiga oladi: «Shuning uchun boringlar,.. shogird tayyorlanglar. Ularni... suvga cho‘mdiringlar». (Mat. 28:19)
70-QO‘SHIQ Munosib bo‘lganlarni izlaylik
^ 5- x.b. 2020-yil uchun tanlangan oyat bizni «shogird tayyorlashga» undaydi. Ushbu amr Yahovaning barcha xizmatchilariga taalluqli. Muqaddas Kitobni tadqiq qiluvchilarni Isoning shogirdi bo‘lishga qanday unday olamiz? Ushbu maqola tadqiq qiluvchilarga Yahovaga yanada yaqinroq bo‘lishiga qanday yordam bera olishimiz mumkinligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, tadqiqni davom ettirish yoki to‘xtatish qarorini chiqarish masalasi ham muhokama qilinadi.
^ 18- x.b. JW Internet-televideniyesida «Samarasiz Muqaddas Kitob tadqiqlarini to‘xtatish» nomli videoni tomosha qiling.