Yahovani sharaflash uchun «nuringiz... porlab tursin»
Nuringiz... insonlar oldida porlab tursin, toki ular... osmondagi Otangizni sharaflashsin. MAT. 5:16
QO‘SHIQLAR: 47, 9
1. Xursand bo‘lishimiz uchun qanday o‘zgacha sabab bor?
YAHOVA SHOHIDLARINING soni o‘sayotgani haqida eshitish naqadar ajoyibdir! O‘tgan yili biz 10 000 000 dan oshiq Muqaddas Kitob tadqiqlarini o‘tkazdik. Bundan Xudoning xizmatchilari nuri porlashiga yo‘l qo‘yayotgani aniq ko‘rinmoqda. Qolaversa, Qutlug‘ Kechlikka tashrif buyurgan millionlab qiziquvchilar haqida bir o‘ylab ko‘ring. Ular Alloh to‘lovni taqdim etib, O‘z sevgisini namoyon etgani to‘g‘risida bilib olishdi. (1 Yuhan. 4:9)
2, 3. a) Qaysi to‘sqinlik «yoritkichlar singari porlashimizga» xalaqit qilmaydi? b) Isoning Matto 5:14–16 dagi so‘zlariga binoan nimani ko‘rib chiqamiz?
2 Dunyo bo‘ylab Yahovaning Shohidlari turli tillarda gapiradi. Ammo bu yakdillik ila samoviy Otamiz Yahovani sharaflashimizga to‘sqinlik qilmaydi. (Vah. 7:9) Ona tilimiz qanday bo‘lishidan va qayerda yashashimizdan qat’i nazar, «bu dunyoda yoritkichlar singari» porlashimiz mumkin. (Filip. 2:15)
3 Shu tarzda o‘sishimiz, yakdillikdan zavq olishimiz va xushyorlikni saqlashga intilishimiz — bularning bari Yahovaga sharaf keltiradi. Ushbu maqolada bular qay yo‘sin amalga Matto 5:14–16 ni o‘qing.)
oshayotgani haqida gap yuritiladi. (BOSHQALARGA YAHOVAGA TOPINISHGA KO‘MAKLASHING
4, 5. a) Xizmatdan tashqari yana qay yo‘sin nurimiz porlashiga yo‘l qo‘yamiz? b) Yaxshi xulqimiz qanday natija berishi mumkin? (Ochqich oyatning yuqorisidagi rasmga qarang.)
4 «Hech bir odam nuri porlashiga yo‘l qo‘ymasa, ushbu oxirgi kunlarda Xudoga sadoqatli bo‘lib qola olmaydi». Mazkur so‘zlar «Qo‘riqchi minorasi»ning 1925-yil 1- iyun sonida (ingl.) chop etilgan «Zulmatdagi nur» nomli maqoladan olingan. U yerda shuningdek: «Agar odam boshqalarga xushxabarni aytib nuri porlashiga yo‘l qo‘ysa, buni uddalay oladi»,— deb yozilgan. Chindan ham, nurimiz porlashiga yo‘l qo‘yishimizning usullaridan biri odamlarga xushxabarni yetkazib, shogird tayyorlashdir. (Mat. 28:19, 20) Bundan tashqari, yurish-turishimiz bilan ham Yahovaga sharaflar keltira olamiz. Ko‘pgina odamlar va’z qilayotganimizni kuzatadi. Do‘stona tabassumimiz va iliq salomlashishimiz kim ekanimiz va qanday Xudoga topinayotganimiz haqida ko‘p narsani ochib beradi.
5 Iso shogirdlariga: «Biror uyga kirganingizda, xonadon ahliga salom beringlar»,— deb aytgan. (Mat. 10:12) Iso va havoriylar odatda va’z qilgan hududda begonalarni uyga taklif qilishmas edi. Bugungi kunda ham ba’zi joylarda shunday. Biroq ijobiy va do‘stona munosabatingiz uy egasining xavotirlarini tarqatishi yoki ko‘nglini yumshatishi mumkin. Ko‘pincha yoqimli tabassum eng yaxshi kirish so‘zlaridir. Imondoshlarimiz adabiyot tashiydigan aravacha bilan xizmat qilishganda ham bunga amin bo‘lishgan. Siz ham ushbu xizmat turida qatnashayotgan bo‘lsangiz, samimiy tabassum qilganingizda va salomlashganingizda odamlar ko‘pincha ijobiy munosabat bildirganini payqagandirsiz. Bu tufayli ular bizga murojaat qilib, adabiyotlarimizdan birini olishi ham mumkin. Yaxshi xulqingiz yordamida suhbat boshlay olishingiz hech gap emas.
6. Qay yo‘sin keksa bir juftlik xizmatini kengaytirdi?
6 Angliyadagi keksa bir juftlik sog‘ligi bilan bo‘lgan muammolar tufayli uyma-uy xizmatda ishtirok eta olmas edi. Ular uyining yonida nuri porlashiga qaror qildi. Ota-onalar yaqin atrofdagi maktabdan bolalarini olib ketishga kelganda bu juftlik ba’zi adabiyotlarimizni stol ustiga qo‘yib qo‘yardi. Ko‘plar qiziqish bildirib, «Yoshlarning savollari. Amaliy maslahatlar» kitobining 1- va 2- jildini hamda risolalarni oldi. Jamoatidagi kashshof imondoshimiz bu xizmatda ularga qo‘shildi. Uning va juftlikning sidqidildan qilgan harakatlari tufayli ota-onalardan biri Muqaddas Kitob tadqiqini boshladi.
7. Qochoqlarga yordam berish uchun nima qilsangiz bo‘ladi?
7 So‘nggi yillarda ko‘pgina mamlakatlarda qochoqlar soni oshib bormoqda. Bunday insonlarga Yahova hamda Uning niyati haqida bilib olishi uchun qanday yordam bera olasiz? Boshida ularning tilida salomlashishni o‘rganishingiz mumkin. JW Language ilovasi bunda sizga yordamchidir. Qolaversa, ularni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan bir nechta iboralarni o‘rganishingiz mumkin. Shunda ularning e’tiborini jw.org saytiga qaratishingiz, ularning tilida mavjud bo‘lgan turli videolarimizni va adabiyotlarimizni ko‘rsatishingiz mumkin. (Qonun. 10:19)
8, 9. a) Yig‘ilishlarda qanday amaliy yo‘l-yo‘riq olamiz? b) Qay yo‘sin ota-onalar farzandlariga jamoat uchrashuvlarida qatnashishlariga yordam bera oladi?
8 Va’zgo‘ylik xizmatida yanada samarali bo‘lishimiz uchun Yahova sevgi ila «Hayot
tarzimiz va xizmatimiz» uchrashuvini taqdim etdi. Ushbu uchrashuvda oladigan amaliy yo‘l-yo‘riqlar ko‘plarga takroriy tashriflar qilishda va Muqaddas Kitob tadqiqlarini boshlashda yanada dadil bo‘lishga yordamlashmoqda.9 Jamoat uchrashuvlarimizga yangi kelganlar bolalarning ishtirokini kuzatadi. Ota-onalar, farzandlaringizga o‘z so‘zlari bilan sharh berishni o‘rgatib, nurlari porlashiga yordam bering. Ularning oddiygina samimiy sharhlari yangi kelganlarni ba’zida haqiqatga jalb qilgan. (1 Kor. 14:25)
BIRLIK PAYIDAN BO‘LING
10. Birlikni saqlashda oilaviy topinish qanday ahamiyatga ega?
10 Nuringiz porlashiga yo‘l qo‘yishning yana bir usuli oilangizda va jamoatingizda birlik bo‘lishiga intilishdir. Masalan, ota-onalar oilaviy topinish muntazam o‘tkazilishiga g‘amxo‘rlik qilib, buni uddalay oladi. Ko‘plar JW Internet-televideniyesidagi oylik ko‘rsatuvni tomosha qiladi. Mazkur ko‘rsatuvni tomosha qilgach, qaysi fikrlar sizga asqatishini muhokama qilsangiz yaxshi bo‘lardi. Oilaviy topinish paytida ota-ona shuni unutmasligi kerakki, yosh bolalarga va o‘smirlarga beriladigan yo‘l-yo‘riqlar turlicha bo‘lishi mumkin. Oilaning har bir a’zosi foyda olishiga qo‘l keladigan ma’lumot tayyorlang. (Zab. 148:12, 13)
11–13. Qay yo‘sin barcha jamoatda birlik bo‘lishiga va boshqalarga nurini taratishga hissa qo‘sha oladi?
11 Qanday qilib yoshlar jamoatda birlik bo‘lishiga hissa qo‘shishlari va shu yo‘sin ularning nuri porlashiga yo‘l qo‘yishi mumkin? Bordi-yu, yosh bo‘lsangiz, keksa imondoshlaringizga qiziqish ko‘rsatishni maqsad qila olasizmi? Ulardan xizmat yillaridagi voqealar haqida aytib berishini hurmat ila so‘rashingiz mumkin. Bu siz uchun juda daldali bo‘ladi. Qolaversa, sizni ham, ularni ham haqiqat nurini yanada ko‘proq taratishga undaydi. Bundan tashqari, barchamiz Yig‘ilish zaliga kelganlarni kutib olishga intilsak bo‘ladi. Shunday qilib siz birlik payidan bo‘lasiz va tashrif buyurganlarni nur taratishga undaysiz. Zalga kelganlarni iliq tabassum ila kutib olishga va hatto yangilarga joy topishga ko‘maklashishga harakat qilishingiz mumkin. Yangi kelganlarni boshqalar bilan tanishtiring, shunda ular o‘zlarini uyidagidek his qila oladi.
12 Va’zgo‘ylik xizmati uchrashuvini olib borish uchun tayinlangan bo‘lsangiz, yoshi kattalarga xizmatda qatnashishga yordam berishingiz mumkin. Ularga mos keladigan hudud bormi? Ba’zi hollarda ularga jismonan yordam bera oladigan yoshroq hamkorni tayinlashingiz mumkin. Shuningdek, sog‘ligi va sharoiti tufayli imkoniyati chegaralangan imondoshlarga nisbatan aql-idrokni namoyon etsangiz bo‘ladi. Darhaqiqat, mulohazakor va fahm-farosatli bo‘lib yosh hamda keksalarga, tajribali va tajribasi kamroq bo‘lganlarga xushxabarni g‘ayrat ila va’z qilishiga ko‘maklasha olasiz. (13 Sano bastakori quyidagicha yozgan: «Naqadar yaxshi va yoqimlidir birodarlarning birlikda ahil yashashi!» (Zabur 133:1, 2 ni o‘qing.) Isroilliklar birga yig‘ilganda Yahovaga topinadiganlardan katta foyda olishgan. Bu boshga quyiladigan yoqimli moy kabi bo‘lgan. Birodaru opa-singillar orasida birlik bo‘lishiga hissa qo‘shib, ijobiy ta’sir ko‘rsatishga bel bog‘lay olasizmi? Shunday yo‘l tutayotgan bo‘lsangiz, bu maqtovlarga sazovordir. Buni yanada kengroq ko‘lamda va muntazam qilish uchun «bag‘ringizni keng ocha» olasizmi? (2 Kor. 6:11–13)
14. Yashayotgan hududingizda nuringiz porlashi uchun nima qila olasiz?
14 Yashayotgan hududingizda Muqaddas Kitobdagi haqiqat nuri porlashi uchun yana nimalar qila olasiz? Mehr ila aytgan so‘zlaringiz va harakatlaringiz qo‘shnilaringizning e’tiborini haqiqatga jalb qilishi mumkin. O‘zingizdan shunday deb so‘rang: «Qo‘shnilarim men haqimda qanday fikrda? Uy-joyim va tevarak-atrofini ozoda saqlab, qo‘shnilarimga yaxshi ta’sir qilyapmanmi? Boshqalarga yordam berishda tashabbuskormanmi?» Imondoshlaringiz bilan suhbat qurganda ularning mehribonligi va yaxshi xulqi qarindosh, qo‘shni, hamkoriyu maktabdoshlariga qanday ta’sir qilgani haqida so‘rang. Shunda ular qiziqarli voqealari bilan bo‘lishishlari mumkin. (Efes. 5:9)
HUSHYOR TURING
15. Nega hushyor turish muhim?
15 Nurimiz yanada ko‘proq porlashiga jon kuydirsak, munosabatimiz ham o‘zgaradi. Iso shogirdlarini: «Hushyor turing»,— deb qayta-qayta undagan. (Mat. 24:42, 25:13; 26:41) Albattaki, «buyuk musibat» hali-beri kelmaydi, ya’ni men hayotligimda bo‘lmaydi deb o‘ylasak, va’zgo‘ylik ishi shoshilinch ekanini his etmaymiz. (Mat. 24:21) Agar bunday yo‘l tutsak, yashaydigan hududimizda olmos kabi porlashning o‘rniga, nurimiz so‘nib, oxiri yo‘q bo‘lib ketadi.
16, 17. Hushyor turish uchun nima qila olasiz?
16 Ahvol og‘irlashayotgan ekan, yanada hushyor turishimiz zarur. Yahova ma’qul paytda barchasini amalga oshiradi. Bunga hech shubha yo‘q. (Mat. 24:42–44) Shu bilan birga, sabrni rivojlantirib, har qachongidan ham hushyor turing. Xudoning Kalomini kunda o‘qib, ibodat qilishga nisbatan sergak turing. (1 Butr. 4:7) Hushyorlikni yo‘qotmay quvonayotgan va nurini taratayotgan birodaru opa-singillarimizning ajoyib misollariga diqqat qarating. Bunday misollardan biri «Qo‘riqchi minorasi»ning 2012-yil 15- aprel sonining 18–21- sahifalarida «Yetmish yil yahudiyning kiyimidan mahkam tutib yuribman» nomli maqolada keltirilgan.
17 Hayotingizni dalda baxsh etuvchi ishlarga va muloqotga to‘ldiring. Bu sizga ulkan quvonch keltiradi hamda vaqt tez o‘tib ketganday tuyuladi. (Efes. 5:16) Bir asr oldin imondoshlarimiz anchagina ishni bajardi. Ammo bugun Yahovaning yo‘l-yo‘rig‘iga binoan, yanada ko‘proq ishni amalga oshiryapmiz. Hozir nurimiz ilgari tasavvur qila olmagan darajada porlayapti.
18, 19. Qanday qilib oqsoqollar sabotli va faol bo‘lishimizga yordamlasha oladi? Misol keltiring.
18 Nomukammalligimiz Yahovaga munosib tarzda xizmat qilishimizga to‘sqinlik qilmasligi imonimizni mustahkamlaydi. Bundan tashqari, Yahova «hadya sifatida» taqdim etgan jamoat oqsoqollarini qadrlang. (Efesliklarga 4:8, 11, 12 ni o‘qing.) Oqsoqollar tashrif buyurganda, ularning donoligiyu maslahatidan foyda olishga harakat qiling.
19 Angliyadagi bir juftlik muammolari haqida bo‘lishish uchun ikkita oqsoqolga yordam so‘rab murojaat qildi. Xotini erini yetarlicha ma’naviy deb hisoblamagan edi. Eri ham oilaviy topinishni muntazam o‘tkazmaganini va yaxshi ta’lim bermaganini tan oldi. Oqsoqollar juftlikning e’tiborini Isoning misoliga qaratdi. U shogirdlari va ularning ehtiyojlari haqida qayg‘urgan edi. Oqsoqollar erini Isoga taqlid qilishga, xotinini esa sabrli bo‘lishga undadi. Qolaversa, ular juftlikka ikkita farzandi bilan muntazam oilaviy topinish o‘tkazish borasida ba’zi amaliy maslahatlar berishdi. (Efes. 5:21–29) Vaqt o‘tib oqsoqollar o‘sha birodarni qilayotgan harakatlari uchun maqtashdi. Ular uni sabotli bo‘lishga va oilasining ma’naviy boshi bo‘lish uchun muqaddas ruhning yordamiga tayanishga undashdi. Bu oqsoqollarning sevgi ila ko‘rsatgan qiziqishi va qo‘llab-quvvatlagani o‘sha oilaga nurini taratishga ko‘maklashdi.
20. Nuringizni taratsangiz, bu qanday natija beradi?
20 Sano bastakori: «Yahovadan qo‘rqadigan, Uning yo‘llaridan yuradigan odam baxtlidir»,— deb kuylagan. (Zab. 128:1) Boshqalarni Xudoga xizmat qilishga taklif qilib, birlik payidan bo‘lib va xushyorlikni saqlashga intilib nuringiz porlashiga yo‘l qo‘ysangiz, katta quvonch topasiz. Boshqalar ham ajoyib ishingizni ko‘rib, samoviy Otamizga sharaflar aytadi. (Mat. 5:16)