Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Shifo topish uchun kasallik belgilarini topishning o‘zi yetarli emas, uning asl sabablarini tuzatish kerak

QIYINCHILIK

Muammolarimizning ildizini topish

Muammolarimizning ildizini topish

Tinchimizni o‘g‘irlab, xavfsizligimizga raxna solayotgan, shuningdek, kelajagimizga xavf tug‘dirayotgan muammolarni insonlar bartaraf eta olishiga ishonasizmi? Muammolarimizning yechimini topish uchun, ularning asl sababini izlashimiz zarur.

Misol uchun, Tom ismli bir bemor kasal bo‘lib, so‘ng vafot etdi. O‘limining sababi nimada edi? «Kasallikning ilk belgilari ko‘rina boshlagach, hech kim kasallikning asl sababini topishga urinmagan»,— deb yozadi Tomning o‘limidan ozgina avval uni shifoxonaga qabul qilgan bir shifokor. Aftidan, boshida Tomni davolagan shifokorlar u o‘zini yaxshi his qilishi uchun shunchaki dori-darmon yozib berishgan.

Bugungi kunda insonlar ham dunyodagi muammolarni hal etishga mana shunday yondashadi. Masalan, jinoyatga qarshi kurashish maqsadida hukumatlar qonunlar chiqaradi, videokuzatuv tizimini o‘rnatadi va polisiya kuchlarini mustahkamlaydi. Bu choralar muayyan darajada samarali bo‘lsa-da, ular muammolarning ildizini topishga qaratilmagan. Bundan tashqari, insonlarning xulq-atvori munosabat, e’tiqod va istaklari bilan chambarchas bog‘liq.

Janubiy Amerikaning iqtisodiyoti pasayib borayotgan bir mamlakatda yashovchi Deniel shunday deydi: «Ilgari tinch hayot kechirardik. Bosqinchilar hujumidan qo‘rqmasdik. Hozir esa na bir shaharda, na bir qishloqda tinchlik bor. Iqtisodiyot pasayib borayotgani ko‘pchilik insonlar aslida qanday ekanini — ochko‘z va hayotni qadrlamasligini namoyon etdi».

Bir kishi, uning ismi Elias deylik, Yaqin Sharqdagi nizolardan qochib, keyinchalik Muqaddas Kitobni tadqiq qilishni boshlagan. U shunday deydi: «Ona shahrimdagi ko‘pgina yigitlar oila a’zolari va siyosiy-diniy tuzum tomonidan urushga borishga va qahramon bo‘lishga undalishardi. Dushman tomondagilarga ham xuddi shunday aytishardi! Bu voqealar hukmdorlarga umid bog‘lash qanchalik ayanchli ekanini ko‘rishimga yordam berdi».

Qadimgi bir dono kitobda shunday deyilgan:

  • «Insonning qalbi bolaligidan yomonlikka moyildir». (Ibtido 8:21)

  • «Qalb o‘ta aldamchi va betayindir. Kim uni anglay olar?» (Yeremiyo 17:9)

  • «Yomon niyatlar, qotillik.., jinsiy axloqsizlik, o‘g‘rilik, soxta guvohlik... yurakdan chiqadi». (Matto 15:19)

Odamzod ichimizda yashiringan yomon moyilliklarni bartaraf etishga ojiz. Qolaversa, o‘tgan maqolada eslatib o‘tilgan muammolardan ko‘rinib turganidek, bunday moyilliklar kuchayib bormoqda. (2 Timo‘tiyga 3:1–5) Bugungi kunda har qachongidan ham ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish va boshqalar bilan muloqot qilish kabi keng imkoniyatlarga qaramay, shunday holat kuzatilmoqda. Nima uchun dunyoda tinchlik o‘rnata olmaymiz? O‘zimizdan kuchimizdan ortiq narsani talab qilyapmizmi? Imkonsiz narsani qilishga urinyapmizmi?

IMKONSIZ NARSAGA INTILYAPMIZMI?

Hatto qandaydir mo‘jiza yuz berib insoniyatning yomon moyilliklarini yo‘q qila olganimizda ham dunyoda butkul tinchlik va xavfsizlikni o‘rnata olmaymiz. Nega? Sababi insonlarning imkoniyati chegaralangan.

Haqiqat shundan iborat: «Odamga hatto o‘z qadamlarini yo‘naltirish vakolati berilmagan». (Yeremiyo 10:23) Ha, biz o‘zimizni boshqarish qobiliyati bilan yaratilmaganmiz. Chindan ham, suv ostida yoki ochiq kosmosda yashash uchun moslashmaganimiz kabi insonlarni boshqarish uchun ham yaratilmaganmiz!

Suv ostida yashash uchun moslashmaganimiz kabi insonlarni boshqarish uchun ham yaratilmaganmiz!

O‘ylab ko‘ring: odamlarga boshqa kishilar qanday yashashni yoki qaysi axloqiy me’yorlar bo‘yicha hayot kechirishni o‘rgatsa yoqadimi? Agar kimdir abort, o‘lim jazosi yoki bolalarini qanday tarbiyalash borasida muayyan nuqtai nazarni uqtirsa, bu odamlarga yoqadimi? Bu odamlar orasida bo‘linishlarga sabab bo‘ladigan bir nechta masala, xolos. Garchi buni tan olish oson bo‘lmasa-da, Muqaddas Kitobda yozilganlar haqiqatdir. Biz insonlar ustidan boshqarish huquqiga yoki qobiliyatiga ega emasmiz. Unday holda qayerdan yordam izlashimiz kerak?

Biz uchun eng to‘g‘ri yo‘l Yaratuvchimizga murojaat qilishdir. Axir U bizni yaratgan-ku! Ba’zilar nima deb o‘ylashidan qat’i nazar U bizni unutmagan. U bizga befarq emasligi Muqaddas Kitobdagi donolikda namoyon bo‘lyapti. Ushbu noyob kitobni yaxshi tushunsak, o‘zimizni ham yaxshiroq anglaymiz. Qolaversa, bu kitobdan nima uchun insoniyatning tarixi fojiali bo‘lganini bilib olishimiz mumkin. Germaniyalik bir faylasufning nima sababdan «odamlar va hukumatlar tarixdan hech nimani o‘rganmadi, chiqargan xulosasi bo‘yicha yo‘l tutmadi» deganini tushunamiz.

MUQADDAS KITOBDAGI DONOLIK BIZNI HIMOYALAYDI!

Bir donishmand: «Odamning donoligi adolatli ishlaridan ko‘rinadi»,— deb aytgan edi. (Luqo 7:35) Misol uchun, Ishayo 2:22 da yozilgan oqilona so‘zlarga e’tibor qarataylik: «O‘z foydangiz uchun odamga tayanmang». Mazkur dono maslahat umidimiz puchga chiqishdan bizni himoyalaydi. Shimoliy Amerikaning zo‘ravonlikka to‘lib-toshgan shahrida yashovchi Kennet shunday deydi: «Bir siyosatchining ketidan boshqasi ahvol yaxshilanishi haqida va’dalar beradi-yu, ammo bajarmaydi. Bu Muqaddas Kitobda chin va dono so‘zlar yozilganini isbotlaydi».

Yuqorida so‘zlari keltirilgan Deniel, shunday yozdi: «Har kuni insonlar yaxshi boshqara olmasligiga amin bo‘laman... Bankdagi hisob-raqamingizga yoki nafaqa sug‘urtasiga ishonish qarilik chog‘ingizda g‘am-g‘ussasiz yashashingizga kafolat bera olmaydi. Bu borada odamlar umidsizlikka tushib, azob chekkanining guvohi bo‘lganman».

Muqaddas Kitobda yozilganlar umidimiz puchga chiqishdan himoyalashdan tashqari, bizga umid baxsh etadi. Keling, bu haqida bilib olamiz.