Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

ULAR QIYINCHILIKKA DUCH KELISHDI

Rikardo va Andres so‘zlab berishdi

Rikardo va Andres so‘zlab berishdi

Muqaddas Kitobga asoslangan ta’lim-tarbiya hayotni o‘zgartirish kabi ajoyib kuchga ega. Keling, ikkita misolni, Rikardo va Andresning misolini ko‘rib chiqaylik.

RIKARDO: Ta’sirchan, 15 yoshda bo‘lganimda bir to‘daga qo‘shildim. Yangi do‘stlarim menga kuchli ta’sir o‘tkazardi. O‘n yil qamoqda o‘tirib chiqishni maqsad qilgandim. Bu ahmoqlikday tuyular. Lekin men yashagan hududda qamoqda o‘tirib chiqqan kishini hurmat qilib, u bilan faxrlanishardi. Men ularga o‘xshashni istardim.

To‘daga qo‘shilganimdan keyin hamma narsani totib ko‘rdim, jumladan, giyohvand moddalar, jinsiy aloqa va zo‘ravonlikni. Bir kuni tunda otishmada ishtirok etdim. Men kunim bitdi deb o‘ylagandim, ammo ziyon ko‘rmay qochib qutuldim. Bundan so‘ng, hayotim va maqsadlarim haqida yanada jiddiy o‘ylay boshladim va o‘zgarishga qaror qildim. Ammo qanday? Qaerdan yordam so‘rasam bo‘ladi?

Qarindoshlarimning ko‘pchiligi baxtsiz edi. Ularning hayoti muammolarga to‘lib-toshgan edi. Ammo tog‘amning oilasi o‘zgacha hayot kechirardi. Ular yaxshi inson ekanini va Muqaddas Kitob prinsiplariga muvofiq hayot kechirishini bilardim. Bir safar ulardan Xudoning ismi «Yahova» ekanini bilib olgandim. Otishmadan ko‘p o‘tmay, men Yahovaning ismini tilga olib ibodat qildim va Undan yordam so‘radim. Ertasi kuni Yahovaning Shohidlaridan biri eshigimni taqillatganida qotib qoldim! U Muqaddas Kitobni o‘rgatadigan ustozim bo‘ldi.

Tez orada katta qiyinchilikka duch keldim. Eski do‘stlarim qo‘ng‘iroq qilib, ular bilan vaqt o‘tkazishimni so‘rashardi. Garchi bu oson bo‘lmasa-da, men rad etdim. Men Muqaddas Kitob tadqiqini davom ettirishga qaror qildim va bunday yo‘l tutganimdan baxtiyorman! Hayotim tubdan o‘zgardi, men haqiqiy baxtni topdim.

Bir safar Xudoga ibodat qilib: «Qachonlardir to‘da a’zosi sifatida hurmatga sazovor bo‘lish uchun o‘n yil qamoqda o‘tirib chiqish istagim bor edi. Endi menga yordam berishganidek, men ham boshqalarga yordam berishim uchun hech bo‘lmaganda o‘n yil to‘la vaqtli xizmat qilishimga imkon ber»,— deb so‘radim. Xudo ibodatimga javob berdi, mana, 17 yildan buyon to‘la vaqtli va’zgo‘y bo‘lib xizmat qilyapman! Shuni aytishim kerakki, hech qachon qamoqda o‘tirmaganman.

Ko‘pgina avvalgi do‘stlarim uzoq yillik qamoq jazosini o‘tayapti. Boshqalari esa o‘lgan. O‘tmishga qarab, Yahovaning Shohidlari bo‘lmish qarindoshlarimga minnatdorchiligim oshadi. Ular Muqaddas Kitobga muvofiq hayot kechirib, boshqalardan ajralib turishardi. Ularga hurmatim shunchalik balandki, to‘dadagi hech kimni bunchalik hurmat qilmaganman. Bundan tashqari, menga eng yaxshi hayot yo‘lini tanlashni o‘rgatgani uchun Xudodan minnatdorman.

ANDRES: Men giyohvand moddalarni qabul qilish, talonchilik, qotillik va fohishalik keng tarqalgan qashshoq bir hududda tug‘ilib o‘sganman. Otam spirtli ichimliklar va kokainga ruju qo‘ygandi. Otam bilan onam doim janjallashib, urishishardi.

Juda yoshligimdan spirtli ichimliklarni ichib, giyohvand moddalarni qabul qila boshlagandim. Ko‘chadan beri kelmasdim, o‘g‘irlik qilardim va o‘g‘irlab olgan narsalarimni sotardim. Kattaroq bo‘lganimda otam g‘arazli niyatda menga yaqinroq bo‘lishga urindi. U menga kontrabanda yo‘li bilan giyohvand moddalarni va boshqa narsalarni mamlakatga noqonuniy olib kirishni, so‘ng ularni sotishni o‘rgatdi. Men oz muddatda ko‘p pul ishladim. Bir kuni uyimga polisiya keldi. Ular meni hibsga olishdi va men qotillik qilishga urinish ayblovi bilan besh yil qamoq jazosiga mahkum etildim.

Bir kuni ovozkuchaytirgich orqali mahbuslarni Yahovaning shohidlari tomonidan o‘tkaziladigan muhokamaga taklif etishdi. Men ham borishga qaror qildim. Eshitganlarim menga qattiq ta’sir qildi va shohidlar bilan Muqaddas Kitobni tadqiq qilishni boshladim. Ular oyatlarning ma’nosini boricha tushuntirib, Xudoning yuqori axloqiy me’yorlarini menga ko‘rsatishdi.

Tez orada kimningdir yordamisiz o‘zgara olmasligimni his qildim. Bu, ayniqsa, mahbuslar men qilayotgan ishni yoqtirmay tahdid qilishganida sezildi. Shu bois, kuch va donolik so‘rab ibodat qildim va Yahova menga yordam berdi. Men ularning tahdidlaridan qo‘rqib ketmadim, aksincha, boshqa mahbuslarga Muqaddas Kitob haqida gapira boshladim.

Ozod etiladigan paytim kelganida «qamoqdan chiqsam nima bo‘larkin» deya xavotirlandim. Qamoqdan chiqib ketayotganimda ko‘p mahbuslar qo‘l silkib xayrlashdi. Ba’zilari hatto mehribonlik bilan: «Eson-omon bora qol, kichik payg‘ambar»,— deyishdi.

«Agar Xudo menga ta’lim bermaganida hayotim qanday kechardi» degan fikrdan qo‘rqib ketaman. Xudo meni sevib, menga tamom bo‘lgan kishidek qaramagani uchun nihoyatda minnatdorman *.

^ Muqaddas Kitob hayotni o‘zgartira olishi haqidagi boshqa misollarni jw.org saytida o‘qishingiz mumkin. «KUTUBXONA» sarlavhasi ostidagi «Muqaddas Kitob hayotni o’zgartiradi» nomli maqolalar turkumiga kiring.