YETTINCHI BOB
O‘lganlar uchun haqiqiy umid
-
O‘liklarning tirilishini qayerdan bilamiz?
-
Tirilishga nisbatan Yahova Taoloning nuqtai nazari qanday?
-
Kimlar tiriladi?
1–3. Bizni qanday dushman quvib kelmoqda, biroq Muqaddas Kitobda qanday xushxabar mavjud?
TASAVVUR qiling: orqangizdan ashaddiy dushman quvib kelyapti. Bu shafqatsiz kimsa hatto ko‘zingiz oldida ba’zi do‘stlaringizni qatl qildi. Hozir esa beto‘xtov orqangizdan quvib, borgan sari yaqinlashib kelyapti. Ha, u sizdan ancha chaqqon va kuchli. Qutulishga hech qanday umid yo‘qday ko‘rinyapti. Biroq, nogahon qudratli xaloskor paydo bo‘lib, sizni qutqarib qolmoqchi. Oh, qanday yaxshi!
2 Qaysidir jihatdan sizning chindan ham shunday dushmaningiz bor. Ha, u har birimizning ketimizdan quvib kelmoqda. Oldingi bobdan hatto u kim ekanini bilib oldik. Muqaddas Kitob uni — o‘lim, deb atamoqda. Hech birimiz undan ustun kela olmaymiz ham, undan qutula olmaymiz ham. U ba’zi yaqin kishilarimizni hayotdan mahrum qildi. Biroq, Yahova o‘limdan qudratlidir. U bizning Xaloskorimizdir. Ha, Xudovand o‘limni butunlayin bartaraf qiladi, chunki oldin ham O‘z qudratini namoyon qilgan. Muqaddas Kitobda Xudoning quyidagi va’dasini o‘qiymiz: «Shunda oxirgi dushman — o‘lim ham barham topadi» (1 Korinfliklarga 15:26). Qanday yaxshi xabar!
3 Judolik azobi qanchalik og‘ir bo‘lishini bir o‘ylab Ishayo 26:19). Bu ajoyib bir umid, chunki o‘lganlar hayotga qaytishi muqarrardir.
ko‘ring. Shunda yuqorida aytilgan xushxabar qanchalik tasalli berishini payqaysiz. Zero Xudoyimiz Yahova o‘lganlar tiriladi, deb va’da bermoqda (YAQININGIZ HAYOTDAN KO‘Z YUMSA
4. a) Nega ayni Iso Masihning namunasidan Yahovaning nuqtai nazarini bilib olishimiz mumkin? b) Iso Masihning yaqin do‘stlarining ismi nima edi?
4 Judolik azobini boshdan kechirganmisiz? Shunday vaqtlarda qayg‘u-alam chekib, dod degingiz keladi. Ammo Muqaddas Kitob tasalli berishga qodir (2 Korinfliklarga 1:3, 4). Chunki undan Xudovandimiz Yahova hamda Iso Masihning o‘limga bo‘lgan nuqtai nazarini bilib olamiz. Nega ayni Iso Masihning deysizmi? Axir u Xudoning nuqtai nazariga komil darajada taqlid qilar, va judolik azobi qanchalik og‘ir bo‘lishini yaxshi bilar edi (Yuhanno 14:9). Masalan, Quddusga yo‘l olgan paytlari Iso Masih Baytaniya degan qishloqda Lazar, Marta va Maryam ismli do‘stlarinikida tunab qolar edi. Ular bir-birlariga juda yaqin bo‘lib qolishgan edi. Muqaddas Kitobda hatto: «Iso Marta va uning singlisini hamda Lazarni sevar edi»,— deb aytiladi (Yuhanno 11:5). Biroq, o‘tgan bobdan bilib olganimizday, Lazar vafot etdi.
5, 6. a) Lazarning do‘stlariyu qarindoshlarining qayg‘u chekishi Isoga qanday ta’sir qildi? b) Nega Iso Masihning judolik azobini bilishi bizga tasalli beradi?
5 Jonajon do‘stidan ayrilish Iso Masihga qanday ta’sir qilgan ekan? Iso kelib, do‘stlariyu qarindoshlariga tasalli bermoqchi bo‘ldi. Biroq odamlarning qayg‘u va ko‘z yoshlarini ko‘rib, Isoning o‘zi ham iztirobga tushdi. Uning «ko‘ngli o‘rtanib ketib... ko‘zi yoshlandi» (Yuhanno 11:33, 35). Demak, Isoning hech qanday umidi yo‘q ekan-da, deb aytish joizmi? Aslo. Chunki Iso Masih mo‘jiza yuz berishini bilar edi (Yuhanno 11:3, 4). Lekin shunga qaramay Iso iztirob chekkan.
6 Iso o‘zini shunday tutishi bizga tasalli beradi. Bundan, Iso Masih hamda Yahova Taolo o‘limdan nafratlanishini ko‘rib turibmiz. Biroq Qodir Alloh bu shafqatsiz dushmandan ustun kelishi hech gap emas! U O‘z qudratini Iso Masihga ham ato etgan.
«LAZAR, TASHQARIGA CHIQ!»
7, 8. Nega Lazarga yordam berish imkoni yo‘qday tuyular edi, biroq Iso Masih nima qildi?
7 Lazarning jasadini bir g‘orga qo‘yishgan edi. Iso g‘orning og‘zidagi toshni olib qo‘yishni buyurdi. Bunga Marta e’tiroz bildirib, Lazarning g‘orga qo‘yilganiga to‘rt kun bo‘lib qolganini va hidlanib qolganini aytdi (Yuhanno 11:39). Boz ustiga, o‘lgan odamga qanday yordam berish mumkin?
8 Qanday bo‘lmasin tosh olib qo‘yildi. Shunda Iso baland ovoz bilan xitob qilib: «Lazar, tashqariga chiq!» — dedi. Shu payt «jasad chiqib kelsa» bormi! (Yuhanno 11:43, 44). Odamlar naqadar hayratda qolganini tasavvur qilib ko‘ring-da! Chunki opa-singlisiyu qarindoshlari, do‘stlariyu qo‘shnilari Lazarni ko‘rishdan umidlarini uzishgan edi. Endi esa qadrdon odamlari sog‘u omon oralarida turibdi. Mo‘jiza yuz berdi! Odamlar behad xursand bo‘lib, ehtimol ko‘plari Lazarni bag‘riga bosmoqchi. Darhaqiqat, bu, o‘lim ustidan g‘alabadir!
9, 10. a) Lazarni tiriltirish uchun Iso Masihga qudratni kim ato etdi? b) Tirilish bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar bizga nima baxsh etib, nimani isbotlaydi?
9 Bu bilan Iso Masih odamlarning e’tiborini jalb qilmoqchi emas edi. Chunki Lazarni tiriltirishdan oldin Iso qodir Alloh Yahovaga ibodat qilib, qudratni Undan olganini ko‘rsatdi (Yuhanno 11:41, 42). Biroq Yahovaning qudratini ko‘rsatadigan bu hodisa bittagina emas. Muqaddas Kitobda bunday hodisalardan to‘qqiztasi qalamga olingan *. Ushbu hodisalarni o‘qib ko‘ringda, ular qanchalik tasalli berishini ko‘rasiz. Ular Xudovand yuz-xotir qilmasligini, aksincha yoshmi, qarimi, erkakmi, ayolmi va millatga qaramay hammani bir qatorda tirilishga sazovor ko‘rishini bilib olamiz. Shuningdek, hodisalarning shodiyona ruhini aytmaysizmi! Masalan, Iso Masih bir qizaloqni tiriltirganida, ota-onasi xursand bo‘lganidan «aqli shoshdi» (Mark 5:42). Yahova Taoloning ularga ko‘rsatgan inoyatini unutib bo‘lmaydi.
10 To‘g‘ri, vaqti kelib Iso Masih tiriltirgan odamlar qazo qilishdi. Unda, nahotki ularni tiriltirish befoyda edi? Aslo! Bu hodisalar bizga umid baxsh etib, muhim bir haqiqatni isbotlaydi.
TIRILISH NIMANI ISBOTLAYDI
11. Qanday qilib Lazar to‘g‘risidagi hodisa Muqaddas Kitob ta’limotiga uyg‘un kelmoqda?
11 Muqaddas Kitob o‘lganlar «hech narsani bilmaydilar», deb o‘rgatmoqda. Ular behush holatda bo‘ladi. Marhumlar narigi dunyoga o‘tmaydi. Lazar bilan bo‘lgan hodisa buning isbotidir. O‘ylab ko‘ring: Lazar tirilganida osmondagi farog‘at to‘g‘risida aytganmidi? Yoki jahannam olovi bilan odamlarni qo‘rqitganmidi? Yo‘q. Muqaddas Kitobda bunday so‘zlarni uchratmaymiz. Lazar vafot etib to‘rt kun mobaynida hech narsa sezmay behush holatda bo‘lgan (Voiz 9:5). Ha, u shunchaki o‘lim uyqusida edi (Yuhanno 11:11).
12. Nega Lazar to‘g‘risidagi hodisa uydirma emasligiga amin bo‘lishimiz mumkin?
12 Lazar bilan yuz bergan mo‘jiza, tirilish haqiqatan bo‘lishini ko‘rsatmoqda. Iso Masih bu mo‘jizani hammaning ko‘zi o‘ngida qilgan edi. Hatto Isodan nafratlanayotgan Yuhanno 11:47). Tirilgan Lazarni ko‘rish uchun to‘da-to‘da odamlar kelishar edi. Lazarni ko‘rib, ulardan ko‘pi Iso Masihni Xudo yuborganiga ishondilar. Shu sabab, yahudiy ulamolari nafaqat Iso Masihni, balki tirilgan Lazarni ham halok qilish payiga tushishdi (Yuhanno 11:53; 12:9–11).
ulamolar buni inkor etishga ojiz edi. Aksincha ular: «Biz nima qilaylik? Bu Odam [Iso Masih] juda ko‘p mo‘jizalar yaratib yuribdi-ku!» — deyishar edi (13. Nega Parvardigori Olam Yahova uchun marhumlarni tiriltirish og‘ir ish emas?
13 Biroq tirilishiga inonmoq xayolparastlik emasmi? Yo‘q, aslo! Iso Masih aminlik bilan «qabrda yotgan marhumlarning hammasi» tiriladi deb aytgan (Yuhanno 5:28). Parvardigori Olam Yahova — hayot manbaidir. Nahotki Alloh uchun marhumlarni tiriltirish imkonsiz bo‘lsa? O‘ylab ko‘ring, koinotda son-sanoqsiz yulduzlar mavjud, biroq Xudovand barchasini nomi ila chaqirar! (Ishayo 40:26). Demak, marhumlarni o‘sha-o‘sha qobiliyatu fazilatlari bilan hayotga qaytarish, Yahova uchun og‘ir ish emas.
14, 15. Ayub alayhissalomning gapida Yahovaning tirilishga bo‘lgan nuqtai nazari qanday ifodalangan?
14 Biroq, Yahovaning marhumlarni tiriltirish istagi bormi? Albatta! Bu to‘g‘risida Muqaddas Kitobda ham aytilgan. Masalan, Ayub alayhissalom tirilish vaqti to‘g‘risida gap yuritib: «Odam o‘lsa qayta yashay olarmikan?» — degan savol ko‘targan edi. Va gapini Yahovaga qaratib, davom etdi: «Sen chaqirar eding, men esa javob berar edim. Bunyod etgan ijodingni juda qo‘msar eding» (Ayub 14:13–15, YADT).
15 Faqat o‘ylab ko‘ring: Yahova Taoloning o‘lganlarni hayotga qaytarish istagi bor! Bu naqadar quvonchli-a! Lekin kimlar tiriladi, va ular qayerda yashaydilar?
«QABRDA YOTGAN MARHUMLAR»
16. Tirilganlar qanday sharoitda yashaydilar?
16 3- bobidan bilib olganimizday, Xudovand butun yer yuzini jannatga aylantirmoqchi. Demak marhumlarning tirilishi urush, jinoyat va kasalliklarga to‘la dunyoda sodir bo‘lmaydi. Aksincha, ular kelajakdagi yangi dunyoda hayotga qaytib, baxtli va abadiy hayot kechiradilar.
Muqaddas Kitobda qalamga olingan tirilish hodisalari, kelajakdagi ulkan tirilishning aksi xolos. Qadimda bo‘lgan tirilish hodisalari shu yer yuzida sodir bo‘lgani kabi, kelajakdagi tirilish ham aynan shu yer yuzida, faqat jahon miqyosida bo‘ladi. Kitobimizning17. Kimlar tiriladi?
17 Kimlar tiriladi? Iso Masih: «Qabrda yotgan marhumlarning hammasi Xudo O‘g‘lining [Iso Masihning] ovozini eshitadi... Shunda o‘liklar qabrdan chiqadilar»,— deb aytgan edi (Yuhanno 5:28, 29). Shuningdek, boshqa oyatda quyidagi so‘zlarni o‘qiymiz: «Dengiz o‘zidagi o‘liklarni berdi, o‘lim ham, tamug‘ [yunon. Hades] ham o‘zlaridagi o‘liklarni berdi» (Vahiy 20:13). «Hades» o‘liklar diyorini anglatadi. (212- va 213- sahifalardagi Ilovaga qarang.) Demak, o‘liklar diyorida hech kim qolmaydi, chunki milliardlab marhumlar hayotga qaytadi. Isoning shogirdi Pavlus esa: «Solih bilan fosiqlar tiriltiriladi»,— deb aytgan edi (Havoriylar 24:15). Bu nimani anglatadi?
18. Tirilishga sazovor bo‘lgan «solihlar» qatoriga kim kiradi, va bu sizga qanday ta’sir qilmoqda?
18 «Solihlar» qatoriga qadimda yashagan va Muqaddas Kitobda ismlari zikr qilingan insonlar kiradi. Masalan Nuh alayhissalom, Ibrohim Xalilulloh, Soro bibi, Muso payg‘ambar, taqvodor ayollar Rut hamda Ester. Ular va boshqa sadoqatli insonlar to‘g‘risida Injildagi Ibroniylarga yo‘naltirilgan maktubning 11- bobida o‘qishingiz mumkin. Shuningdek, «solihlar» qatoriga Yahovaning bugungi vaqtda qazo qilgan xizmatchilari kiradi. Darhaqiqat, tirilishga bo‘lgan umid o‘lim qo‘rquvidan xalos qilmoqda (Ibroniylarga 2:15).
19. «Fosiqlar» qatoriga kimlar kiradi, va Yahova Taolo ularga qanday imkoniyat beradi?
Qiyomat kuni deb nomlangan bu davr nihoyatda ajoyib bir davr bo‘ladi. *
19 Yahova Taoloni bilmay Unga xizmat qilmaganlar to‘g‘risida nima deyish mumkin? Milliardlab «fosiqlar» qatoriga kirganlar chetda qolmay, xuddi shu kabi tiriltiriladi. Ularga Haq Xudo bilan tanishib, do‘stona munosabatlar rivojlantirish uchun imkoniyat beriladi. Ming yillar davomida o‘lganlar tirilib, yer yuzida yashayotgan taqvodor insonlarga qo‘shiladilar. Muqaddas Kitobda20. «Gehenna» so‘zi nimani nazarda tutadi, va u yerga kim tushadi?
20 Demak, hamma o‘lganlar tiriladi deb aytish joizmi? Aslo! Muqaddas Kitobda aytilishicha, ba’zi marhumlar «Gehenna» yoki o‘zbekcha Muqaddas Kitobda «jahannam» so‘zi bilan tarjima qilingan joyga tushadilar (Luqo 12:5). Gehenna so‘zi, Quddus devorlari tashqarisida axlat hamda jasad tashlanadigan, va so‘ng yoqiladigan Hinnom vodiysini bildirar edi. U yerga, dafn qilinish hamda tiriltirishga noloyiq sanalganlarning jasadi tashlanar edi. Xullas, Gehenna so‘zi batamom yo‘q qilishni nazarda tutadi. Yahova Taolo Iso Masihni tirigu o‘liklarni hukm qiluvchi etib tayinlagan bo‘lsa-da, Oliy Hakam shaxsan Yahovadir (Havoriylar 10:42). U hech qachon tavba qilishdan voz kechgan betavfiqlarni tiriltirmaydi.
SAMOVIY HAYOT UCHUN TIRILISH
21, 22. a) Muqaddas Kitobda yana qaysi tirilish haqida aytilgan? b) Samoviy hayot uchun ilk bo‘lib kim tiriltirilgan edi?
21 Muqaddas Kitobda osmondagi hayot uchun tirilish haqida ham aytilgan. Iso Masih bilan ro‘y bergan tirilish buning ilk namunasidir.
22 Iso Masih qazo qilganida Yahova bu aziz zotning qabrda qolishiga yo‘l qo‘ymagan (Zabur 15:10; Havoriylar 13:34, ). Lekin Xudovand uni inson qiyofasida tiriltirgani yo‘q. Aksincha havoriy Pavlus tushuntirganiday «moddiy badan ekiladi, ruhiy badan tiriladi» ( 351 Korinfliklarga 15:42–50). Bu bir mo‘jizadir! Ha, Iso Masih qudratli farishta bo‘lib tiriltirildi (1 Korinfliklarga 15:3–6). Iso Masih bu kabi tirilishni boshdan kechirgan ilk inson bo‘ldi (Yuhanno 3:13). Lekin bu so‘nggi tirilish emas edi.
23, 24. «Kichik poda» tarkibiga kimlar kiradi, va ularning soni nechta?
23 Yaqin orada osmonga qaytishini bila turib Iso, o‘z azizlari uchun joy tayyorlagani ketishi to‘g‘risida aytgan edi (Yuhanno 14:2). Kelajakda samovotda makon topadigan kishilarni Iso Masih «kichik poda» deb atagan edi (Luqo 12:32). Ularning soni nechta bo‘lar ekan? Isoning shogirdi bo‘lmish Yuhanno vahiy ko‘rib, shunday degan edi: «Men qaradim-u, Sion tog‘ida Qo‘zi [Iso Masih] turganini ko‘rdim. Qo‘zi bilan birga peshanasida Uning va Otasining ismi yozilgan yuz qirq to‘rt ming kishi bor edi» (Vahiy 14:1).
24 Ushbu 144 000 kishi, Iso Masihning yaqin shogirdlaridan, ya’ni aziz havoriylardan boshlangan bo‘lib, samoviy hayot uchun tiriltiriladi. Bu tirilish qachon boshlanar ekan? Aziz havoriy Pavlus, bu tirilish Masihning hozir bo‘lishi paytida yuz beradi, deb yozgan edi (1 Korinfliklarga 15:23). Kitobning 9- bobidan bu payt allaqachon boshlanganini ko‘ramiz. Demak, hozirgi zamonda 144 000 kishidan qolgan qismi o‘lgan zahotiyoq samoviy hayot uchun tiriltiriladilar (1 Korinfliklarga 15:51–55). Biroq insonlarning ulkan qismi yerdagi jannatda yashash uchun tiriltiriladi.
25. Yanagi bobda nimani muhokama qilamiz?
25 Ha, Yahova ushbu shafqatsiz dushman, ya’ni o‘limni batamom bartaraf qiladi! (Ishayo 25:8). Ammo siz ehtimol: «Nima sababdan ba’zi kishilar samoviy hayot uchun tiriltiriladi?» — deb savol berayotgandirsiz. Sababi, bu kishilar samoviy hukumat tarkibiga kirishadi. Bu hukumat to‘g‘risida esa yanagi bobdan bilib olamiz.
^ 9- x.b. Tirilish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa hodisalarni quyidagi oyatlardan o‘qishingiz mumkin: 3 Shohlar 17:17–24; 4 Shohlar 4:32–37; 13:20, 21; Matto 28:5–7; Luqo 7:11–17; 8:40–56; Havoriylar 9:36–42 va 20:7–12.
^ 19- x.b. Qiyomat kuni hamda tirilganlarning qay asosda hukm qilinishi to‘g‘risida 213–215- sahifalaridagi Ilovadan bilib olishingiz mumkin.