11- QISM
Haqiqiy imonni namoyon etayotgan kishilar
AKSARIYAT odamlar bugun o‘zini imonli deb hisoblaydi. Ammo Iso alayhissalom aytganlaridek, hammada ham haqiqiy imon bo‘lmaydi. U shunday degandi: «Tor eshikdan kiringlar, sababi halokatga olib boradigan yo‘l keng va enli bo‘lib, ko‘plar shu yo‘ldan yurishadi. Hayotga olib boradigan eshik esa tang va yo‘li tordir. Bu yo‘lni topadiganlar oz» (Matto 7:13, 14).
Xo‘sh, haqiqiy imonni namoyon etayotgan kishilarni qanday aniqlash mumkin? Hazrati Iso: «Ularni ishlaridan bilib olasizlar»,— deb aytgan. «Har bir yaxshi daraxt yaxshi meva beradi, yomon daraxt esa yomon meva beradi» (Matto 7:16, 17). Demak, haqiqiy imon «yaxshi meva» berib, odamlarni ilohiy fazilatlarni namoyon etishga chorlaydi. Ular qanday qilib buning uddasidan chiqishadi?
Kuch va mavqedan to‘g‘ri foydalanishadi
Haqiqiy imoni bor bo‘lgan kishilar o‘z kuchi va mavqeidan Allohni sharaflash va boshqalarning manfaatini ko‘zlash uchun foydalanishadi. Hazrati Iso mana shularni o‘rgatgan: «Orangizda kim buyuk bo‘lishni istasa, sizlarga xizmatkor bo‘lsin» (Mark 10:43). Bunday imonga ega bo‘lgan erkaklar uydagilariga ham, boshqalarga ham jabr-jafo yetkazishmaydi. Ular xotinlariga mehr ila g‘amxo‘rlik qilib, hurmatini joyga qo‘yishadi va ro‘zg‘orga jonkuyar bo‘lishadi. Muqaddas Kitobda shunday so‘zlarni o‘qiymiz: «Siz erlar, xotinlaringizni sevinglar va ularga g‘azablanib, qo‘pol muomala qilmanglar» (Kolosaliklarga 3:19). «Erlar, bundan buyon ham xotinlaringiz bilan olgan bilimingizga yarasha muomala qilinglar. Sizlar ham ular kabi hayot in’omining merosxo‘rlari ekansiz, ayollarni go‘yo nafis idishdek e’zozlang. Shunda ibodatlaringizga to‘sqinlik bo‘lmaydi» (1 Butrus 3:7).
O‘z navbatida, haqiqiy imonga ega bo‘lgan xotin «erini chuqur hurmat qilishi» kerak (Efesliklarga 5:33). Shuningdek, ayollar «erlarini, farzandlarini sevishlari» darkor (Titusga 2:4). Imonli ota-onalar bolalariga vaqt ajratib, Allohning qonun-qoidalarini o‘rgatishadi. Ular qayerda bo‘lishmasin: uydami, ishxonadami yoki boshqa biron joydami, o‘zga odamlarning nafsoniyatini hurmat qilishadi. Zero ular Muqaddas Kitobning quyidagi maslahatiga rioya etishadi: «Bir-biringizni hurmat qilishda tashabbus ko‘rsatinglar» (Rimliklarga 12:10).
Boz ustiga, Allohning xizmatchilari: «Pora olmanglar»,— degan amrga amal qilishadi (Chiqish 23:8). Ular o‘z mavqeidan g‘arazli niyatdan foydalanishmaydi. Aksincha, ular har fursatdan foydalanib o‘zgalarga, ayniqsa muhtojlarga yordam qilishadi. Boisi ular ushbu maslahatga quloq tutishadi: «Yaxshilik qilishni va bor narsangizni boshqalar bilan bo‘lishishni unutmanglar, chunki bunday qurbonliklar Tangriga ma’quldir» (Ibroniylarga 13:16). Shu yo‘sin, ular Hazrati Isoning: «Olishdan ko‘ra berishning baxtiyorligi katta»,— degan so‘zlari haq ekaniga amin bo‘lishyapti (Havoriylar 20:35).
Allohning odil me’yorlarini bajarishadi
Imonli kishilar Allohning qonunlariga bajonidil amal qilishadi, chunki 1 Yuhanno 5:3). Ular «Xudovand Qonuni mukammal» ekanini yaxshi bilishadi va ishonishadiki, «Xudovand farmoni rostdir, u ko‘ngilni quvontiradi. Xudovand amri yorug‘dir, ko‘zni yoritadi» (Zabur 18:8, 9).
ular uchun «Uning amrlari og‘ir emas» (Haqiqiy imon ularni har qanday noto‘g‘ri fikrni rad etishga undaydi. Ular biron-bir irqni, mamlakatni yoki ijtimoiy tabaqani ustun qo‘yishmaydi, aksincha, ular Allohga taqlid qilishadi. Zero «Xudo yuzxotirchilik qilmas ekan. Ammo Undan qo‘rqib, adolat bilan yo‘l tutgan har bir kishini U millatiga qaramay qabul qilarkan» (Havoriylar 10:34, 35).
Ustiga-ustak, haqiqiy imon odamlarni «har narsada halol bo‘lishga» undaydi (Ibroniylarga 13:18). Imoni bor bo‘lgan kishi boshqalarni g‘iybat va tuhmat qilmaydi. Hazrati Dovud aytganlariday, «kimki tiliga bo‘hton olmasa, birodariga yomonlik qilmasa, xesh-aqrabosini sharmanda qilmasa», o‘sha odam Allohga ma’qul keladi (Zabur 14:3).
Allohning donoligini aks etishadi
Xudoga ishongan odamlarning e’tiqodlari nuqul Muqaddas Kitobga asoslangan. Sababi, ular «har bir Muqaddas Yozuv Xudo tomonidan ilhomlantirilgan bo‘lib, o‘rgatish, tanbeh berish, tuzatish, odillik yo‘lida tarbiyalash uchun foydali» ekanligiga ishonishadi (2 Timo‘tiyga 3:16). O‘zgalar bilan munosabat qilishganda, ular «yuqoridan tushgan donolikni» namoyon etishadi. Zero bunday donolik «birinchidan pok, ikkinchidan tinchlikparvar, mulohazakor, bo‘ysunuvchan, rahm-shafqatli va yaxshi samaralarga boy, beg‘araz hamda riyosizdir» (Yoqub 3:17). Imonli kishilar Xudoga xush kelmaydigan urf-odatlardan va sehr-jodudan qochib, o‘zlarini «butlardan saqlaydilar» (1 Yuhanno 5:21).
Chin sevgini namoyon etishadi
Muqaddas Kitobda shunday amr yozilgan: «Tangring Yahovani butun qalbing, butun joning va butun onging bilan sev» (Matto 22:37). Imonli odamlar Allohga aynan shunday sevgini namoyon etishadi. Ular Allohning Yahova degan ismini e’zozlashadi. Axir, Zabur 104:1- oyatida: «Xudovandga shukr qiling, ismini chorlang»,— deb yozilgan-ku. Shuningdek, Allohning xizmatchilari: «Yaqiningni o‘zingni sevganday sev»,— degan amr bo‘yicha yashashadi (Matto 22:39). Ular zo‘ravonlikdan qochib, «barcha odamlar bilan tinch-totuv hayot kechirishga» intilishadi (Rimliklarga 12:18). Ramziy ma’noda, ular «qilichlarini aylantirishar omochga, nayzalarini esa tok qaychilariga» (Ishayo 2:4). Shuning uchun oralarida «muhabbat hukmron» bo‘lib, umumjahon birodarlik rishtalaridan ular zavq olishadi (Yuhanno 13:35). Siz bunday kishilarni bilasizmi?