1-bo‘lim, takrorlash
Quyidagi savollarni siz bilan tadqiq o‘tadigan va’zgo‘y bilan muhokama qiling:
Muqaddas Kitobdagi kelajakka doir qaysi va’dalar sizga yoqyapti?
(2- darsga qarang.)
Nima uchun Muqaddas Kitob Xudoning Kalomi ekaniga ishonasiz?
(3- va 5- darslarga qarang.)
Nega Xudoning ismini qo‘llash muhim?
(4- darsga qarang.)
Muqaddas Kitobda Xudo «hayot manbai» ekani aytilgan. (Zabur 36:9) Siz bunga ishonasizmi?
(6- darsga qarang.)
Hikmatlar 3:32 ni o‘qing.
Nima sababdan Yahova ega bo‘lishimiz mumkin bo‘lgan eng yaxshi Do‘st?
Yahova do‘stlaridan nimani kutadi? Sizningcha, bu o‘rinlimi?
(7- va 8- darslarga qarang.)
Zabur 62:8 ni o‘qing.
Yahovaga nimalar to‘g‘risida ibodat qilgansiz? Yana nimalar haqida ibodat qilsangiz bo‘ladi?
Yahova ibodatlarga qay yo‘sin javob beradi?
(9- darsga qarang.)
Ibroniylarga 10:24, 25 ni o‘qing.
Qanday qilib Yahova Shohidlarining yig‘ilishlari sizga foyda keltirishi mumkin?
Nima deb o‘ylaysiz, yig‘ilishlarga borish uchun jon kuydirish arziydimi?
(10- darsga qarang.)
Nega Muqaddas Kitobni muntazam o‘qish foydali? Kalomni kunda o‘qish uchun qaysi jadvaldan foydalanasiz?
(11- darsga qarang.)
Shu kungacha Muqaddas Kitobni tadqiq qilganingizdan sizga ayniqsa nima yoqdi?
Tadqiqni boshlaganingizdan beri qandaydir qiyinchilikka duch keldingizmi? Tadqiqni davom ettirishingizga nima yordam berishi mumkin?
(12- darsga qarang.)