Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

39-DARS

Xudoning qonga bo‘lgan nuqtai nazari

Xudoning qonga bo‘lgan nuqtai nazari

Qon juda muhim. Usiz hech birimiz yashay olmaymiz. Xudo Yaratuvchi sifatida qondan qanday foydalanish mumkinligini aytishga haqli. Xo‘sh, U qon haqida nima deb aytyapti? Uni iste’mol qilish yoki quyish mumkinmi? Qay yo‘sin bu borada to‘g‘ri qarorlar chiqara olasiz?

1. Yahovaning qonga bo‘lgan nuqtai nazari qanday?

Qadimda Yahova topinuvchilariga: «Har bir tirik mavjudotning joni qondadir»,— deb aytgan. (Levilar 17:14) Yahova uchun qon hayotni bildiradi. Hayot muqaddas va Xudoning o‘zgacha hadyasi ekan, qon ham muqaddas hisoblanadi.

2. Xudo qondan qanday foydalanishni man etadi?

Masihdan oldin yashagan xizmatchilariga Yahova qonni iste’mol qilmaslikni buyurgan. (Ibtido 9:4 va Levilar 17:10 ni o‘qing.) Keyinchalik Xudo yetakchi kengash orqali ilk masihiylarga: «Qondan... o‘zingizni saqlanglar»,— deb o‘sha amrni yana eslatdi. (Havoriylar 15:28, 29 ni o‘qing.)

O‘zini qondan saqlash nima degani? Aytaylik, shifokor spirtli ichimliklardan o‘zingizni saqlashni, ya’ni iste’mol qilmaslikni aytdi va ichmay qo‘ydingiz. Ammo tarkibida spirtli ichimliklar bor yegulikni yeysizmi yoki ularni tomir orqali quyasizmi? Aslo. Shu singari, Xudoning qondan saqlanish haqidagi amri qonni yo qoni oqizilmagan go‘shtni iste’mol qilmasligimiz kerakligini anglatadi. Qolaversa, qon qo‘shilgan hech qanday yegulikni yemasligimiz kerak.

Qonni tibbiy maqsadda qo‘llash haqida nima desa bo‘ladi? Ba’zi tibbiy muolajalar Xudoning qonuniga butunlayin zid. Bu qonning o‘zini yoki uning tarkibidagi to‘rtta asosiy qismini — qizil qon tanachalari (eritrotsitlar), oq qon tanachalari (leykotsitlar), qon plastinkalari (trombotsitlar) va plazmani quyishni o‘z ichiga oladi. Ayrim muolajalarda Xudoning qonuniga zid yo‘l tutilyaptimi yoki yo‘qmi aniq ko‘rinmas. Masalan, ba’zilarida qonning asosiy tarkibidan olinadigan fraksiyalardan, ya’ni mayda moddalardan foydalaniladi. Ayrimlarida esa odamning o‘z qoni ishlatiladi. Bunday vaziyatlarda har birimiz shaxsiy qaror chiqarishimiz lozim a. (Galatiyaliklarga 6:5)

KO‘PROQ BILIB OLING

Tibbiy muolajani tanlash borasida qay yo‘sin qaror chiqarishingiz mumkinligini bilib oling.

3. Davolanish masalasida Yahovani mamnun qiladigan qarorlar chiqaring

Davolanish masalasida qanday qilib Xudoning qonga bo‘lgan nuqtai nazariga muvofiq qaror chiqara olasiz? VIDEONI tomosha qiling, so‘ng quyidagi qadamlarni qo‘yish qanchalik muhim ekanini muhokama qiling:

  • Donolik so‘rab ibodat qiling. (Yoqub 1:5)

  • Muqaddas Kitobdagi prinsiplar va ularga amal qilish borasida izlanish o‘tkazing. (Hikmatlar 13:16)

  • Hududingizda davolanishning qanday turlari borligini bilib oling.

  • Davolanishning qaysi turlari sizga to‘g‘ri kelmasligini aniqlang.

  • Qaroringizdan vijdoningiz qiynalmaydimi? (Havoriylar 24:16) b

  • Unutmangki, hech kim — hatto turmush o‘rtog‘ingiz yoki oqsoqol yo siz bilan tadqiq o‘tkazuvchi kishi vijdon masalasida qanday qaror qabul qilishingiz kerakligini aytmasligi lozim. (Rimliklarga 14:12)

  • Boshqalar xabardor bo‘lishi uchun chiqargan qaroringizni yozib qo‘ying.

4. Yahovaning Shohidlari sifatli davolanish usullarini izlaydi

Xudoning qon haqidagi qonuniga amal qilishning va qonsiz sifatli davolanish usullarini topishning imkoni bor. VIDEONI tomosha qiling.

Titusga 3:2 ni o‘qing, so‘ng quyidagi savolni muhokama qiling:

  • Nega shifokorlar bilan doim hurmat va muloyimlik ila gaplashishimiz kerak?

To‘g‘ri kelmaydi

Shaxsiy qaror

A. Qon plazmasi

Plazma tarkibidagi fraksiyalar

B. Leykotsitlar

Leykotsitlar tarkibidagi fraksiyalar

D. Trombotsitlar

Trombotsitlar tarkibidagi fraksiyalar

E. Eritrotsitlar

Eritrotsitlar tarkibidagi fraksiyalar

 5. Qon fraksiyalaridan foydalanish

Qon to‘rtta asosiy qismdan — qizil qon tanachalari, oq qon tanachalari, qon plastinkalari va plazmadan iborat. Har birida mayda moddalar, ya’ni qon fraksiyalari c mavjud. Ba’zi fraksiyalar tibbiyotda biron kasallik bilan kurashish yoki qon ketishini to‘xtatish uchun ishlatiladi.

Qon fraksiyalariga kelsak, har bir masihiy Muqaddas Kitob asosida tarbiyalangan vijdoniga muvofiq shaxsiy qaror chiqarishi kerak. Ayrimlar qon fraksiyalari bilan bog‘liq muolaja yoki davolanish jarayonidan bosh tortishga qaror qilar. Boshqalarning vijdoni esa fraksiyalarni qabul qilishga yo‘l qo‘yar.

Qaror chiqarayotib, quyidagi savol borasida o‘ylab ko‘ring:

  • Nega muayyan fraksiyalardan voz kechayotganimni yoki qabul qilayotganimni shifokorga qanday tushuntirardim?

BA’ZILARNING SAVOLI: «Qon quyishning nimasi yomon?»

  • Siz nima deb o‘ylaysiz?

XULOSA

Yahova qonni muqaddas deb bilishimizni istaydi.

Takrorlash

  • Nega Yahova qonni muqaddas deb biladi?

  • Qondan saqlanish haqidagi amr qon quyishga ham tegishli ekanini qayerdan bilamiz?

  • Qon bilan bog‘liq davolanish usullari borasida to‘g‘ri qarorni qanday chiqara olasiz?

Maqsad

QO‘SHIMCHA MANBALAR

O‘z qoningiz bilan bog‘liq tibbiy muolajalar borasida qaror chiqarishdan avval nimalar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishingiz lozim?

«O‘quvchilarning savollari» («Qo‘riqchi minorasi» 15-oktabr, 2000)

Qon fraksiyalaridan foydalanish yoki foydalanmaslik borasida qaror chiqarayotib, nimalarni inobatga olishingiz kerak?

«O‘quvchilarning savollari» («Qo‘riqchi minorasi» 15-iyun, 2004)

Bir shifokor Yahovaning qonga bo‘lgan nuqtai nazari oqilona, deb xulosa qilishiga nima hissa qo‘shdi?

«Xudoning qon borasidagi nuqtai nazarini qabul qildim» («Uyg‘oning!» 8-dekabr, 2003)

Kasalxonalar bilan aloqa qilish qo‘mitalaridagi oqsoqollar imondoshlarni qay yo‘sin qo‘llab-quvvatlashini bilib oling.

«Yahova xastalarni qo‘llab-quvvatlaydi» (10:23)

a «Qay yo‘sin to‘g‘ri qarorlar chiqarish mumkin?» nomli 35- darsga qarang.

b «Qon fraksiyalaridan foydalanish» nomli  5- paragrafga va «Qon bilan bog‘liq tibbiy muolajalar» nomli 3- ilovaga qarang.

c Ayrim shifokorlar qonning asosiy tarkibidagi to‘rtta qismini fraksiyalar, deb hisoblaydi. Shu bois, qonning o‘zini yoki eritrotsitlar, leykotsitlar, trombotsitlar yo plazmani qabul qilmaslik borasidagi shaxsiy qaroringizni tushuntirish kerak bo‘ladi.