Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

4-bo‘lim, takrorlash

4-bo‘lim, takrorlash

Quyidagi savollarni siz bilan tadqiq o‘tadigan va’zgo‘y bilan muhokama qiling:

  1. Hikmatlar 13:20 ni o‘qing.

    • Nega do‘stlarni donolik ila tanlash muhim?

      (48- darsga qarang.)

  2. Muqaddas Kitobdagi maslahatlar...

    • erga yoki xotinga qanday yordam berishi mumkin?

    • ota-onaga yoki bolaga qanday yordam berishi mumkin?

      (49- va 50- darslarga qarang.)

  3. Qanday nutq Yahovani mamnun qiladi? Qanday nutq Yahovani ranjitadi?

    (51- darsga qarang.)

  4. Muqaddas Kitobdagi qaysi prinsiplar tashqi ko‘rinishingiz borasida to‘g‘ri qaror chiqarishga ko‘maklashadi?

    (52- darsga qarang.)

  5. Yahovaga ma’qul keladigan o‘yin-kulgi turlarini qanday tanlay olasiz?

    (53- darsga qarang.)

  6. Matto 24:45–47 ni o‘qing.

    • «Ishonchli va aqlli xizmatkor» kim?

      (54- darsga qarang.)

  7. Jamoatni vaqt, kuch va mablag‘ingiz bilan qanday qo‘llab-quvvatlashingiz mumkin?

    (55- darsga qarang.)

  8. Zabur 133:1 ni o‘qing.

    • Qaysi ayrim yo‘llar orqali jamoatda birlik bo‘lishiga hissa qo‘sha olasiz?

      (56- darsga qarang.)

  9. Jiddiy gunohga qo‘l ursak, qanday qilib Yahovadan yordam olishimiz mumkin?

    (57- darsga qarang.)

  10.  

    • Boshqalar haq topinishga qarshi chiqqanda yoki haqiqatdan voz kechganda, qanday qilib «butun qalb bilan» Yahovaga sodiq qola olasiz?

    • Yahovaga sodiq qolish va soxta dindan chiqish uchun qandaydir o‘zgarishlar qilishingiz kerakmi?

      (58- darsga qarang.)

  11. Ta’qiblarga qay yo‘sin tayyorlana olasiz?

    (59- darsga qarang.)

  12. Ma’nan o‘sishda davom etish uchun qanday yo‘l tutmoqchisiz?

    (60- darsga qarang.)