Iso yo‘l, haqiqat va hayot
Bu kitobda Isoning hayotidagi har bir hodisa haqida o‘qishingiz mumkin. Ular Muqaddas Kitobda yozilgan.
KIRISH SO‘ZI
Yo‘l, haqiqat va hayot
Injilda qalamga olingan Isoning ta’limotlari va ishlari hayotingizni o‘zgartirib yuborishga qodir.
1-BO‘LIM
Xizmatini boshlamasidan oldin
2-BOB
Tug‘ilmasidan oldin Isoga sharaf ko‘rsatiladi
Elisabet va uning qornidagi bolasi Isoni qanday sharaflashadi?
3-BOB
Yo‘lni hozirlaydigan dunyoga keladi
Zakariyo mo‘jizaviy tarzda gapira boshlaganida muhim bir bashoratni aytadi.
4-BOB
Maryam homilador, ammo turmushga chiqmagan
Maryam, boshqa erkakdan emas, muqaddas ruh orqali homilador bo‘lganini tushuntirganida Yusuf unga ishonganmi?
5-BOB
Iso qayerda va qachon tug‘ilgan?
Iso 25 dekabrda (yoki 7 yanvarda) tug‘ilmaganini qayerdan bilamiz?
6-BOB
Va’da qilingan chaqaloq
Yusuf bilan Maryam Isoni ma’badga olib kelishganida, ikkita isroillik keksa kishi Isoning kelajagi haqida bashorat qiladi.
7-BOB
Munajjimlar Isoning oldiga kelishadi
Nega sharqda ko‘rgan yulduz ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Isoning oldiga emas, balki qotil podshoh Hirodning oldiga boshlab borgan?
8-BOB
Zolim hukmdordan qochish
Masihga taalluqli Muqaddas Kitobdagi uchta bashorat Iso hayotining ilk yillarida amalga oshgan.
10-BOB
Isoning oilasi Quddusga boradi
Yusuf bilan Maryam Isoni topa olmaganidan xavotirga tushishadi, Iso esa ota-onasi uni qayerdaligini bilishmaganidan hayron qoladi.
11-BOB
Yahyo yo‘l hozirlaydi
Farziylar va sadduqiylar yoniga kelishganda Yahyo ularni hukm qiladi. Nega?
2-BO‘LIM
Xizmatining boshlanishi
12-BOB
Isoning suvga cho‘mishi
Garchi Iso hech qachon gunoh qilmagan bo‘lsa-da, nega Yahyodan suvga cho‘mdirishni so‘ragan?
13-BOB
Iso Masihning Shaytonga qarshi turishi
Iso vasvasaga solinishi Shayton haqida ikkita asosiy haqiqatni oshkor etmoqda.
15-BOB
Iso Masihning ilk mo‘jizasi
Iso nima qilishi kerakligini unga onasi emas, samoviy Otasi ko‘rsatishi kerakligini yaqqol ko‘rsatdi.
16-BOB
Yahovaga xizmat qilishda ko‘rsatgan g‘ayrati
Tavrotga ko‘ra, odamlar qurbonlikka keltiradigan hayvonlarni Quddusda sotib olishi mumkin edi. Unda nega Iso ma’baddagi savdogarlardan g‘azablangan?
19-BOB
Iso samariyalik ayolga ta’lim beradi
Iso hali hech kimga aytmagan narsani ayolga oshkor etadi.
3-BO‘LIM
Isoning Jaliladagi keng xizmati
20-BOB
Kanax shahrida yaratgan ikkinchi mo‘jizasi
Taxminan 25 kilometr uzoqdan Iso saroy amaldorining o‘g‘lini davolaydi.
21-BOB
Nosiradagi ibodatxonada
Iso qanday so‘zlar aytgan ekanki, hamshaharlari uni o‘ldirmoqchi bo‘lishadi?
22-BOB
Iso to‘rtta shogirdini chaqiradi
U shogirdlarini baliqchilikni tashlab, odamlarni ovlashga taklif qiladi.
23-BOB
Kafarnahumda ko‘rsatilgan boshqa mo‘jizalar
Iso odamlarning ichidan jinlarni haydayotganda, u Xudoning O‘g‘li ekanini boshqalarga aytishni ularga man etgan. Nega?
24-BOB
Jaliladagi xizmat
Odamlar Isoning oldiga sog‘ayish uchun kelishadi, ammo Iso xizmatining asosiy maqsadini tushuntiradi.
25-BOB
Moxov kishiga rahmdillik ko‘rsatiladi
Isoning oddiy, lekin ta’sirli so‘zlari u sog‘aytirgan kishilar haqida chindan ham g‘amxo‘rlik qilganini ko‘rsatyapti.
26-BOB
«Gunohlaringiz kechirildi»
Iso gunoh va kasalliklar o‘rtasida qanday bog‘liqlikni ko‘rsatgan?
27-BOB
Matto Isoning shogirdi bo‘ladi
Nega Iso shaharda gunohkor deb tanilgan kishilar bilan birga ovqatlangan?
28-BOB
Ro‘za tutish haqida savol
Iso javob tariqasida sharob quyiladigan meshni misol qilib keltiradi.
29-BOB
Shabbat kunida savob ishlar qilish
Nega yahudiylar 38 yildan beri kasal bo‘lgan insonni sog‘aytirgani uchun Isoni ta’qib qilishadi?
30-BOB
O‘g‘ilning Ota bilan munosabatlari
Yahudiylar Iso o‘zini Allohga tenglashtiryapti deb o‘ylashadi, ammo u Alloh undan yuksakroq ekanini ochiq aytadi.
31-BOB
Shabbat kunida boshoqlarni uzib yeyish
Nega Iso o‘zini «Shabbat kunining Xo‘jayini» deb ataydi?
32-BOB
Shabbat kunida nima qilish mumkin?
Sadduqiylar va farziylar bir-biriga qarshi bo‘lishsa-da, ular bir sababga ko‘ra birlashishadi.
33-BOB
Ishayo payg‘ambarning bashorati amalga oshadi
Nega Iso sog‘aytirgan odamlarga o‘zi va qilgan ishlari haqida hech kimga aytmaslikni buyuradi?
38-BOB
Yahyoni qiziqtirgan savol
Nega Yahyo Isodan u Masihmi yoki yo‘qmi deb so‘ragan? Yahyo shubhalanganmi?
39-BOB
Beparvo avlodning holiga voy
Hukm kunida, Iso tez-tez to‘xtagan Kafarnahumdan ko‘ra, Sado‘mning ahvoli yengilroq bo‘lishini aytgan.
40-BOB
Kechirimli bo‘lish haqidagi saboq
Avval axloqsiz hayot kechirgan ayolga gunohlari kechirilganini aytganda, Iso Allohning qonuni buzish mumkinligini nazarda tutganmi?
43-BOB
Xudoning Shohligi haqidagi masallar
Osmon Shohligi bilan bog‘liq turli qirralarni tushuntirish uchun Iso sakkizta masal keltiradi.
44-BOB
Iso kuchli bo‘ronni tinchlantiradi
Iso shamol va to‘lqinlarni tinchlantirganda, kelajakda u yer yuzi ustidan hukmronlik qilganda qanday hayot bo‘lishini ko‘rsatib berdi.
46-BOB
Isoning kiyimiga qo‘l tekkizib sog‘aygan ayol
Iso hayajonga soluvchi vaziyatda kuchini va hamdardligini ko‘rsatadi.
47-BOB
Ko‘z yoshlari quvonchga aylanadi
Iso o‘lgan qizchani uxlab yotibdi deganida odamlar uning ustidan kulishadi. Iso boshqalar bilmagan nimadan xabardor edi?
48-BOB
Mo‘jizalar yaratsa-da, hatto Nosirada ham rad etiladi
Nosiradagi odamlar Isoni ta’limotlari yoki mo‘jizalari uchun emas, boshqa sabab tufayli rad etishadi.
49-BOB
Jalilada va’z qiladi va havoriylarga ta’lim beradi
«Osmon Shohligi yaqinlashib qoldi» degani nimani anglatadi?
50-BOB
Ta’qiblarga qaramay va’z qilishga tayyorgarlik
Havoriylar o‘limdan qo‘rqmasa, unda nega Iso ular ta’qiblarga duch kelishganda qochishlari kerakligini aytadi?
51-BOB
Tug‘ilgan kunda qotillik sodir etiladi
Hirod Salomiyaning raqsiga mahliyo bo‘lib, aytgan tilagini bajarishga so‘z beradi. Uning qanday tilagi bor ekan?
52-BOB
Iso non va baliq bilan minglarcha odamni to‘ydiradi
Isoning bu mo‘jizasi muhim bo‘lgani uchun Injildagi to‘rtta bayonotga ham kiritilgan.
53-BOB
Tabiat kuchlarini boshqarishga qodir hukmdor
Iso suv ustida yurganidan va shamolni tinchlantirganidan havoriylar nimani bilib olishadi?
54-BOB
Iso — «hayot noni»
Odamlar uning yoniga kelish uchun ancha yo‘l bosganiga qaramay, nega Iso ularni koyib beradi?
55-BOB
Isoning so‘zlari ko‘pchilikni sarosimaga soladi
Isoning shogirdlari uning so‘zlaridan sarosimaga tushib, aksariyati uni tark etadi.
57-BOB
Iso qizchaga va kar odamga shifo beradi
Iso o‘zga xalqlarni «kuchuklar» deb ataganida, nega ayol xafa bo‘lmaydi?
58-BOB
Xaloyiqni to‘ydiradi va xamirturush haqida ogohlantiradi
Nihoyat, shogirdlar Iso qanaqa xamirturush haqida aytganini anglashadi.
61-BOB
Jinga chalingan bola sog‘ayadi
Isoning aytishicha, bola sog‘aymaganining sababi imonning sustligida. Lekin kimning imoni sust bo‘lgan? Bolaningmi, otasiningmi yoki shogirdlarningmi?
63-BOB
Isoning muhim nasihatlari
Iso imondoshlar orasidagi tushunmovchiliklarni hal qilish uchun qo‘yiladigan uchta qadamni yoritib beradi.
64-BOB
Kechirimli bo‘lish muhim
Iso shafqatsiz qul haqidagi masalni qo‘llab, boshqalarni chin yurakdan kechirish istagimiz Alloh uchun muhimligini ko‘rsatadi.
65-BOB
Iso Quddusga ketayotganda ta’lim beradi
Iso qisqacha uchta suhbatda uning orqasidan ergashishga xalaqit beradigan fikrlash tarzini oshkor etadi.
4-BO‘LIM
Isoning Yahudiyadagi keyingi xizmati
67-BOB
«Hech kim, hech qachon u kabi gapirmagan»
Deyarli barcha din rahbarlari Isoga qarshi chiqadi, ammo ulardan biri uning tarafini oladi.
69-BOB
Ularning otasi Ibrohim payg‘ambarmi yoki Iblismi?
Iso Ibrohim payg‘ambarning bolalarini qanday aniqlash mumkinligini muhokama qilayotib, o‘zining Otasi kimligini aytadi.
70-BOB
Iso tug‘ma ko‘r kishini sog‘aytiradi
Shogirdlar nega u kishi ko‘r bo‘lib tug‘ilganini so‘rashadi. U gunoh qilgani uchunmi yoki ota-onasimi? Iso uni sog‘aytirganida odamlar turlicha munosabat bildirishadi.
71-BOB
Farziylar ilgari ko‘r bo‘lgan kishini so‘roqqa tutishadi
Ilgari ko‘r bo‘lgan kishining mantiqiy dalili farziylarning jahlini chiqaradi. Ota-onasi qo‘rqqan narsa yuz beradi: farziylar uni ibodatxonadan haydab chiqarishadi.
72-BOB
Iso 70 ta shogirdini va’z qilishga yuboradi
Yahudiyada Iso 70 ta shogirdini Xudoning Shohligi haqida va’z qilishga jo‘natadi. Shogirdlar qayerda va’z qilishadi, ibodatxonalardami yoki odamlarning uylaridami?
73-BOB
Mehribon samariyalik
Muhim saboq berish uchun Iso mehribon samariyalik haqidagi masaldan qanday foydalanadi?
74-BOB
Mehmondo‘stlik va ibodat haqida saboqlar
Iso Marta va Maryamnikiga mehmonga keladi. Xo‘sh, u mehmondo‘stlik haqida qanday saboq beradi? Keyinroq, Iso nima haqda ibodat qilish kerakligi borasida o‘rgatadi.
75-BOB
Iso haqiqiy baxt manbaini oshkor etadi
Iso uni tanqid qilganlarga Allohning qudrati to‘g‘risida va Shohligi ularga yetib kelgani haqida aytadi. Shuningdek, haqiqiy baxt nimaga bog‘liq ekanini tushuntiradi.
76-BOB
Farziynikida tushlikda
Iso farziylaru ulamolarning yuziga ikkiyuzlamachi ekanini aytadi. Ular xalqqa qanday og‘ir yuklarni tashlab qo‘yishgan?
77-BOB
Iso boylik borasida nasihat beradi
Iso katta omborlar qurgan boy kishi haqida masal keltiradi. Boylik ortidan quvish xavfli ekanini takrorlab Iso qanday nasihat beradi?
78-BOB
Ishonchli boshqaruvchi tayyor turishi kerak
Iso shogirdlarining ma’naviy holati uchun qayg‘urayotganini ko‘rsatadi. Boshqaruvchining vazifasi nimadan iborat? Nega tayyor turish haqidagi undovi juda muhim?
79-BOB
Tavba qilmagan xalq nobud bo‘ladi
Iso tinglovchilari tavba qilishmasa, nobud bo‘lishlarini aytadi. Ular Isoning ogohlantirishiga quloq solib, Alloh bilan bo‘lgan munosabati haqida fikr yuritishadimi?
80-BOB
Yaxshi cho‘pon va qo‘ralar
Cho‘pon va qo‘ylar o‘rtasidagi munosabat Isoning shogirdlariga bo‘lgan munosabatini tasvirlaydi. Ular uning ta’limotlarini qabul qilib orqasidan ergashadimi?
81-BOB
Qaysi ma’noda Iso va Ota bir?
Ba’zilar Isoni, o‘zini Xudo bilan tenglashtirganlikda ayblashadi. Ularning nohaq ayblovini rad etish uchun Iso qanday dalil keltiradi?
82-BOB
Isoning Pereyadagi xizmati
Iso najot topish uchun nima qilish kerakligini tinglovchilariga tushuntiradi. O‘sha paytda uning nasihati muhim ahamiyatga ega edi. Hozir-chi?
83-BOB
Alloh ziyofatga kimlarni taklif qiladi?
Iso farziynikida mehmon bo‘lganda katta ziyofat to‘g‘risida masal keltiradi. Allohning barcha xizmatchilari undan muhim saboq olishlari mumkin. Bu qanday saboq ekan?
84-BOB
Masihning shogirdi bo‘lish mas’uliyati
Isoning shogirdi bo‘lish katta mas’uliyatdir. Iso bu nimani o‘z ichiga olishini aniq tushuntiradi. Ba’zi izdoshlari uning gapiga hayron qolgandir.
85-BOB
Tavba qilgan gunohkor uchun xursandchilik
Farziylaru ulamolar Isoni oddiy insonlar bilan muloqot qilgani uchun tanqid qilishadi. Javoban Iso Allohning gunohkorlarga bo‘lgan munosabati borasida masallar keltiradi.
86-BOB
Yo‘qolgan o‘g‘ilning qaytishi
Isoning darbadar o‘g‘il haqidagi masalidan qanday saboq olishimiz mumkin?
87-BOB
Uzoqni ko‘rib, donolik bilan yo‘l tuting
Iso ayyor va adolatsiz boshqaruvchi haqidagi masal orqali muhim haqiqatni ochib beradi.
88-BOB
Boy kishi bilan Lazarning o‘rni almashadi
Isoning masalani tushunish uchun ikkita bosh qahramon kimlarni bildirishini aniqlash kerak.
89-BOB
Yahudiyaga borayotib, Pereyada ta’lim beradi
Bizga qarshi qayta-qayta gunoh qilganlarni kechirishga qaysi fazilat yordam berishi mumkinligini Iso ta’kidlab o‘tadi.
90-BOB
«Tirilish va hayot»
Iso: «Menga ishongan har qanday kishi hech qachon o‘lmaydi»,— deganda nimani nazarda tutgan?
91-BOB
Lazar tirildi
Qaysi ikkita sababga ko‘ra, hatto Isoga qarshi chiqqanlar ham u yaratgan mo‘jizani rad eta olishmaydi?
92-BOB
Bitta moxov minnatdorchilik bildiradi
Moxov kasalligidan sog‘aygan kishi Isodan tashqari yana kimga minnatdorchilik bildiradi?
94-BOB
Ibodat va kamtarlikning muhimligi
Beva ayol va adolatsiz qozi haqida masal keltirib, Iso muayyan fazilatning muhimligini ta’kidlaydi.
95-BOB
Ajralish va bolalarni sevish borasidagi nasihatlar
Isoning bolalarga bo‘lgan munosabati shogirdlarnikidan nimasi bilan farq qiladi?
96-BOB
Isoning boy yigitga bergan javobi
Nega Iso: «Boy kishining Xudoning Shohligiga kirishidan ko‘ra, tuyaning igna teshigidan o‘tishi osonroq»,—deb aytgan?
97-BOB
Uzumzordagi mardikorlar haqidagi masal
Qaysi ma’noda birinchilar oxirgi, oxirgilar birinchi bo‘ladi?
98-BOB
Havoriylar yana mansabga intilishadi
Yoqub va Yuhanno Shohlikda o‘zgacha o‘rin egallashni istashadi. Lekin bu faqat ularning istagi emas.
99-BOB
Iso ko‘r kishilarni sog‘aytiradi va Zakkayga yordam beradi
Iso Yerixo yaqinida ko‘zi ojiz kishini sog‘aytirgani haqidagi hikoyada ziddiyat borday tuyulishi mumkin. Lekin nima asosida bu hikoyani uyg‘un desa bo‘ladi?
100-BOB
O‘n mina haqidagi masal
Isoning: «Kimda bor bo‘lsa, unga ko‘proq beriladi. Kimda yo‘q bo‘lsa, qo‘lida bori ham tortib olinadi»,— degan so‘zlari nimani anglatadi?
6-BO‘LIM
Isoning yakuniy xizmati
101-BOB
Baytaniyada Simunning uyida kechki ovqat
Lazarning singlisi Maryam boshqalarda norozilik uyg‘otadigan bir ish qiladi. Iso uning tarafini oladi.
102-BOB
Shoh Quddusga xo‘tikda kirib keladi
U besh yuz yil oldin aytilgan bashoratni amalga oshiradi.
103-BOB
Iso ma’badni yana tozalaydi
Bir qarashda Quddusdagi sotuvchilar oldi-sotdi bilan qonuniy ravishda shug‘ullanayotganday tuyuladi. Unda nega Iso ularni «qaroqchilar» deb ataydi?
104-BOB
Allohning ovozini eshitgach yahudiylar unga ishonishadimi?
Isoga ishonish bilan buni ishlarda namoyon etishning qanday farqi bor?
105-BOB
Anjir daraxti misolida imon haqida saboq beradi
Iso shogirdlariga imon qanchalik kuchli bo‘lishini va nega Alloh Isroil xalqini rad etayotganini tushuntiradi.
106-BOB
Uzumzor to‘g‘risida ikkita masal
O‘g‘illaridan uzumzorda ishlashni so‘ragan kishi va uzumzorini yovuz bog‘bonlarga ijaraga bergan kishi to‘g‘risidagi masallarning ma’nosini bilib oling.
108-BOB
Isoni tuzoqqa ilintirish rejasi puchga chiqadi
Iso shunday gapiradiki, avval farziylar, keyin sadduqiylar va oxiri unga qarshi birlashgan dushmanlarining hammasi jim bo‘lib qoladi.
109-BOB
Iso din rahbarlarini fosh etadi
Nega Iso har bir odam o‘zi bilganday Xudoga topina olmasligini ko‘rsatadi?
110-BOB
Isoning ma’baddagi so‘nggi kuni
U kambag‘al bevani misol qilib keltirib ta’sirli saboq beradi.
111-BOB
Havoriylar belgi haqida so‘rashadi
Uning bashorati ilk bor birinchi asrda amalga oshadi. Keyinchalik u kengroq miqyosda amalga oshadimi?
112-BOB
Qizlar haqidagi masal hushyorlikka o‘rgatadi
Iso bu masali bilan shogirdlarining yarmi aqlli, yarmi aqlsiz demoqchi bo‘lganmi?
113-BOB
Talantlar haqidagi masal tirishqoq bo‘lishga o‘rgatadi
Isoning masalida «kimda bor bo‘lsa, unga yana beriladi», degan so‘zlar tushuntiriladi.
114-BOB
Masih kelganida «qo‘y va echkilarni» hukm qiladi
Iso qoyilmaqom masal keltirib, odamlar nima asosida hukm etilishini tushuntiradi. Hukm oqibatlari o‘zgarmas bo‘ladi.
115-BOB
Fisih bayramini so‘nggi marta nishonlash arafasida
Nega din rahbarlari Yahudo Isoni tutib berishi uchun aynan 30 kumush tanga to‘lashga rozi bo‘lishgani diqqatga sazovor?
116-BOB
Iso havoriylarining oyoqlarini yuvadi
U xizmatkor qiladigan ishni bajarib, havoriylarni hayron qoldiradi.
117-BOB
Qutlug‘ Kechlik marosimi
Iso uning izdoshlari har yili 14 nison kuni nishonlashi kerak bo‘lgan xotirlash marosimini kiritadi.
119-BOB
Iso — yo‘l, haqiqat va hayot
Iso Xudoga qanday yaqinlashish mumkinligi haqida muhim haqiqatni ochib beradi.
120-BOB
Shogirdlar hosil keltirib, Isoning do‘stlari bo‘lishadi
Qay yo‘sin Isoning shogirdlari hosil keltirishadi?
121-BOB
«Dadil bo‘ling! Men dunyoni yengdim»
Dunyo Isoni qatl qilgan bo‘lsa, u qanaqasiga dunyoni yenggan?
122-BOB
Isoning boloxonadagi so‘nggi ibodati
Iso insoniyatga najot keltirishdan ko‘ra muhimroq ishni amalga oshirganini tushuntiradi.
123-BOB
Qattiq iztirobga tushganda ibodat qiladi
Nega Iso: «Bu kosani mendan uzoqlashtir»,— deb ibodat qiladi? U o‘lib, to‘lov berishdan bosh tortyaptimi?
124-BOB
Yahudo Isoni dushman qo‘liga topshiradi
Yahudo Ishqariyot hatto yarim kechasi Isoni qidirib topadi.
126-BOB
Butrus Isodan tonadi
Qanday qilib Butrusday imonli va sadoqatli inson Isodan shunchalik tez yuz o‘girishi mumkin?
128-BOB
Pilat va Hirod Isodan ayb topishmaydi
Nega Pilat Isoni Hirodning oldiga jo‘natadi? Isoni hukm qilishga Pilatning haqqi yo‘qmi?
129-BOB
Pilat: «Ana, u odam!» — deydi
Iso o‘zini qanday tutgani hatto Pilatning e’tiboridan chetda qolmaydi.
130-BOB
Iso qatl qilinish uchun topshiriladi
Nega Iso yig‘layotgan ayollarga u uchun emas, o‘zlari va bolalari uchun yig‘lashni aytadi?
131-BOB
Beayb Shoh ustunda azob chekadi
Isoning qatl qilingan qaroqchilardan biriga bergan va’dasi kelajakka tegishli.
132-BOB
«Chindan ham bu kishi Xudoning O‘g‘li bo‘lgan ekan»
Mo‘jizalar, ya’ni kuppa-kunduzi zulmat, qattiq zilzila, ma’baddagi parda yirtilgani, bularning baridan xulosa bir.
136-BOB
Jalila sohilida
Butrus Isoni yaxshi ko‘rishini qanday isbotlay oladi? Bu unga uch marotaba eslatiladi.
137-BOB
Isoni yuzlab insonlar ko‘radi
Tirilgach va osmonga ko‘tarilishdan oldin, Iso shogirdlariga nima berilishini va ular undan qanday foydalanishlari kerakligini qayta-qayta takrorlaydi.
138-BOB
Masih Xudoning o‘ng tomonida
Dushmanlariga qarshi chiqish vaqti kelguniga qadar Iso nimalar bilan band bo‘lgan?
139-BOB
Jannatni o‘rnatadi va topshirig‘ini yakunlaydi
Shohlikni Allohga, ya’ni Otasiga topshirishdan avval Iso ancha narsalarni amalga oshirishi kutiladi.
Iso payg‘ambar kabi...
Iso hayoti davomida sakkizta fazilatni namoyon etib kelgan.
Oyatlar ko‘rsatkichi
Injildagi oyatlar ushbu kitobning qaysi bobida muhokama qilinganini topish uchun oyatlar ko‘rsatkichidan foydalaning
Masallar (misollar) ko‘rsatkichi
Iso aytgan masallar yoritib berilgan boblarni kitobdan toping.
Masihga oid ayrim bashoratlar
Isoning hayotidagi voqealarni u Masih bo‘lganini tasdiqlaydigan bashoratlar bilan solishtiring. Ushbu bashoratlar ko‘rib chiqiladigan boblarga diqqat qarating.
Iso yashagan va ta’lim bergan joylar
Bu xaritada Iso xizmat qilib yurgan joylar ko‘rsatilgan.