Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Kechirish

Kechirish

Yahova chindan ham kechirishni istaydimi?

Zb 86:5; Dn 9:9; Mx 7:18

Shuningdek, 2Btr 3:9 ga qarang

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Zb 78:40, 41; 106:36–46. Garchi yo‘ldan ozgan xalq qilgan gunohi bilan Yahovaning ko‘nglini og‘ritgan bo‘lsa-da, U xalqini qayta-qayta kechirgan

    • Lq 15:11–32. Iso yo‘ldan ozgan o‘g‘il keyinchalik tavba qilganida, otasi unga rahm-shafqat ko‘rsatib qanday munosabatda bo‘lgani haqidagi masalni keltirib, Yahova kechirimli ekanini ochib bergan

Yahova nima asosida gunohlarni kechiradi?

Yuh 1:29; Ef 1:7; 1Yuh 2:1, 2

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ibr 9:22–28. Havoriy Pavlus faqatgina Masihning qoni gunohlarimiz kechirilishi uchun asos bo‘la olishini tushuntirgan

    • Vh 7:9, 10, 14, 15. Havoriy Yuhanno «ulkan olomon» to‘g‘risida vahiy ko‘rgan. Unga ko‘ra, ular Masihning qoni evaziga Xudoning oldida pok bo‘lib turishardi

Agar Yahova bizni kechirishini xohlasak, boshqalar bizga qarshi gunoh qilganda nima qilishimiz kerak?

Mt 6:14, 15; Mrk 11:25; Lq 17:3, 4; Yoq 2:13

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ayub 42:7–10. Yahova Ayubning qiyinchiliklariga chek qo‘yishdan, uning sog‘ligi va mol-mulkini tiklashdan oldin Ayub uchta soxta do‘sti uchun ibodat qilgan

    • Mt 18:21–35. Kechirilishni istasak, o‘zimiz boshqalarni kechirishimiz qanchalik muhim ekanini Iso yorqin misol orqali ko‘rsatgan

Gunohlarimizni tan olish va chin dildan tavba qilish qanchalik muhim?

Hv 3:19; 26:20; 1Yuh 1:8–10

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Zb 32:1–5; 51:1, 2, 16, 17. Shoh Dovud qilgan gunohlari dastidan qalbi ezilib tilka-pora bo‘lgan va u chin dildan tavba qilgan

    • Yoq 5:14–16. Yoqub agar jiddiy gunoh qilsak oqsoqollarga murojaat qilishimiz kerakligini tushuntirgan

Yahova bizni kechirishini xohlasak, qanday o‘zgarishlar qilishimiz kerak?

Hk 28:13; Isha 55:7; Ef 4:28

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 3Shh 21:27–29; 2Sl 18:18–22, 33, 34; 19:1, 2. Shoh Axab hukm qilinganda o‘zini kamtar tutgani bois Yahova unga qaysidir darajada rahm-shafqat ko‘rsatgan. Lekin u chin dildan tavba qilmagani uchun Yahova uni yovuz inson deb hisoblab o‘limga mahkum qilgan

    • 2Sl 33:1–16. Shoh Manashe o‘taketgan yovuz bo‘lgan. Lekin u tavba qilganida Yahova uni kechirgan. Manashe butparastlikka qarshi kurashib, haq topinishni olg‘a surish orqali chin dildan tavba qilganini va o‘zgarganini ko‘rsatgan

Yahova tavba qilgan gunohkorni kechirishga tayyormi?

Zb 103:10–14; Isha 1:18; 38:17; Yerm 31:34; Mx 7:19

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 2Shh 12:13; 24:1; 3Shh 9:4, 5. Garchi Dovud juda og‘ir gunohlar qilgan bo‘lsa-da, tavba qilgani uchun Yahova uni kechirgan va keyinchalik unga benuqson inson sifatida ishora qilgan

Qanday qilib Iso Yahovaning kechirishga tayyor ekanini mukammal tarzda aks ettirgan?

Zb 86:5; Lq 23:33, 34

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 26:36, 40, 41. Iso eng yaqin shogirdlarining qo‘llab-quvvatlashiga muhtoj bo‘lganida ular uxlab qolishgan. Lekin Iso ularning imkoniyatlari chegaralangan ekanini tushungan

    • Mt 26:69–75; Lq 24:33, 34; Hv 2:37–41. Butrus Isoni bilishidan uch marta tongan, ammo havoriy tavba qilganida Masih uni kechirgan. Keyinchalik Iso tirilganida Butrusga shaxsan ko‘ringan va unga jamoatdagi sharafli vazifalarni topshirgan

Yahova kechirimining chegarasi borligini qayerdan bilamiz?

Mt 12:31; Ibr 10:26, 27; 1Yuh 5:16, 17

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Mt 23:29–33. Iso ulamo-yu farziylarni jahannamda hukmga duchor bo‘lishdan yoki butunlayin yo‘q bo‘lishdan ogohlantirgan

    • Yuh 17:12; Mrk 14:21. Iso Yahudo Ishqariyotni «halokatga yo‘liqadigan kishi» deb atab, bunday xiyonatkor tug‘ilmagani yaxshiroq bo‘lardi deb aytgan

Nima masihiylarni kechirishga tayyor bo‘lishga unday oladi?