Qalb
Qanday qilib Muqaddas Kitob qalb ichki shaxsiyatimizni, jumladan, fikrlarimiz, niyatlarimiz, fazilatlarimiz va his-tuyg‘ularimizni o‘z ichiga olishini ko‘rsatyapti?
Zb 49:3; Hk 16:9; Lq 5:22; Hv 2:26
Shuningdek, Qn 15:7; Zb 19:8 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Lq 9:46–48. Iso shogirdlarining qalbida shuhratparastlik ruhini ko‘rganida ularni to‘g‘rilagan
-
Nega qalbimizni asrashimiz muhim?
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Ibt 6:5–7. Odamlarning qalbidagi qabihlik zo‘ravonlikka olib kelgan va bu Xudo To‘fonni keltirishiga sabab bo‘lgan
-
3Shh 11:1–10. Shoh Sulaymon qalbini himoya qilishning o‘rniga begona xalqlardan xotin olgan; ular esa Sulaymonning qalbini boshqa xudolarga og‘dirishgan
-
Mrk 7:18–23. Iso bizni Xudoning nazarida bulg‘aydigan barcha narsalar qalbdan chiqishini tushuntirgan
-
Qanday qilib qalbimizni asray olamiz?
Zb 19:14; Hk 3:3–6; Lq 21:34; Flp 4:8
Shuningdek, Ezr 7:8–10; Zb 119:11 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
Ef 6:14–18; 1Sal 5:8. Havoriy Pavlus sovut tom ma’nodagi yurakni himoyalaganidek, ma’naviy qurol-aslahalar sirasiga kiruvchi odillik, imon va sevgi ramziy yuragimizni himoyalashini aytgan
-
Qalbimizda muammo borligini qanday bilsak bo‘ladi?
Shuningdek, Hk 6:12–14 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
2Sl 25:1, 2, 17–27. Shoh Emoziyo qisqa vaqt Xudoning nazarida to‘g‘ri ishlar qilgan, lekin buni butun qalbi bilan qilmagan. Vaqt o‘tib u takabbur va imonsiz bo‘lgan; buning oqibatida azob chekkan
-
Mt 7:17–20. Iso yomon daraxt yomon meva bergani kabi, yomon qalb holati ham yomon xulq-atvorga olib kelishini aytgan
-
Nega dono qalb sohibi bo‘lishga intilishimiz kerak va buni qanday qila olamiz?
Shuningdek, Zb 119:97, 104; Rm 12:9–16; 1Tm 1:5 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
4Shh 20:1–6. Shoh Hizqiyo o‘limga duch kelganida Yahovaga butun qalb bilan xizmat qilganini yodga olib, unga rahm-shafqat ko‘rsatishini so‘rab iltijo qilgan
-
Mt 21:28–32. Iso bir masal orqali insonning aytgan gaplari emas, qilgan ishlari uning qalb holatini ko‘proq oshkor etishini ko‘rsatgan
-
Yahova qalbimizni ko‘rishi nega bizga tasalli beradi?
Shuningdek, 1Shh 2:3 ga qarang
-
Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):
-
1Shh 16:1–13. Shomuil payg‘ambar Yahova insonning tashqi ko‘rinishiga emas, balki uning qalbiga qarashini bilgan
-
2Sl 6:28–31. Shoh Sulaymon ma’badni bag‘ishlash marosimidagi ibodatidan Xudo insonning qalbini aniq-ravshan ko‘rishini va unga rahm-shafqat qilishini ko‘rsak bo‘ladi
-