Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

Ta’qiblar

Ta’qiblar

Nega masihiylar ta’qiblarga duch kelishni kutishlari mumkin?

Nega ta’qib qilinganimizda Yahovadan kuch so‘rashimiz kerak?

Zb 55:22; 2Kr 12:9, 10; 2Tm 4:16–18; Ibr 13:6

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 3Shh 19:1–18. Ilyos payg‘ambar ta’qibga duch kelganida, qalbidagilarni Yahovaga to‘kib sochgan va dalda hamda tasalliga ega bo‘lgan

    • Hv 7:9–15. Yusuf akalari tomonidan ta’qib qilingan. Lekin Yahova unga sodiq qolgan, uni xalos etgan hamda oilasini qutqarish uchun undan foydalangan

Ta’qiblarning ba’zi turlari qanday?

Haqoratlar

2Sl 36:16; Mt 5:11; Hv 19:9; 1Btr 4:4

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 4Shh 18:17–35. Ossuriya shohining vakili rabshak Yahovani haqorat qilgan va Quddusdagi odamlarning ustidan kulgan

    • Lq 22:63–65; 23:35–37. Iso hukm qilinganida va azob ustuniga mixlanganida, uni ta’qib qilganlar ustidan kulib, masxara qilishgan

Qarindoshlar tomonidan qarshiliklar

Hibsga olinganda va davlat xodimlari oldida turganda

Jismoniy qiynoq

Xaloyiq hujumi

O‘lim

Masihiylar ta’qib qilinganda qanday yo‘l tutishlari kerak?

Mt 5:44; Hv 16:25; 1Kr 4:12, 13; 1Btr 2:23

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 7:57–8:1. Garchi Stefan xaloyiqning zo‘ravonligi dastidan o‘lar holatga kelgan bo‘lsa ham, Xudoga ibodat qilib, uni ta’qib qilganlarga, jumladan, tarslik Shoulga rahm-shafqat qilishini so‘ragan

    • Hv 16:22–34. Garchi havoriy Pavlus savalangan va oyoqlari kundalab qo‘yilgan bo‘lsa-da, u nazoratchiga mehribon munosabatda bo‘lgan. Bu esa nazoratchini va butun xonadonini masihiy bo‘lishiga sabab bo‘lgan

Birinchi asrdagi masihiylar bilan nima sodir bo‘lgan?

Ta’qiblarga bo‘lgan to‘g‘ri nuqtai nazar qanday?

Qanday qilib kelajakka bo‘lgan umidimiz bizni ta’qiblar paytida mustahkamlaydi?

Nima uchun ta’qiblar uyatni his qilishimizga, qo‘rquvga berilishimizga va ruhimiz tushishiga sabab bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz hamda nega Yahovaga xizmat qilishni to‘xtatmaymiz?

Zb 56:1–4; Hv 4:18–20; 2Tm 1:8, 12

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • 2Sl 32:1–22. Sadoqatli shoh Hizqiyo shoh Sinaxerib tomonidan hujum qilish tahdidiga duch kelganida, Yahovaga tayangan va xalqini mustahkamlagan. Natijada ulkan mukofot olgan

    • Ibr 12:1–3. Ta’qib qilganlar Isoni sharmanda qilmoqchi bo‘lishgan. Lekin u sharmandalikni nazariga ilmagan va ularning bunday xatti-harakati uning ruhini tushirishiga yo‘l qo‘ymagan

Ta’qiblar qanday barakalar olib keladi?

Ta’qiblarda bardoshli bo‘lganimiz Yahovani mamnun qiladi va Uning ismiga sharaf keltiradi

1Btr 2:19, 20; 4:12–16

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Ayub 1:6–22; 2:1–10. Garchi Ayub dahshatli qiyinchiliklari ortida Shayton turganini bilmagan bo‘lsa-da, Yahovaga qarshi chiqishni rad etgan. Buning o‘rniga u Shayton yolg‘onchi ekanini isbotlagan va Yahovani ulug‘lagan

    • Dn 1:6, 7; 3:8–30. Sadoqatli Xanoniyo, Mishail va Ozariyo (Shadrax, Meshax va Abednaxu) Yahovaga itoatsizlik qilishdan ko‘ra, qiynoqli o‘limga duch kelishga tayyor bo‘lishgan. Buning natijasida butparast shoh Navuxodonosor hammaning oldida Yahovani ulug‘lagan

Ta’qiblar shohidlik berishga yo‘l ochishi mumkin

Lq 21:12, 13; Hv 8:1, 4

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 11:19–21. Ta’qiblar dastidan tarqab ketgan masihiylar uzoq va olis joylarda xushxabarni aytishda davom etishgan

    • Flp 1:12, 13. Havoriy Pavlus qamoqqa tushgani tufayli ko‘plar xushxabarni eshitganidan mamnun bo‘lgan

Ta’qiblarda bardoshli bo‘lganimiz imondoshlarimizni mustahkamlashi mumkin

Sadoqatli kishilarni ta’qib qilishda din rahbarlari va siyosatchilar qanday ta’sirga ega?

Yerm 26:11; Mrk 3:6; Yuh 11:47, 48, 53; Hv 25:1–3

  • Muqaddas Kitobdagi bayonot(lar):

    • Hv 19:24–29. Efesda ba’zilar butlar yasashgan va masihiylar va’z qilgan xabar ularning savdosiga putur yetkazishidan xavotirlanishgan. Buning dastidan ular masihiylarni ta’qib qilishgan

    • Gl 1:13, 14. Masihiy bo‘lishidan oldin Pavlus (Shoul) yahudiy dinida g‘ayratli bo‘lgan. U jamoatdagilarni ta’qib qilgan

Yahovaning xizmatchilari duch kelayotgan ta’qiblarning asosiy sababchisi kim?