A ILOVA
Biz o‘rgatishni sevgan haqiqatlar
Iso samimiy insonlar haqiqatni eshitganida uni qabul qilishini aytgan. (Yuhan. 10:4, 27) Har safar insonlar bilan gaplashganda, Muqaddas Kitobdagi oddiy haqiqatlarni bo‘lishishni xohlaymiz. Haqiqatni aytishni boshlashdan oldin quyidagicha so‘rang: «Bilasizmi...?» yoki «... haqida eshitganmisiz?» Keyin haqiqatni tushuntirib beradigan oyat(lar)ni qo‘llang. Muqaddas Kitobdagi oddiy haqiqatlarni bo‘lishish orqali insonning qalbiga urug‘ ekkan bo‘lamiz. Xudo esa bu urug‘ni o‘stiradi. (1 Kor. 3:6, 7)
KELAJAK
-
1. Hozir bo‘layotgan voqealar yaqinda o‘zgarish bo‘lishini ko‘rsatyapti. (Mat. 24:3, 7, 8; Luqo 21:10, 11; 2 Tim. 3:1–5)
-
2. Yer yuzi hech qachon yo‘q qilinmaydi. (Zab. 104:5; Voiz 1:4)
-
3. Yer yuzi toza bo‘ladi va jannatga aylanadi. (Ishayo 35:1, 2; Vah. 11:18)
-
4. Barcha mukammal sog‘likka ega bo‘ladi. (Ishayo 33:24; 35:5, 6)
-
5. Yer yuzida abadiy yashay olasiz. (Zab. 37:29; Mat. 5:5)
OILA
-
6. Er xotinini o‘zini sevganday sevishi kerak. (Efes. 5:33; Kolos. 3:19)
-
7. Xotin erini chuqur hurmat qilishi kerak. (Efes. 5:33; Kolos. 3:18)
-
8. Er va xotin bir-biriga sadoqatli bo‘lishi kerak. (Mal. 2:16; Mat. 19:4–6, 9; Ibron. 13:4)
-
9. Bolalar ota-onasini hurmat qilsa va ularga quloq solsa muvaffaqiyatli bo‘lishadi. (Hik. 1:8, 9; Efes. 6:1–3)
XUDO
-
10. Xudoning ismi bor. (Zab. 83:18; Yerm. 10:10)
-
11. Xudo bizga muhim xabarni yetkazgan. (2 Tim. 3:16, 17; 2 Butr. 1:20, 21)
-
12. Xudo adolatli va yuzxotirchilik qilmaydi. (Qonun. 10:17; Havor. 10:34, 35)
-
13. Xudo bizga yordam berishni istaydi. (Zab. 46:1; 145:18, 19)
IBODAT
-
14. Xudo Unga ibodat qilishimizni istaydi. (Zab. 62:8; 65:2; 1 Butr. 5:7)
-
15. Muqaddas Kitobdan qanday ibodat qilishni o‘rgansak bo‘ladi. (Mat. 6:7–13; Luqo 11:1–4)
-
16. Tez-tez ibodat qilishimiz kerak. (Mat. 7:7, 8; 1 Salon. 5:17)
ISO
-
17. Iso ulug‘ ustoz bo‘lgan va uning maslahatlari hali-hanuz amaliy. (Mat. 6:14, 15, 34; 7:12)
-
18. Bugungi voqealarni Iso bashorat qilgan. (Mat. 24:3, 7, 8, 14; Luqo 21:10, 11)
-
19. Iso Xudoning o‘g‘li. (Mat. 16:16; Yuhan. 3:16; 1 Yuhan. 4:15)
-
20. Iso Qudratli Xudo emas. (Yuhan. 14:28; 1 Kor. 11:3)
XUDONING SHOHLIGI
-
21. Xudoning Shohligi — chindan ham mavjud bo‘lgan samoviy hukumat. (Don. 2:44; 7:13, 14; Mat. 6:9, 10; Vah. 11:15)
-
22. Xudoning Shohligi barcha shohliklarning o‘rnini egallaydi. (Zab. 2:7–9; Don. 2:44)
-
23. Faqatgina Xudoning Shohligi insonlarning muammolariga barham beradi. (Zab. 37:10, 11; 46:9; Ishayo 65:21–23)
AZOB-UQUBATLAR
-
24. Azob-uqubatlarimizga Xudo sababchi emas. (Qonun. 32:4; Yoqb. 1:13)
-
25. Dunyoni Shayton boshqaryapti. (Luqo 4:5, 6; 1 Yuhan. 5:19)
-
26. Xudo azob-uqubatlarimizga befarq emas. (Zab. 34:17–19; Ishayo 41:10, 13)
-
27. Xudo yaqinda azob-uqubatlarga chek qo‘yadi. (Ishayo 65:17; Vah. 21:3, 4)
O‘LIM
-
28. O‘lganlar hech narsani bilmaydi va azob chekmaydi. (Voiz 9:5; Yuhan. 11:11–14)
-
29. O‘lganlar bizga yordam ham bermaydi, zarar ham yetkazmaydi. (Zab. 146:4; Voiz 9:6, 10)
-
30. Sevimli insonlarimiz yana hayotga qaytadi. (Ayub 14:13–15; Yuhan. 5:28, 29; Havor. 24:15)
-
31. «O‘lim... boshqa bo‘lmaydi». (Vah. 21:3, 4; Ishayo 25:8)
DIN
-
32. Barcha dinlar ham Xudoga ma’qul emas. (Yerm. 7:11; Mat. 7:13, 14, 21–23)
-
33. Xudo ikkiyuzlamachilikdan nafratlanadi. (Ishayo 29:13; Mixo 3:11; Mark 7:6–8)
-
34. Haq dinni chinakam sevgi ajratib turadi. (Mixo 4:3; Yuhan. 13:34, 35)