O‘qishda va ta’lim berishda davom eting

Yetakchi kengashdan xat

Insonlarga yetkazilishi kerak bo‘lgan muhim xabar borasida ta’lim beryapmiz.

1-DARS

Qiziqarli kirish so‘zlari

Qiziqarli kirish so‘zlari tufayli ikkita maqsadga erishish mumkin.

2-DARS

So‘zlashuv Uslubi

So‘zlashuv uslubi tinglovchilar xabarni osonlikcha tushunishi uchun samimiy hamda tabiiy gapirishingizga ko‘maklashadi.

3-DARS

Savollarni Qo‘llash

Qiziqish uyg‘otish va muhim fikrlarni ta’kidlash uchun o‘rinli savollar bering.

4-DARS

Oyatlarga o‘rinli kirish so‘zlarini keltirish

Tinglovchilarni o‘qiladigan oyatga e’tiborli bo‘lishga tayyorlash uchun nima qilish mumkinligini bilib oling.

5-DARS

To‘g‘ri qiroat

To‘g‘ri qiroat Yahova haqida bilim orttirish uchun juda muhim.

6-DARS

Oyatni nega qo‘llayotganingiz aniq ko‘rinsin

Tinglovchilarga o‘qilgan oyat aytilayotgan fikr bilan qanday bog‘liq ekanini aniq ko‘rishga yordam bering.

7-DARS

Aniq va ishonchli ma’lumot

Tinglovchilar to‘g‘ri xulosaga kelishi uchun ishonchli va aniq dalillar yordam beradi.

8-DARS

Misollar yordamida ta’lim berish

Muhim fikrlarni yetkazishda tinglovchilarga mos keladigan oddiy misollardan foydalaning.

9-DARS

Ko‘rgazmali qo‘llanmalardan to‘g‘ri foydalanish

Ma’lumotni eslab qolishga osonroq bo‘lishi uchun ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalaning.

10-DARS

Ovoz ohangini o‘zgartirish

Ovoz balandligini, ohangini va tezligini nazorat qilgan holda fikrni jonli tarzda yetkazsangiz tinglovchilarni harakatga undaysiz.

11-DARS

Jo‘shqinlik

Jo‘shqinlik his-tuyg‘ularingizni aks etib, tinglovchilarda qiziqish uyg‘otishingizga yordam beradi.

12-DARS

Iliqlik va hamdardlik

Samimiylik ila gapirsangiz, tinglovchilar haqida qayg‘urayotganingizni ko‘rsatasiz.

13-DARS

Amaliy foydasini aniq ko‘rsatish

Muhokama qilinayotgan ma’lumot tinglovchilarning hayotiga qanday tegishli ekanini yoki uni qay tarzda qo‘llashlari mumkinligini tushunishlariga yordam bering.

14-DARS

Asosiy fikrlarni ajratish

Nutqingiz davomida tinglovchilarga har bir asosiy fikr siz ko‘zlagan maqsad va mavzu bilan qanday bog‘liq ekanini aniq ko‘rishga yordamlashing.

15-DARS

Ishonch bilan gapirish

Ishonch bilan gapiring. Gapirayotganlaringiz haqiqat ekaniga ishonishingizni va ular muhim ekanini ko‘rsating.

16-DARS

Ijobiy bo‘lish

Tanqidchi emas, ijodkor bo‘ling. Xudoning Kalomidagi dalda baxsh etuvchi fikrlarga e’tibor qarating.

17-DARS

Tushunarli qilib gapirish

Boshqalar sizni tushuna oladigan tarzda gapiring. Asosiy fikrlarni aniq aytib o‘ting.

18-DARS

Tinglovchilar uchun mazmunli ma’lumot

Tinglovchilarni mulohaza yuritishga chorlang. Ular foydali fikrlarni bilib oldik, degan xulosaga kelishsin.

19-DARS

Qalbni zabt etishga intilish

Tinglovchilarni Allohni va Uning Kalomini sevishga undang.

20-DARS

Ta’sirli xotima

Ta’sirli xotima tinglovchilarni bilib olganlarini qabul qilishga va ularga amal qilishga turtki bo‘ladi.

Nimalarga erishdingiz?

O‘qish va ta’lim berish borasida qobiliyatlaringizni rivojlantirishda nimalarga erishganingizni yozib qo‘ying.