15-DARS
Ishonch bilan gapirish
1 Salonikaliklarga 1:5
MAQSAD. Gapirayotganlaringiz haqiqat ekaniga ishonishingizni va ular muhim ekanini ko‘rsating.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
-
Puxta tayyorlaning. Muhim fikrlarni va Muqaddas Kitobda yozilganlar haqiqat ekanini tushunish uchun puxta tadqiq o‘tkazing. Asosiy fikrlarni oddiy so‘zlar bilan ifodalashga harakat qiling. Tinglovchilar ushbu ma’lumotdan qanday foyda olishi to‘g‘risida o‘ylang. Muqaddas ruh so‘rab ibodat qiling.
-
Ishonch bilan gapirayotganingizni ko‘rsatuvchi so‘zlarni qo‘llang. Ma’lumotdagi so‘zlarni shunchaki takrorlamay, o‘z so‘zingiz bilan gapiring. Gaplaringizdan amin ekaningiz ko‘rinib tursin.
-
Aminlik va samimiylik ila gapiring. Yetarlicha baland ovozda gapiring. O‘rinli bo‘lsa, tinglovchilar bilan ko‘z ila aloqa bog‘lang.