17-DARS
Tushunarli qilib gapirish
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
-
Mavzuni puxta o‘rganing. Mavzuni osonlikcha va o‘z so‘zlaringiz bilan yoritib berish uchun uni yaxshilab tushunib oling.
-
Qisqa gap va oddiy iboralardan foydalaning. Uzun gaplarni ishlatish mumkin bo‘lsa-da, asosiy fikrlarni tushuntirishda oddiy ibora va gaplardan foydalaning.
-
Notanish iboralarni tushuntiring. Iloji bo‘lsa, tinglovchilarga notanish bo‘ladigan iboralarni qo‘llamang. Tinglovchilarga notanish ibora, Muqaddas Kitob qahramoni, qadimiy o‘lchov birligi yoki odatga ishora qilishingiz kerak bo‘lsa, qo‘shimcha ma’lumot keltiring.