6-DARS
Oyatni nega qo‘llayotganingiz aniq ko‘rinsin
Yuhanno 10:33–36
MAQSAD. Oyatni shunchaki o‘qib, keyingi fikrga o‘tib ketmang. Tinglovchilar o‘qilgan oyat aytilayotgan fikr bilan qanday bog‘liq ekanini aniq ko‘rishsin.
AMALGA OSHIRISH YO‘LLARI
-
Kalit so‘zlarni ajrating. Oyatni o‘qigach, asosiy fikr bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lgan so‘zlarni ta’kidlang. Masalan, o‘sha so‘zlarni takrorlashingiz yoki tinglovchilar kalit so‘zlarni aniqlashi uchun savol berishingiz mumkin.
-
Asosiy fikrni takrorlang. Muayyan mavzuni ochib berish uchun oyat o‘qish kerakligini aytgach, u yerdagi kalit so‘zlar qay yo‘sin bu mavzu bilan bog‘liq ekanini tushuntiring.
-
Sodda qilib tushuntiring. Asosiy fikr bilan bog‘liq bo‘lmagan keraksiz tafsilotlarni aytmang. Tinglovchilar aytilayotgan mavzu haqida nimalarni bilishini inobatga olib, uni aniq va tushunarli tarzda yoritish uchun qancha dalillar keltirishni oldindan hal qiling.