Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

1B RAMKA

Hizqiyo kitobining mazmuni

Hizqiyo kitobining mazmuni

Umuman olganda, Hizqiyo kitobini quyidagicha bo‘lish mumkin:

1–3-BOBLAR

Mil. avv. 613-yili Bobilda surgunda bo‘lgan yahudiylar orasida yashagan Hizqiyo Yahovadan vahiylar oladi va unga Kavor daryosi bo‘yida yashaydigan yahudiylarga bashorat qilish topshiriladi.

4–24-BOBLAR

Mil. avv. 613 va 609-yillar oralig‘ida Hizqiyo Quddus va u yerdagi isyonkor-u butparast odamlarga chiqarilgan asosan hukm xabarlaridan iborat bashoratlarni yetkazadi.

25–32-BOBLAR

Mil. avv. 609-yildan, ya’ni Quddus Bobil tomonidan oxirgi bor qamal qilingan yildan boshlab, Hizqiyo Quddus emas, balki Isroil atrofidagi dushman xalqlarga — ommonliklar, edomliklar, misrliklar, mo‘abliklar, filistimliklar, sidonliklar va tirliklarga qarshi hukm xabarlarini aytadi.

33–48-BOBLAR

Mil. avv. 606-yildan boshlab, yuzlab kilometr uzoqlikda joylashgan Quddus va undagi ma’bad vayron bo‘lib yotganida, Hizqiyo umid xabariga — Tangri Yahovaga pok tarzda topinish tiklanishiga diqqat qaratadi.

Hizqiyo kitobi asosan xronologik tartibda va shu bilan birga mavzu bo‘yicha yozilgan. Quddus va undagi ma’bad vayron bo‘lishi to‘g‘risidagi bashoratlar pok topinish tiklanishi haqidagi bashoratlarning aksariyati aytilganidan avval yozilgan. Bu o‘rinli, chunki tiklanish borasidagi bashoratlar ma’baddagi topinish barham topganiga ishora qiladi.

Qolaversa, Hizqiyoning Isroil atrofidagi dushman xalqlarga qarshi bashoratlari (25–32-boblar), Quddusga qarshi aytilgan hukm xabarlaridan so‘ng va pok topinish tiklanishi to‘g‘risidagi bashoratlardan oldin keltirilgan. Bir ilohiyotshunosning fikricha, xalqlarga chiqarilgan hukm xabarlarining aytilish tartibi o‘rinli bo‘lgan. Bundan Xudoning O‘z xalqiga bo‘lgan g‘azabi rahm-shafqatga aylanganini ko‘rsa bo‘ladi. Boisi, ularning dushmanlarini jazolashi Xudo xalqiga nisbatan rahm-shafqatli ekanini ko‘rsatishning bir qismi edi.

1-bob 18-xatboshiga qarang.