12-QISM
Oilaviy hayotingizni qanday baxtli qila olasiz?
Oilaviy baxtning kaliti — sevgidir. Efesliklarga 5:33
Xudoning me’yoriga binoan, faqat bir erkak va bir ayol nikoh qurishi mumkin.
Mehribon er xotiniga muloyim munosabatda bo‘lib, uni tushunishga harakat qiladi.
Xotin eriga madadkor bo‘lishi kerak.
Bolalar ota-onalariga quloq solishlari darkor.
Kolosaliklarga 3:5, 8–10
Berahm, bevafo bo‘lmang, aksincha, rahmdil, vafodor bo‘ling.Xudoning Kalomida, er xotinini o‘z tanasini sevganday sevishi lozim, xotin esa erini chuqur hurmat qilishi kerak, deb aytilgan.
O‘z turmush o‘rtog‘idan boshqasi bilan jinsiy aloqada bo‘lish noto‘g‘ri. Ko‘p nikohlilik ham noto‘g‘ri.
Tangri Yahova Kalomi orqali oilaviy hayotni baxtli qilish yo‘lini o‘rgatyapti.