27- BOB
Sizning Xudoyingiz kim?
SIZNING Xudoyingiz kim? Bu savolga javob topish nega shunchalik muhim? ~ Chunki odamlar ko‘p xudolarga topinishadi (1 Korinfliklarga 8:5). Bir kuni havoriy Pavlus Yahova bergan kuch bilan yura olmaydigan kishini sog‘aytirdi. O‘shanda buni ko‘rgan odamlar: «Xudolar inson qiyofasiga kirib, oldimizga tushibdi»,— deb baqirishdi. Odamlar Pavlus va uning do‘sti Barnaboga sig‘inmoqchi bo‘lishdi. Ular Pavlusni Germes, Barnaboni esa Zevs, deya soxta xudolarning nomi bilan atashdi.
Lekin Pavlus va Barnabo, odamlarning ularga sig‘inishlariga yo‘l qo‘yishmadi. Ular olomon orasiga otilib kirishdi-da, baland ovozda shunday deyishdi: «Befoyda narsalardan voz kechib, barhayot Xudoga qaytinglar» (Havoriylar 14:8–15). Bor narsalarni yaratgan barhayot Xudo kim? ~ Ha, butun dunyoda eng oliy yolg‘iz Yahovadir. Iso ham Yahovani tanho haq Xudo deb atagan. Xo‘sh, biz kimga topinishimiz kerak? ~ Faqat Yahovaga! (Zabur 82:19; Yuhanno 17:3; Vahiy 4:11).
Ko‘p odamlar «tanho haq Xudoga» topinmaydilar. Ko‘pchilik daraxt, tosh yoki temirlardan yasalgan narsalarga sajda qiladi (Chiqish 32:4–7; Levilar 26:1; Ishayo 44:14–17). Hatto ba’zida mashhur erkagu ayollarni sanamlar yoki yulduzlar, deb atashadi. Ularni sharaflash to‘g‘rimi? ~
Shoul havoriy Pavlus bo‘lgach shunday deb yozgan: «Bu dunyoning tangrisi imonsizlarning zehnlarini ko‘r qilgan» (2 Korinfliklarga 4:4). Bu tangri kim ekan? ~ Ha, Iblis Shayton! U shunday qildiki, ko‘p insonlar odamga va turli narsalarga sig‘inadigan bo‘lishdi.
Matto 4:10). Iso faqat Yahovaga topinish kerakligini yaqqol ko‘rsatdi. Buni qadimda yashagan uchta o‘spirin ham bilardi. Ularning ismlari Shadrax, Meshax va Abednaxu edi. Keling, ular haqida bilib olaylik.
Shayton Isoga, unga tiz cho‘kib sajda qilishini taklif etganida, Iso nima deb javob qaytardi? ~ Iso shunday dedi: «Tangring Yahovaga sajda qil, birgina Unga muqaddas xizmatni ado et» (Bu ibroniy yigitlar Xudoga tegishli bo‘lgan Isroil xalqidan edilar. Ularni uzoq Bobil yurtiga asir qilib olib ketishgan edi. Bu yurtning shohi Navuxadnazar oltin haykal yasagandi. Bir kuni shoh, musiqa yangraganda hamma muk tushib haykalga sajda qilsin, deb amr etdi. «Kimki muk tushib sajda qilmasa, o‘sha zahotiyoq olovli chuqurlikka tashlanadi». Bu vaziyatda siz qanday yo‘l tutardingiz? ~
Odatda Shadrax, Meshax va Abednaxu shohning hamma aytganini qilishardi. Lekin bu safar ular haykalga sajda qilishdan Chiqish 20:3–5). Shunday qilib Shadrax, Meshax va Abednaxu shohning buyrug‘iga emas, Yahovaning qonuniga bo‘ysunishdi.
bosh tortishdi. Nima uchun, bilasizmi? ~ Chunki Xudoning Qonunida shunday deyilgan: «Mendan boshqa xudolarga sajda qilmang. O‘zlaringizga hech qanday butni yoki biror narsaning shaklini yasamang» (Shoh bundan rosa g‘azablandi va uchta ibroniy yigitni olib kelishlarini buyurdi. Shoh ulardan: «Mening xudolarimga sajda qilmayotganingiz rostmi?» — deb so‘radi. So‘ng shunday dedi: «Sizlarga yana bir imkoniyat beraman. Hozir musiqa yangrashi bilanoq, muk tushib men yasagan haykalga sajda qilinglar. Agar shunday qilmasangizlar, olovli chuqurlikka tashlanasizlar. Shunda sizlarni mening qo‘limdan qaysi xudo qutqara oladi?»
Bu yigitlar endi nima qilishar ekan? Siz nima qilgan bo‘lardingiz? ~ Ular shohga shunday javob qaytarishdi: «Biz sig‘inadigan Xudo bizni qutqarishga qodir. Ammo U bizni qutqarmagan taqdirda ham, bilib qo‘yingki, ey, shoh hazratlari, biz hech qachon xudolaringizga sig‘inmaymiz, siz o‘rnatgan oltin haykalga ham sajda qilmaymiz».
Shoh g‘azabga minib: «Olovni odatdagidan yetti barobar qattiqroq yondiringlar»,— deb buyurdi. So‘ng lashkarlarining orasidagi eng kuchli polvonlarga Shadrax, Meshax va Abednaxuni bog‘lab, olovli chuqurlikka tashlashni amr etdi! Alanga avjiga chiqqani sababli shohning askarlarini kuydirib yubordi. Uchta ibroniy yigit bilan-chi, nima sodir bo‘ldi?
Shadrax, Meshax va Abednaxu naq olovning ichiga tushishdi. Lekin ular shu zahotiyoq o‘rnilaridan turishdi! Ularga hech qanday shikast yetmagandi. Ular endi bog‘langan holda emasdilar. Bu qanday bo‘lishi mumkin? ~ Shoh olovli chuqurlikka qarashi bilanoq, dahshatga tushdi. «Biz olovga uchta bog‘langan odamni tashlamaganmidik?» — deb hayqirib yubordi. Xizmatkorlari unga: «Xuddi shunday, shoh hazratlari»,— deb javob berishdi
Keyin shoh shunday dedi: «Vo ajabo! Alanganing o‘rtasida bog‘lanmagan to‘rtta odam yuribdi-ku. Ularning birortasiga ham zarar yetmagan». Qiziq, to‘rtinchi shaxs kim ekan? ~ Bu, Yahovaning farishtasi edi. U ibroniy yigitlarni olovdan himoya qildi.
Doniyor 3- bob).
Shoh chuqurlikning og‘ziga borib: «Shadrax, Meshax va Abednaxu, ey, Xudoyi Taoloning xizmatkorlari, qani chiqinglar! Oldimga kelinglar!» — deb baqirdi. Yigitlar olov ichidan chiqishganida, ularga hech qanday zarar yetmagandi. Hatto kiyimlaridan ham tutun hidi kelmayotgan edi. Shunda shoh quyidagilarni aytdi: «Shadrax, Meshax va Abednaxuning Xudosiga hamdu sanolar bo‘lsin! U O‘z farishtasini yuborib, O‘ziga ishongan qullarini xalos qildi. Chunki ular o‘z Xudosidan boshqa xudolarga sig‘inmadilar» (Bu voqeadan ko‘p narsani o‘rganishimiz mumkin. Hatto bugungi kunda ham haykal va sanamlarga sig‘inadiganlar bor. Bu haykal va sanamlarni yog‘och, tosh, temir yoki matodan yasaydilar. Isoning ilk shogirdlari ham Rim imperatoriga hech qachon sajda qilishmagan.
Nima deb o‘ylaysiz, yog‘och, tosh, temir yoki matodan yasalgan ushbu diniy haykal va sanamlarga Xudo qanday qaraydi? ~ Yahovaning xizmatchisi shunday narsalarga sig‘inishi to‘g‘ri bo‘larmidi? ~ Shadrax, Meshax va Abednaxu bunday qilishmagani uchun Yahovani mamnun qilishdi. Xo‘sh, siz ularga qanday taqlid qila olasiz? ~
Yahovaning xizmatchilari Undan boshqa hech kimga va hech nimaga sig‘inishmaydi. Quyidagi oyatlarda bu haqda nima deyilganini o‘qib chiqing: Yoshua 24:14, 15, 19–22; Ishayo 42:8; 1 Yuhanno 5:21 hamda Vahiy 19:10.