13-DARS
Sehr-jodu bilan shug‘ullanish yomon
Shayton, siz sehr-jodu bilan shug‘ullanishingizni xohlaydi. Ko‘p odamlar o‘zlarini zarardan himoya qilish uchun, ajdodlariga yoki ruhlarga qurbonlik keltirishadi. Ular ruhiy olamdagi kuchlardan qo‘rqqanliklari sababli shunday qilishadi. Ular turli tumorlar va ko‘zmunchoqlar taqib yurishadi. Ular, sehrli kuchga ega degan fikrda qandaydir «suyuqliklarni» badanlariga surtishadi yoki ichishadi. Ba’zi odamlar, balo-qazodan asraydigan kuchga ega deb ishonib, uylarida ayrim narsalarni saqlashadi. Boshqalar esa, ishda, o‘qishdagi imtihonlarda yoki uchrashuvga chiqqanda omad keltiradi degan umidda, dam solingan narsalardan foydalanishadi.
Shaytonning ta’siridan eng yaxshi himoya, Allohning do‘sti bo‘lishdir. Yahova Taolo va Uning farishtalari, Shayton va uning jinlaridan ancha kuchliroqdir (Yoqub 2:19; Vahiy 12:9). Yahova Xudo O‘zining sodiq do‘stlarini qo‘llab-quvvatlash uchun, O‘z kuchini ko‘rsatishga tayyor (2 Solnomalar 16:9; 1 Butrus 3:12).
Tavrotda: «Fol ochmanglar»,— deyilgan. Yahova Taolo sehr-joduyu folbinlikni qoralaydi, chunki bunday narsalar bilan shug‘ullanuvchilar Shaytonning ta’siriga duchor bo‘lishadi (Levilar 19:26, YADT).