Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

17-DARS

Do‘st orttirishni istasangiz, o‘zingiz do‘st bo‘ling

Do‘st orttirishni istasangiz, o‘zingiz do‘st bo‘ling

Sevgiga asoslangan do‘stlik. Rabbimiz Yahova to‘g‘risida bilimga ega bo‘lishingiz sayin, Unga nisbatan sevgingiz ortib boradi. Sevgingiz oshgani sayin esa, Unga xizmat qilish istagingiz paydo bo‘ladi. Bu, sizni Iso Masihning shogirdi bo‘lishga undaydi (Matto 28:19). Yahovaning Shohidlariga qo‘shilib, Xudo bilan to abad do‘st bo‘lishingiz mumkin. Buning uchun siz nima qilishingiz kerak?

Xudoning qonunlariga bo‘ysunib, Uni sevishingizni ko‘rsatasiz. «Xudoni sevish — Uning amrlarini bajo keltirish demakdir. Xudoning amrlari esa og‘ir emas» (1 Yuhanno 5:3).

Bilganingizni amalda qo‘llang. Iso alayhissalom bir misolni hikoya qilib berdi. Bir farosatli odam o‘z uyini tosh ustiga quribdi. Farosatsiz odam esa o‘z uyini qum ustiga quribdi. Yomg‘ir yog‘ib, sellar toshganida, tosh ustiga qurilgan uy qulamabdi. Qum ustiga qurilgan uy esa yer bilan yakson bo‘libdi. Bu bilan Iso payg‘ambar, uning ta’limotlarini tinglab, amalda qo‘llovchi insonni uyini tosh ustiga qurgan farosatli odamga o‘xshatdi. Biroq, uning ta’limotlarini tinglab, amalda qo‘llamagan odam esa, uyini qum ustiga qurgan farosatsiz odam kabidir. Bulardan qaysi biriga o‘xshamoqchisiz? (Matto 7:24-27).

Bag‘ishlov. Bu, siz Yahovaga ibodat qilib, Unga abadiy xizmat qilish istagingizni aytishingizni anglatadi. Allohning irodasini bajarish bilan, Iso Masihning shogirdi ekaningizni ko‘rsatasiz (Matto 11:29).

Suvga cho‘mib, imon keltirish. «Suvda imon keltir va Isoning ismini chaqirib, gunohlaringdan forig‘ bo‘l» (Havoriylar 22:16).

Xudoga butun qalbingiz bilan xizmat qiling. «Qiladigan har bir ishni insonlar uchun emas, Rabbingiz uchun qilayotganday, chin qalbdan bajaringlar» (Kolosaliklarga 3:23).