Asosiy materiallarga o‘tish

Mundarijaga o‘tish

9-DARS

Xudoning do‘stlari kimlar?

Xudoning do‘stlari kimlar?

Iso alayhissalom — Parvardigorning birinchi ijodi bo‘lib, eng yaqin, qadrdon do‘stidir. Yer yuziga inson bo‘lib kelishidan avval, Iso ulug‘vor farishta bo‘lgan va osmonda yashagan (Yuhanno 17:5). So‘ng, odamlarni haqiqatga o‘rgatish uchun, u yer yuziga keldi (Yuhanno 18:37). Shuningdek hazrati Iso, itoatkor insonlarni gunoh va o‘limdan qutqarish uchun o‘z hayotini fido qildi (Rimliklarga 6:23). Hozir esa Iso — Xudoning osmondagi Shohligining Shohi qilib tayinlangan bo‘lib, yer yuzini Jannatga aylantiradi (Vahiy 19:16).

Farishtalar ham Xudoning do‘stlari. Farishtalar, insonlar kabi yer yuzida yashashmagan. Parvardigor yerni yaratishdan avval, ularni osmonda yaratgan edi (Ayub 38:4-7). Millionlab farishtalar bor (Doniyor 7:10). Allohning osmondagi ushbu do‘stlari, insonlar Xudovand Yahova haqida haqiqatni bilishlarini istashadi (Vahiy 14:6, 7).

Allohning yer yuzida ham do‘stlari bo‘lib, ularni shohidlarim, deb ataydi. Masalan, sud bo‘layotganda guvoh, ko‘rgan-bilganlarini gapirib beradi. Yahovaning Shohidlari ham boshqalarga, Yahova Taolo haqida va Uning niyatlari to‘g‘risida aytishadi (Ishayo 43:10). Farishtalar kabi, Yahovaning Shohidlari ham, Yahova Xudo haqida haqiqatni bilishingizga yordam berishni xohlashadi. Ular, siz ham Allohning do‘sti bo‘lishingizni istashadi.