1 Korinfliklarga 2:1-16

  • Pavlusning Korinfdagi va’zi (1-5)

  • Allohning donoligi ustun (6-10)

  • Ma’naviy va dunyoviy insonning farqi (11-16)

2  Birodarlar, men oldingizga Xudoning muqaddas sirini+ e’lon qilgani kelganimda, o‘z nutqim va donoligim bilan sizlarda taassurot qoldirish niyatim yo‘q edi+.  E’tiboringizni Iso Masih va uning ustunga mixlanganidan o‘zga narsaga qaratmaslikka qaror qilganman+.  Oldingizga zaif bo‘lib, qo‘rquv va kuchli titroq bilan kelganman.  Mening nutqim hamda va’zim ishontirarli va hikmatli so‘zlar bo‘lmay, balki Allohning ruhi va qudratining ifodasi edi+.  Toki imoningiz odamzod donoligiga emas, Xudoning qudratiga asoslansin.  Biz donolik borasida ma’nan yetuk insonlar+ orasida gapiryapmiz, ammo bu donolik hozirgi zamona* yoki uning yo‘q bo‘lib ketadigan hukmdorlariga tegishli emas+.  Biz Allohning donoligi muqaddas sirda+ namoyon bo‘lganligi to‘g‘risida aytyapmiz. Yuksalishimiz uchun Xudo ushbu yashirin donolikni zamonalardan avval belgilab qo‘ygan.  Mazkur donolikni bu zamonaning hukmdorlaridan hech biri tanib-bilmadi+. Bordi-yu, tanib-bilishganida, ulug‘vorlikka loyiq Hazratni qatl qilmagan bo‘lishardi.  Muqaddas Yozuvlarga ko‘ra: «Alloh Uni sevganlar uchun nimalarni tayyorlab qo‘yganini ko‘z ham ko‘rmagan, quloq ham eshitmagan va odamning xayoliga ham kelmagan»+. 10  Bizga esa Tangri bularni O‘z ruhi orqali+ ochib berdi+. Boisi, ushbu ruh barcha narsani, hatto Xudoning chuqur donoligini+ tekshiradi. 11  Odamning ichidagini o‘zidan* boshqa kim ham bila olardi? Xuddi shunday Allohning fikrlarini Uning ruhidan boshqa hech kim anglab yeta olmaydi. 12  Biz esa bu dunyoning ruhini emas, Xudodan kelgan ruhni oldik+. Shu tariqa, Xudo bizga sevgi ila tuhfa etgan barcha narsalarni tushunib yetamiz. 13  Bu haqda biz insoniy donolikdan chiqqan so‘zlar bilan emas+, balki muqaddas ruh+ o‘rgatayotgan so‘zlar bilan gapirib, ma’naviy narsalarni ma’naviy so‘zlar bilan tushuntiryapmiz*. 14  Dunyoviy orzu-havaslarga berilgan odam* Allohning ruhiga oid narsalarni qabul qilmaydi. U buni nodonlik deb hisoblagani uchun, uni tanib-bilishga qodir emas. Axir buni ma’naviy nuqtai nazar bilan baholash kerak. 15  Ma’naviy inson hamma narsani baholay oladi+, uning o‘zini esa hech bir inson baholay olmaydi. 16  Muqaddas Yozuvlarda aytilganiday: «Yahovaning* fikrini kim tanib-bilganki, Unga aql o‘rgata olsa?»+ Biz esa Masih kabi fikr yuritamiz+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «ruhidan».
Yoki «bog‘layapmiz».
So‘zma-so‘z «jismoniy odam».