1 Korinfliklarga 3:1-23

  • Korinfliklar haliyam dunyoviy nuqtai nazarga ega (1-4)

  • Xudo o‘stiradi (5-9)

    • Tangrining xizmatdoshlari (9)

  • Olovga bardoshli qilib qurish (10-15)

  • Sizlar Xudoning ma’badi (16, 17)

  • Dunyoning donoligi Allohning ko‘zi oldida nodonlik (18-23)

3  Shunday qilib, birodarlar, men sizlarga ma’nan yetuk kishilarga+ murojaat qilganday gapira olmaganman. Chunki sizlar dunyoviy nuqtai nazarga ega bo‘lgan*, Masih yo‘lidagi chaqaloqlarday+ edingizlar.  Hazm qilishga qodir bo‘lmaganingiz sababli, men sizlarni qattiq oziq bilan emas, sut bilan boqqanman. Sizlar esa haliyam yetarli darajada mustahkam bo‘lmay+,  dunyoviy nuqtai nazarga egasizlar*+. Holbuki, orangizda rashk va janjallar yuz berib turgan ekan, sizlar dunyoviy nuqtai nazarga ega bo‘lib+, bu dunyoning odamlariday bo‘lib qolmayapsizlarmi?  Axir biringiz: «Men Pavlusning shogirdiman», boshqangiz esa: «Men Apollosning+ shogirdiman»,— deb dunyoviy odamlarga o‘xshab qolmayapsizlarmi?  Apollos kim o‘zi? Pavlus-chi? Har biri Hazratimiz ishonib topshirgan vazifani bajarib, sizlarga imonli bo‘lishga yordam bergan oddiy xizmatchilardir+.  Men ekkanman+, Apollos sug‘organ+, ammo o‘stirgan Xudodir.  Demak, ekkan ham, sug‘organ ham emas, balki o‘stirgan Alloh+ ulug‘lanishi lozim.  Xullas, ekkan ham, sug‘organ ham bitta ishni bajarib, har biri o‘z mehnatiga yarasha mukofotini oladi+.  Chunki biz Tangrining xizmatdoshlarimiz. Sizlar esa Allohning ekinzori, Xudoning imoratisizlar+. 10  Tangrining menga ko‘rsatgan inoyatiga ko‘ra, men mohir* imoratsoz sifatida poydevor soldim+, boshqasi esa uning ustida bunyod etmoqda. Ammo har bir kishi qanday qurayotganiga diqqat qilsin. 11  Sababi, hech bir inson solingan poydevordan bo‘lak poydevor sola olmaydi. Ushbu poydevor Iso Masihdir+. 12  Kimdir o‘sha poydevor ustida oltin, kumush, qimmatbaho toshlardan qursa, boshqasi yog‘och, xashak, somondan quradi. 13  Biroq kuni kelib hammaning ishi ayon bo‘ladi. Chunki olov hamma narsani oshkor qiladi+. Shunda har bir odamning ishi olov bilan sinaladi. 14  Kimning o‘sha poydevor ustida qurgan ishi omon qolsa, u mukofotini oladi. 15  Kimning ishi yonib ketsa, u zarar ko‘radi, ammo o‘zi omon qoladi. Shunday bo‘lsa-da, u olovdan qutulib chiqqanday bo‘ladi. 16  Axir sizlar Allohning ma’badi ekaningizni+ va orangizda Tangrining ruhi yashayotganini bilmaysizlarmi?+ 17  Kim Xudoning ma’badini buzsa, Xudo o‘sha kishini yo‘q qiladi. Chunki Allohning ma’badi muqaddasdir. Bu ma’bad esa sizlardan tashkil topgan+. 18  Hech kim o‘zini o‘zi aldamasin, agar birov o‘zini bu zamonada* donoman deb hisoblasa, chindan ham dono bo‘lishi uchun nodon bo‘lsin. 19  Zero bu dunyoning donoligi Allohning ko‘zi oldida nodonlikdir, xuddi Muqaddas Yozuvlarda aytilganidek: «Donishmandlarni o‘zlarining hiylasi orqali qo‘lga tushiradi»+. 20  Tag‘in shunday ham deyilgan: «Yahova* donolarning o‘y-fikri behuda ekanini biladi»+. 21  Shuning uchun, hech kim odamlar bilan maqtanmasin. Axir hamma narsa sizlarnikidir. 22  Xoh Pavlus bo‘lsin, xoh Apollos, xoh Kifa*+ bo‘lsin, xoh dunyo, xoh hayot bo‘lsin, xoh o‘lim, xoh hozirgi narsalar bo‘lsin, xoh kelajakdagi, bari sizlarga tegishlidir. 23  O‘z navbatida sizlar Masihga+, Masih esa Xudoga tegishlidir.

Izohlar

So‘zma-so‘z «jismoniy kishilar».
So‘zma-so‘z «jismoniysizlar».
Yoki «dono».
Havoriy Butrusning boshqa ismi.