1 Korinfliklarga 8:1-13
8 Butlarga bag‘ishlangan yegulikka kelsak+, bu masalada hammamiz bilimga egamiz+. Lekin bilim insonni mag‘rur qiladi, sevgi esa mustahkamlaydi+.
2 Bordi-yu, kimdir biror narsani bilaman deb o‘ylasa, u hali bu haqda yetarlicha bilimga ega emas.
3 Kimki Xudoni sevsa, Xudo uni biladi.
4 Butlarga bag‘ishlangan yegulikni iste’mol qilishga kelsak, bizga ma’lumki but hech narsa emas+ va Allohdan o‘zga xudo yo‘q+.
5 Garchi osmonda va yerda «xudo» deb atalganlar bor bo‘lsa-da+,— chindan ham «xudolar» va «hazratlar» ko‘p,—
6 lekin biz uchun yagona Otamiz+ Xudo bor+. Hamma narsa U orqali vujudga kelgan+ va biz ham U uchun paydo bo‘lganmiz. Shuningdek, bitta-yu bitta Hazratimiz Iso Masih bor. Xudo hamma narsani+ va shu qatorda bizni ham u orqali yaratgan.
7 Ammo hammada ham bunday bilim yo‘q+. Ayrimlar butlarga ko‘nikib qolishgani uchun hanuzgacha yegulikni butlarga bag‘ishlangandek iste’mol qilishyapti+ va bundaylarning vijdoni zaif bo‘lgani sababli bulg‘anyapti+.
8 Biroq yegulik bizni Allohga yaqinlashtirmaydi+. Yemasak hech narsani yo‘qotmaymiz, yesak ham biror narsaga ega bo‘lmaymiz+.
9 Faqat ehtiyot bo‘linglar, sizlarning bu huquqingiz zaif kishilar uchun qoqintiradigan tosh bo‘lib qolmasin+.
10 Mabodo birov bilimga ega bo‘lgan sizni butxonada ovqat yeb o‘tirgan holda ko‘rsa, unda zaif kishining vijdoni butlarga bag‘ishlangan yegulikni iste’mol qilishga turtki bermaydimi?
11 Sizning bilimingiz dastidan zaif kishining imoni halokatga uchraydi. Axir Masih shu birodaringiz uchun jonini fido qilgan-ku+.
12 Shu yo‘sin, birodarlaringizga qarshi gunoh qilib, ularning zaif vijdoniga ozor bersangiz+, Masihga qarshi gunoh qilgan bo‘lasiz.
13 Shunday ekan, agar yegulik dastidan birodarim qoqinayotgan bo‘lsa, uni qoqintirmaslik uchun men aslo go‘sht yemayman+.