Solnomalar birinchi kitob 11:1-47

  • Butun Isroil Dovudni shoh etib moylaydi (1-3)

  • Dovud Sionni bosib oladi (4-9)

  • Dovudning qudratli jangchilari (10-47)

11  Ma’lum vaqt o‘tgach, barcha isroilliklar Xevronga+, Dovudning oldiga kelib, shunday deyishdi: «Biz sizning qon-qardoshingizmiz*+.  Shoul shoh bo‘lgan paytlari, janglarda Isroilga boshchilik qilar edingiz+. Xudoyingiz Yahova sizga: “Sen xalqim Isroilga cho‘ponlik qilib, butun Isroil xalqim ustidan boshchilik qilasan”+,— degan edi».  Shunday qilib, Isroilning hamma oqsoqollari Xevronga, shohning oldiga kelishdi. Dovud Xevronda, Yahovaning huzurida ular bilan ahdlashdi. Bundan so‘ng, Yahovaning Shomuil orqali aytgan so‘ziga binoan+, ular Dovudni Isroil shohi etib moylashdi+.  Keyin Dovud va butun Isroil Quddusga, ya’ni yobusiylar+ yashaydigan Yobusga+ qarshi otlandi.  Yobus aholisi Dovudni mazax qilib: «Sen bu yerga hech qachon kira olmaysan!»+ — dedi. Biroq Dovud Sion+ qal’asini bosib oldi. U yer hozir «Dovud shahri»+ deb ataladi.  Dovud esa: «Kim birinchi bo‘lib yobusiylarga hujum qilsa, lashkarboshi bo‘ladi»,— dedi. Shunda, Zeruyaning o‘g‘li Yo‘ab+ birinchi bo‘lib ularga qarshi chiqdi va lashkarboshi bo‘ldi.  So‘ng Dovud qal’aga o‘rnashdi. Mana shu bois, ular u yerga «Dovud shahri» deb nom berishdi.  Dovud Millodan* tortib, shahar atrofida devorlar hamda imoratlar qurilishini boshlab yubordi. Yo‘ab esa shaharning boshqa yerlarini qayta tikladi.  Shu tariqa, Dovud tobora kuchayib bordi+. Qo‘shinlar Sarvari Yahova u bilan edi. 10  Dovudning qudratli jangchilarining ismlari quyida keltirilgan. Yahovaning Isroilga bergan va’dasiga ko‘ra+, ular butun Isroil bilan birga Dovud shoh bo‘lishiga ko‘maklashgan edilar. 11  Dovudning kuchli jangchilari ro‘yxati quyidagicha: uchta qudratli jangchining sardori+ — xaxmo‘niy Yoshuvam+. Bir safar u nayzasi bilan 300 kishini o‘ldirgan edi+. 12  Undan keyingisi oxo‘xiy+ Do‘do‘ning o‘g‘li Elazar+. U uchta qudratli jangchilardan biri edi. 13  Filistimliklar jang qilish uchun Pas-Dammimda+ to‘planganda, Elazar Dovudning yonida edi. U yerda arpa ekilgan bir dala bor edi. Xalq esa filistimliklardan qochib ketgan edi. 14  Elazar bo‘lsa dalaning o‘rtasida turib, dalani himoya qilgan edi. U filistimliklarni tor-mor etgan va shu tariqa Yahova katta g‘alaba bergan edi+. 15  O‘ttizta sardorning uch nafari Dovudning oldiga — Adullam g‘origa+ kelgan edi. Bu paytda, filistimliklar qo‘shini Rafaimlar vodiysida+ qarorgoh qurgan edi. 16  Dovud xavfsiz joyda, filistimliklar harbiy kuchlari esa Baytlahmda edi. 17  O‘shanda Dovud chanqab: «Qani endi, Baytlahm+ darvozasi yonidagi sardobadan suv ichsam!» — degan edi. 18  Shunda bu uchovi filistimliklar qarorgohini yorib o‘tib, Baytlahm darvozasi yonidagi sardobadan suv tortgan va Dovudga olib kelib bergan edi. Ammo u suvni ichmay, Yahovaning oldida yerga to‘kib, 19  shunday degan edi: «Hayotini xavf ostiga qo‘yib suv olib kelgan bu odamlarning qonini qanday ichaman?!+ Xudoyimning oldida bunday qilishni hatto aqlimga ham sig‘dira olmayman! Axir ular bu suvni olib kelish uchun hayotini xavf ostiga qo‘yishdi-ku!» Shu tariqa, Dovud suvni ichishdan bosh tortgan edi. Ushbu uchala qudratli jangchining qahramonliklari mana shulardan iborat. 20  Yo‘abning+ akasi Abushay+ boshqa uchta qudratli jangchining sardori bo‘ldi. Bir safar u nayzasi bilan 300 kishini o‘ldirgan edi. Abushay uchala qudratli jangchi kabi taniqli edi+. 21  U uchta qudratli jangchi orasida ikkoviga qaraganda mashhurroq bo‘lib, ularning sardori bo‘lgan bo‘lsa ham, birinchi uchta qudratli jangchi darajasiga hali yetmagan edi. 22  Yohayido o‘g‘li Binayo+ jasoratli odam* bo‘lib, Kabzayolda+ ko‘p qahramonliklar ko‘rsatgan edi. U mo‘ablik Oriyolning ikkita o‘g‘lini o‘ldirgan hamda qor yoqqan kuni suv saqlanadigan chuqurga tushib, sherni o‘ldirgan edi+. 23  Shuningdek, u bo‘yi besh tirsak*+ keladigan bahaybat bir misrlikni ham o‘ldirgan edi. Misrlikning qo‘lida to‘quvchilik dastgohining xodasiday nayzasi bor bo‘lsa ham+, unga qarshi tayoq bilan jang qilib, misrlikning qo‘lidan nayzasini tortib olgan va uni o‘z nayzasi bilan o‘ldirgan edi+. 24  Yohayido o‘g‘li Binayoning qahramonliklari mana shulardan iborat. Binayo uchala qudratli jangchi singari dong taratgan edi. 25  Garchi u 30 ta jangchidan taniqliroq bo‘lsa ham, uchala qudratli jangchining darajasiga yetmagan edi+. Shunday bo‘lsa-da, Dovud uni o‘zining tansoqchilari ustidan bosh etib tayinlagan edi. 26  Qo‘shindagi qudratli jangchilar quyidagilar edi: Yo‘abning ukasi Osoyil+, baytlahmlik Do‘do‘ning o‘g‘li Elxanon+, 27  xaro‘rlik Shammo‘t, palonlik Xalez, 28  taxuvalik Ixeshning o‘g‘li Ero+, onoto‘tlik Abuazar+, 29  xushalik Sibbaxay+, oxo‘xiy Ilay, 30  natufolik Maxray+, natufolik Banaxning o‘g‘li Xaled+, 31  Benyamin qabilasidan+ givolik Ribayning o‘g‘li Itay, piratonlik Binayo, 32  Gash vodiysidan*+ Xuray, arabalik Abil, 33  baxarumlik Ozmobit, shalbimlik Eliyaxba, 34  gizonlik Xoshimning o‘g‘illari, xarorlik Shaxeyning o‘g‘li Yo‘natan, 35  xarorlik Soxorning o‘g‘li Oxiyom, Urning o‘g‘li Elifal, 36  maxirotlik Xafer, palonlik Oxiyo, 37  karmillik Xazro, Ezbayning o‘g‘li Naray, 38  Natanning ukasi Yo‘el, Xagrining o‘g‘li Mivxor, 39  ommonlik Zilax, Zeruya o‘g‘li Yo‘abning qurolbardori bero‘tlik Naxray, 40  yitarlik Ero, yitarlik Goriv, 41  xetiy Uriyo+, Oxlayning o‘g‘li Zobod, 42  Ruben qabilasidagi Shizoning o‘g‘li, ya’ni Ruben qabilasining boshchisi Adinax va u bilan 30 kishi. 43  Maxoning o‘g‘li Xanon, mitanlik Yoshafat, 44  ashtaro‘tlik Uzziya, aroyerlik Xo‘tamning o‘g‘illari Shomo bilan Yaviyol, 45  Shimrining o‘g‘li Yodiyol va uning ukasi tizlik Yo‘xo, 46  maxavlik Eliel, Elnamning o‘g‘illari Yarivay bilan Yo‘shaviyo, mo‘ablik Yitmo, 47  Eliel, Obid hamda mezo‘volik Yasiyol.

Izohlar

So‘zma-so‘z «etu suyagingizmiz».
Ibroniycha ma’nosi «tuproq uyumi».
So‘zma-so‘z «botir odamning o‘g‘li».