2 Korinfliklarga 5:1-21

  • Osmondagi maskanga burkanish (1-10)

  • Yarashtirish xizmati (11-21)

    • «Allohning yangi ijodi» (17)

    • Masihning elchilari (20)

5  Bilamizki, agar yerdagi maskanimiz, ya’ni chodir misoli tanamiz yo‘q bo‘lib ketsa+, Alloh biz uchun osmonda inson qo‘li bilan yasalmagan+ abadiy makon yaratadi.  Biz uchun osmonda tayyorlab qo‘yilganiga burkanishni istab, hozirgi makonimizda oh-nola qilib yashayapmiz+.  Unga burkanib olganimizda esa yalang‘och qolmaymiz.  Bu chodir misoli tanamizda yashab, og‘ir yuk ostida oh-nola qilyapmiz. Ammo uni yechib tashlamoqchi emasmiz, aksincha, o‘ladigan tananing o‘rniga hayotga ega bo‘laylik+, deb boshqasiga burkanishni xohlaymiz+.  Xudo aynan shuning uchun bizni tayyorlab+, buning garovi sifatida O‘z ruhini bergan+.  Shu sababli, biz doimo jasoratga to‘lamiz. Bilamizki, maskanimiz ushbu tana bo‘lgan paytda, biz Hazratimizdan uzoqdamiz+.  Axir biz ko‘rganimiz bo‘yicha emas, imonimizga muvofiq yashaymiz.  Ha, biz jasoratga to‘lamiz, chunki bu tanani tark etib, Hazratimizning yonida bo‘lishni afzal ko‘rdik+.  Qayerda yashashimizning ahamiyati yo‘q — Hazratimizning yonidami yoki undan uzoqdami, maqsadimiz — unga ma’qul bo‘lish. 10  Zero har birimiz bu tanada bo‘lgan paytda qilgan yaxshi yoki yomon ishlarimizga yarasha taqdirlanish uchun+ Masihning hakamlik kursisi qarshisida turishimiz lozim. 11  Hazratimizdan qo‘rqish kerakligini tushungan holda, biz ishonch bilan odamlarga ta’lim beryapmiz. Tangri bizning qanday inson ekanimizni yaxshi biladi va bu sizlarga* ham ayon degan umiddaman. 12  Sizlarga o‘zimizni qayta tavsiya etayotganimiz yo‘q. Ammo qalbida bori bilan maqtanmay, tashqi ko‘rinishi bilan maqtanayotganlarga javob qaytara olinglar deb+, bizlar bilan maqtanishingizga imkon yaratib beryapmiz. 13  Agar aqlsizlarcha yo‘l tutayotgan bo‘lsak+, buni Xudo uchun qilyapmiz. Bordi-yu, aql bilan ish qilsak, bu sizlar uchundir. 14  Bizga turtki bergan kuch — Masihning sevgisi. Shu sababdan biz ushbu xulosaga keldik: agar bir kishi hammani deb o‘lgan bo‘lsa+, demak hamma o‘lgan. 15  Chindan ham, u hammani deb o‘ldi, toki tirik bo‘lganlar endi o‘zlari uchun emas+, balki ularni deb o‘lib qayta tirilgan kishi uchun yashasinlar. 16  Bundan buyon biz hech kimning tashqi ko‘rinishiga qarab baho bermaymiz+. Ilgari biz Masihga, uning insoniy tashqi ko‘rinishiga qarab baho bergan bo‘lsak, endi bunday qilmaymiz+. 17  Agar birov Masih bilan birlikda bo‘lsa, u Allohning yangi ijodidir+. Avvalgilari o‘tib ketdi. Qarang, yangilari paydo bo‘ldi! 18  Bularning bari esa Tangridandir. U bizni Masih orqali O‘zi bilan yarashtirib+, bizga yarashtirish xizmatini topshirdi+. 19  Ya’ni Masih orqali Alloh dunyoni O‘zi bilan yarashtirdi+ va ularning ayblarini hisobga olmadi+. Yarashtirish haqidagi xabarni esa bizga ishonib topshirdi+. 20  Go‘yo Xudo biz orqali insonlarga xitob qilganday, biz Masihning o‘rniga+ elchilik qilyapmiz+. Shuning uchun Masihning elchilari sifatida: «Tangri bilan yarashib olinglar»,— deb yolvoryapmiz. 21  Alloh gunohni bilmagan kishini+ biz uchun gunoh qurbonligi qildi, toki Masih tufayli biz Uning nazarida odil bo‘laylik+.

Izohlar

So‘zma-so‘z «vijdoningizga».