Shohlar ikkinchi kitob 4:1-12

  • Ishbosit xoinlar tomonidan o‘ldiriladi (1-8)

  • Dovud xoinlarni o‘ldiradi (9-12)

4  Abnur Xevronda vafot etganini eshitib+, Shoul o‘g‘li Ishbositning+ jasorati so‘ndi. Barcha isroilliklar ham tinchligini yo‘qotdi.  U yerda Shoulning o‘g‘liga tegishli bosqinchilar to‘dasiga boshchilik qiladigan ikki kishi bor edi. Birining ismi Banax, boshqasiniki Raxav edi. Ular Benyamin qabilasidan, bero‘tlik Rimmon degan kishining o‘g‘illari edi. (Bero‘t+ Benyamin qabilasining hududiga kirardi.  Bero‘tliklar Gitayimga+ qochib borib, bugungacha o‘sha yerda musofir bo‘lib kun kechirishyapti.)  Shoul o‘g‘li Yo‘natanning+ oyoqlari mayib* bir o‘g‘li bor edi+. Yizrildan+ Shoul bilan Yo‘natanning o‘limi haqida xabar kelganda, u besh yoshda edi. O‘shanda enagasi uni ko‘tarib qochib ketayotganida, vahimaga tushib qolganidan bolani qo‘lidan tushirib yuborgan va u yiqilib nogiron bo‘lib qolgan edi. Uning ismi Mefibosit+ edi.  Bero‘tlik Rimmonning Raxav bilan Banax degan o‘g‘illari kun qizigan vaqtda Ishbositning uyiga borishdi. Tush payti bo‘lgani uchun u dam olayotgan edi.  Ular xuddi bug‘doy olgani kelganday uyga kirishdi-da, Ishbositning qorniga qilich sanchib, uni o‘ldirishdi. Keyin aka-uka Raxav bilan Banax+ qochib ketishdi.  Ular uyga kirishganda, Ishbosit o‘z yotoqxonasida to‘shakda yotgan edi. Ular uni o‘ldirib, boshini kesib tashlashdi. So‘ng uning boshini olib, tuni bilan Arabaga olib boradigan yo‘ldan yurishdi.  Ular Ishbositning+ boshini Xevronga, shoh Dovudga olib borib, unga: «Joningizni* olmoqchi bo‘lgan+ dushmaningiz Shoul+ o‘g‘li Ishbositning boshini sizga keltirdik. Bugun Yahova shoh hazratlariga Shouldan va uning avlodlaridan qasd olishga imkoniyat yaratdi»,— deb aytishdi.  Biroq Dovud bero‘tlik Rimmonning o‘g‘illari Raxav bilan Banaxga shunday javob berdi: «Meni barcha kulfatlardan qutqargan* barhayot Yahova shohid+. 10  Bir kishi menga: “Shoul o‘ldi”+,— degan xabar keltirib, bu men uchun yaxshi xabar bo‘ladi deb o‘ylagan edi. Men uni tutib olib Zixlaxda o‘ldirgan edim+. O‘sha xabarchi mendan shunday mukofot olgan edi! 11  Shunday ekan, aybsiz kishini o‘z uyida, o‘z to‘shagida o‘ldirgan yovuz kimsalarni jazosiz qoldirmasligim shubhasiz! Uning qonini sizlarning qo‘lingizdan talab qilib+, sizlarni yer yuzidan yo‘q qilib tashlayman!» 12  So‘ng Dovudning buyrug‘iga binoan, odamlari ularni o‘ldirib+, ikkovining qo‘l-oyoqlarini chopib tashlashdi, tanalarini bo‘lsa Xevrondagi hovuz yoniga osib qo‘yishdi+. Ishbositning boshini esa Xevronga olib borib, Abnur dafn etilgan joyga ko‘mishdi.

Izohlar

Yoki «cho‘loq».
Yoki «hayotingizni».
Yoki «jonimni qaytarib sotib olgan».