Shohlar uchinchi kitob 7:1-51

  • Sulaymonning saroyi (1-12)

  • Mahoratli Xiramning Sulaymonga yordami (13-47)

    • Ikkita mis ustun (15-22)

    • Quyma hovuz (23-26)

    • O‘nta mis arava bilan o‘nta mis tos (27-39)

  • Oltin anjomlar yasab tugatiladi (48-51)

7  Sulaymon o‘ziga saroy qurdi+. Uni 13 yil ichida bitkazdi+.  U «Livan o‘rmoni» deb atalgan saroy qurdi+. Uning uzunligi 100 tirsak*, eni 50 tirsak, balandligi 30 tirsak edi. Bu saroy kedrdan tayyorlangan to‘rt qator ustunlarda turar, ular tepasiga esa kedr to‘sinlar qo‘yilgan edi+.  Ko‘ndalang qo‘yilgan to‘sinlar usti kedr yog‘ochi bilan qoplangan edi. Ularning soni 45 ta bo‘lib, har bir qatorida 15 tadan edi.  U yerda uch qator derazalar o‘rnatilgan bo‘lib, har bir deraza qarshisida deraza bor edi.  Barcha eshik va ularning yondorlari to‘rt burchak* bo‘lib, bir-biriga qarama-qarshi o‘rnatilgan uch qator derazalarning tashqi tomoni ham xuddi shunday edi.  Sulaymon uzunligi 50 tirsak, eni 30 tirsak Qo‘sh ustunli ayvon qurdi. Uning old tomoniga esa ustunlari bor yana bir peshayvon soldi.  Shuningdek, u hukm yuritish uchun Taxt+ ayvoni — Hakamlik+ ayvonini qurdirdi. Uni poldan shiftgacha kedr yog‘ochi bilan qopladi.  Sulaymon yashagan saroy boshqa hovlida+, Taxt ayvonidan alohida joyda bo‘lib, xuddi shunday qurildi. Buning ustiga, u xotini, ya’ni fir’avnning qizi uchun ham Taxt ayvoniga o‘xshatib uy soldi+.  Binolarning bari poydevordan shiftgacha va tashqi tomondan katta hovliga+ qadar qimmatbaho toshlardan qurildi+. Bu toshlar bir xil o‘lchamda arralangan bo‘lib, hamma tomonlari yo‘nilgan edi. 10  Poydevori qimmatbaho katta toshlardan solingandi. Ularning ayrimlari 10 tirsak, ba’zilari esa 8 tirsak edi. 11  Binolarning usti ham bir xil o‘lchamda yo‘nilgan qimmatbaho toshlar va kedr yog‘ochidan edi. 12  Katta hovli atrofi, Yahova uchun qurilgan uyning ichki hovlisi+ va dahlizi+ singari uch qator yo‘nilgan tosh va bir qator kedr to‘sinlar bilan o‘ralgan edi. 13  Shoh Sulaymon Tirga odam yuborib, Xiramni+ chaqirtirib keldi. 14  U Naftali qabilasidan bo‘lgan beva ayolning o‘g‘li edi. Otasi tirlik miskar bo‘lgan+. Xiram katta mahorat va tushunchaga ega bo‘lib+, misdan* har xil buyumlar yasardi. U shoh Sulaymonning oldiga keldi-da, barcha ishlarini qilishga kirishdi. 15  U ikkita ustunni misdan quydi+, har birining balandligi 18 tirsak edi. Ikkala ustunning har birini o‘lchov ipi bilan o‘lchaganda, aylanasiga 12 tirsak edi+. 16  Ustunlarning tepasi uchun misdan ikkita ustun qosh quydi. Har ikkisining balandligi besh tirsakdan edi. 17  Ular zanjirlardan o‘rilgan to‘r bilan bezatildi+. Ikkala ustun qoshda yettitadan to‘r bor edi. 18  So‘ng ustun qoshlarni qoplash uchun har bir to‘rning atrofini ikki qator anorlar bilan bezadi. Ularni ikkala ustun qosh uchun bir xil yasadi. 19  Dahliz old tomonidagi ustunlarning ustun qoshlari esa lola shaklida qilingan bo‘lib, balandligi to‘rt tirsak edi. 20  Ustun qoshlar ikkita ustunga o‘rnatilgan edi. Ularning keng, ya’ni to‘r bilan bezatilgan qismi atrofiga qator-qator qilib 200 ta anor yasaldi+. 21  U ustunlarni asosiy xona dahlizining old tomoniga qo‘ydi+. Bittasini o‘ng* tarafga o‘rnatib, Yoxin* deb atadi. Ikkinchisini esa chap* tarafga qo‘yib, Boz* deb nomladi+. 22  Ustun qoshlar lola shaklida qilingan edi. Shu bilan ustunlar tayyor bo‘ldi. 23  So‘ng shakli dumaloq, bir chetidan ikkinchisigacha 10 tirsak, balandligi 5 tirsak, o‘lchov ipi bilan o‘lchaganda aylanasi 30 tirsak bo‘lgan quyma hovuz*+ yasadi+. 24  Uning qirg‘og‘i pastki qismi bo‘ylab aylanasiga har tirsak sayin o‘ntadan ikki qator yovvoyi tarvuzlar tasvirlari tushirildi+. Bu yovvoyi tarvuzlar hovuz bilan bir butun qilib quyildi. 25  Hovuz uchtasi shimol, uchtasi g‘arb, uchtasi janub, uchtasi sharq tarafga qarab o‘rnatilgan misdan yasalgan 12 ta buqa+ ustiga qo‘yildi. Buqalarning orqa tomoni esa hovuzning markaziga qaratilgan edi. 26  Hovuzning qalinligi to‘rt barmoq eniga* to‘g‘ri kelardi. Qirg‘og‘i qadahnikiga o‘xshab, ochilib turgan lola shaklida edi. Uning hajmi 2 000 bat* edi. 27  So‘ng u misdan o‘nta arava*+ yasadi. Har birining uzunligi to‘rt tirsak, eni to‘rt tirsak, balandligi uch tirsak edi. 28  Aravalar quyidagicha yasalgan edi: uning yon lavhalari bor bo‘lib, bu lavhalar panjaralar orasiga o‘rnatilgan edi. 29  Panjaralar orasidagi mis lavhalarga va panjaralarning o‘ziga sher+, buqa hamda karublar+ tasviri tushirildi. Sher va buqalarning tepa hamda past tomonlari gulchambarlar bilan bezatildi. 30  Har bir aravaning mis o‘qlarga o‘rnatilgan to‘rtta mis g‘ildiragi bor bo‘lib, ularni to‘rtta burchakdagi tirgaklar ushlab turardi. Tirgaklardagi gulchambarlar tirgaklar bilan bir butun qilib quyilgan edi. Ushbu tirgaklar ustiga hovuz o‘rnatilgan edi. 31  Aravaning tepa qismida doirasimon panjara bor bo‘lib, panjaraga o‘ymakor tasvirlar tushirilgan edi. Hovuz esa shu panjara ichiga o‘rnatilgan edi. Hovuzning quyi qismidan panjaragacha bo‘lgan qismi bir tirsak edi. Doirasimon panjara, bir yarim tirsakdan iborat tirgaklar bilan bir butun edi. Ushbu panjaraning yon tomonlaridagi mis lavhalari ham dumaloq emas, to‘g‘ri burchakli edi. 32  To‘rtta g‘ildirak arava yon tomonlarining pastida joylashgan, ularni mahkamlovchi moslama esa aravaga biriktirilgan bo‘lib, har bir g‘ildirak balandligi bir yarim tirsak edi. 33  Uning g‘ildiraklari qadimgi arava g‘ildiraklariga o‘xshash edi. Ularning mahkamlovchi moslamalari, gardishlari, kegaylari va gupchaklarining bari quyma edi. 34  Har bir aravaning to‘rtta burchagida to‘rtta tirgak bo‘lib, arava bilan bir butun qilib quyilgan edi. 35  Aravaning yuqori qismida balandligi yarim tirsak bo‘lgan doirasimon panjara bor bo‘lib, uning tirakchalari va mis lavhalari arava bilan bir butun qilib quyildi. 36  Xiram ushbu tirakchalar sirti bilan mis lavhalarga karub, sher va palma daraxti tasvirlarini o‘yib, aylanasiga gulchambarlar tushirdi+. 37  Shunday qilib, u o‘nta aravani+ yasadi. Ularning hammasi quyma bo‘lib+, o‘lchami va ko‘rinishi bir xil edi. 38  So‘ng u, har biri 4 tirsak va hajmi 40 bat bo‘lgan misdan o‘nta tos yasadi+. O‘nta aravaning har birida bittadan tos turardi. 39  Keyin u, uyning o‘ng tomoniga beshta arava, chap tomoniga ham beshta arava qo‘ydi. Quyma hovuzni uyning o‘ng tarafiga, ya’ni janubi-sharqiga joylashtirdi+. 40  Xiram+ shuningdek toslar, kuraklar+, kosalar+ yasadi. U nihoyat shoh Sulaymonning topshirig‘i bilan Yahovaga atalgan uyga oid barcha ishlarni o‘z yakuniga yetkazdi. Xiram yasagan narsalar quyidagilar+: 41  ikkita ustun+, ularning tepasidagi kosa shaklidagi ikkita ustun qoshi+; ustunlardagi ikkita ustun qoshni qoplab turgan ikkita to‘r; 42  ustunlar tepasidagi kosa shaklidagi ikkita ustun qoshni qoplab turgan ikkita to‘r uchun — har bir to‘r uchun ikki qatordan 400 ta anor+; 43  o‘nta arava+ hamda ustiga qo‘yilgan o‘nta tos+; 44  quyma hovuz+ va uning tagida turgan 12 ta buqa; 45  kul solinadigan idishlar, kuraklar, kosalar va shoh Sulaymonning topshirig‘i bilan Yahovaga atalgan uy uchun boshqa anjomlar. Xiram ularning barini sayqallangan misdan yasadi. 46  Shoh ularni Iordan vodiysida, Suxo‘t bilan Zoraton o‘rtasida sopol qoliplarga quyib yasadi. 47  Anjomlar shu qadar ko‘p ediki, Sulaymon ularni tarozida tortmadi. Misning og‘irligi aniq emas edi+. 48  Sulaymon Yahovaning uyi uchun quyidagi hamma anjomlarni yasadi: oltin qurbongoh+; tortiq etilgan nonlar qo‘yiladigan oltin stol+; 49  eng ichki xona old tomonining o‘ng va chap taraflariga sof oltindan beshtadan chiroqpoya+; oltin gullar+, moychiroqlar, qisqichlar*+; 50  sof oltindan toslar, pilik o‘chirgichlar+, kosalar, piyolalar+, olovkuraklar*+; uyning ichkarisidagi, ya’ni Eng muqaddas xona eshiklari+ hamda asosiy xona+ eshiklari uchun oltin tagliklar. 51  Shunday qilib, shoh Sulaymon Yahovaning uyiga tegishli hamma ishlarni tugatdi. So‘ng otasi Dovud bag‘ishlagan*+ kumush, oltin va turli buyumlarni Yahovaga atalgan uyning xazinasiga olib keldi+.

Izohlar

Bir tirsak=44,5 sm. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Yoki «to‘rtta burchakli; to‘g‘ri burchakli».
Yoki «bronzadan». Bu oyatda va ushbu bobning keyingi oyatlarida uchragan mis buyumlarga tegishli.
Ma’nosi «U [ya’ni Yahova] mustahkamlasin».
Taxminiy ma’nosi «kuch ila».
Yoki «shimol».
Yoki «janub».
So‘zma-so‘z «dengiz».
Yoki «suv tashiydigan arava».
So‘zma-so‘z «muqaddas qilgan».