Shohlar to‘rtinchi kitob 16:1-20

  • Yahudo shohi Oxoz (1-6)

  • Oxoz ossuriyaliklarga pora beradi (7-9)

  • Oxoz butlarga atalgan qurbongoh nusxasini ko‘chiradi (10-18)

  • Oxozning o‘limi (19, 20)

16  Ramaliyo o‘g‘li Pekax hukmronligining 17- yili, Yahudo shohi Yo‘tomning o‘g‘li Oxoz+ shoh bo‘ldi.  Oxoz 20 yoshida taxtga o‘tirdi va Quddusda 16 yil hukmronlik qildi. U bobosi Dovuddan farqli ravishda, Xudosi Yahovaning nazarida to‘g‘ri ishlar qilmadi+.  Oxoz Isroil shohlari yo‘lidan yurdi+. U Yahova isroilliklar oldidan quvib chiqargan xalqlarning jirkanch ishlariga taqlid qilib+, hatto o‘z o‘g‘lini olovda kuydirdi*+.  Shuningdek, tepaliklarda+, qir boshlarida, har bir sershox daraxt tagida qurbonliklar keltirib, ularni kuydirib tutatdi+.  Suriya shohi Ratan va Isroil shohi Ramaliyo o‘g‘li Pekax Quddusga qarshi jang boshlashdi+. Ular Oxoz bilan xalqini qurshovga olishdi, ammo shaharni zabt eta olishmadi.  O‘sha paytda Suriya shohi Ratan Eletdan yahudiylarni quvib chiqarib, Eletni+ Edomga qaytardi. Edomliklar u yerga joylashishdi va bugunga qadar o‘sha yerda yashab kelishmoqda.  Oxoz Ossuriya shohi Tiglatpalasarga+ xabarchilarni yuborib, unga: «Men sizning xizmatkoringiz va o‘g‘lingizman. Kelib, menga hujum qilayotgan Suriya va Isroil shohlarining qo‘lidan meni qutqaring»,— dedi.  So‘ngra Oxoz Yahovaning uyi bilan shoh saroyi g‘aznasidagi kumush va oltinni Ossuriya shohiga pora sifatida yubordi+.  Ossuriya shohi uning iltimosiga javoban Damashqga borib, u yerni bosib oldi. Aholisini Xirga surgun qildi+, Ratanni esa o‘ldirdi+. 10  Keyin shoh Oxoz Ossuriya shohi Tiglatpalasarni qarshi olish uchun Damashqga bordi. U Damashqdagi qurbongohni ko‘rdi-da, qanday qurilganini ko‘rsatadigan chizmasini va o‘lchovlarini ruhoniy Uriyoga yubordi+. 11  Ruhoniy Uriyo+ Damashqdan yuborgan shoh Oxozning yo‘l-yo‘riqlariga binoan qurbongoh qurdi+. Shoh Oxoz Damashqdan kelgunicha, ruhoniy Uriyo uni qurib bitirdi. 12  Shoh Damashqdan qaytib, qurbongohni ko‘rdi va uning yoniga kelib, nazrlar keltirdi+. 13  Oxoz o‘sha qurbongoh ustida don nazrlarini kuydirdi va kuydiriladigan qurbonliklar keltirdi. Shuningdek, ichimlik nazrlarini quyib, tinchlik qurbonliklarining qonini qurbongohga sachratdi. 14  U Yahovaning uyi oldida turgan, ya’ni o‘zi o‘rnatgan qurbongoh+ bilan Yahovaning uyi qarshisida turgan mis qurbongohni o‘z joyidan olib, o‘zi yasatgan qurbongohning shimol tomoniga qo‘ydi. 15  Shoh Oxoz ruhoniy Uriyoga+: «Ertalab kuydiriladigan don nazri, kechki don nazri, shohning kuydiriladigan nazri bilan don nazrini+, shuningdek, butun xalqning kuydiriladigan nazrlari, don nazrlari va ichimlik nazrlarini shu katta qurbongoh ustida keltir+. Kuydiriladigan qurbonliklar va boshqa qurbonliklarning qonini shu qurbongohga sachrat. Mis qurbongohni esa nima qilishni menga qo‘yib ber»,— deb buyurdi. 16  Ruhoniy Uriyo hammasini shoh Oxoz buyurganiday qildi+. 17  Bundan tashqari, shoh Oxoz aravalarning yon tomonidagi panjaralarini kesib+, ustidagi toslarni olib tashladi+. Mis buqalar+ ustidagi quyma hovuzni olib, uni tosh yotqizilgan yerga qo‘ydi+. 18  Oxoz Ossuriya shohidan qo‘rqqani uchun, ma’bad* yonidagi Shabbat uchun mo‘ljallangan usti yopiq joyni va Yahovaning uyiga olib boradigan shohning tashqi yo‘lagini boshqa yerga ko‘chirdi. 19  Oxozning hayoti va qilgan ishlari haqida Yahudo shohlarining tarixi yozilgan kitobda bayon etilgan+. 20  Oxoz vafot etib, ota-bobolariga qo‘shildi va Dovud shahrida, ota-bobolari yoniga dafn etildi. O‘rniga o‘g‘li Hizqiyo*+ shoh bo‘ldi.

Izohlar

So‘zma-so‘z «olovdan o‘tkazdi».
Ma’nosi «Yahova kuch beradi».