Shohlar to‘rtinchi kitob 19:1-37

  • Hizqiyo Ishayo orqali Xudodan yordam so‘raydi (1-7)

  • Sinaxerib Quddusga tahdid soladi (8-13)

  • Hizqiyoning ibodati (14-19)

  • Ishayo Xudoning javobini yetkazadi (20-34)

  • Farishta 185 000 ossuriyalikni qirib tashlaydi (35-37)

19  Shoh Hizqiyo buni eshitishi bilan, egnidagi kiyimini yirtib, julga o‘randi va Yahovaning uyiga bordi+.  So‘ngra u julga o‘rangan saroy boshqaruvchisi Eliyaqimni, kotib Shavnani va ruhoniy oqsoqollarni chaqirtirib, Omiz o‘g‘li Ishayo+ payg‘ambarning oldiga jo‘natdi.  Ular Ishayoga quyidagini aytishdi: «Shohimiz Hizqiyo shunday demoqda: “Bu kun qayg‘u-alam, tahqirlanish va sharmandalik kuni. Chunki biz to‘lg‘oq tutgan, ammo tug‘ishga madori yo‘q ayolga o‘xshaymiz+.  Balki Tangringiz Yahova, Ossuriya shohi barhayot Xudoni mazax qilish uchun+ rabshakni yuborib, u orqali aytgan so‘zlarini eshitar. Ehtimol, Allohingiz Yahova o‘sha so‘zlar uchun uni javobgarlikka tortar. Shunday ekan, tirik qolganlar uchun ibodat qiling”+».  Shoh Hizqiyoning xizmatchilari Ishayoning oldiga kelishdi+.  Ishayo ularga javoban dedi: «Xo‘jayiningizga aytinglar: “Yahova shunday demoqda: “Eshitgan so‘zlaringiz, Ossuriya shohi o‘z xizmatchilari orqali Menga aytgan haqoratli gaplari+, sizlarni qo‘rquvga solmasin+.  Men uning ongiga bir fikr solaman va u bir xabarni eshitib, yurtiga qaytib ketadi va o‘z yurtida qilichdan o‘tkaziladi”+».  Ossuriya shohi Laxishdan ketganini eshitgach, rabshak uning oldiga qaytdi+ va shoh Libnaga qarshi jang qilayotganini ko‘rdi+.  Ossuriya shohi Habashiston podshohi Tirxoqo unga qarshi jangga chiqqanini eshitdi va Hizqiyoning oldiga xabarchilar yuborib+, dedi: 10  «Yahudo shohi Hizqiyoga mana bunday denglar: “Sen umid bog‘layotgan Tangring: “Quddus Ossuriya shohi qo‘liga berilmaydi”+,— deb seni aldashiga yo‘l qo‘yma. 11  Ossuriya shohlari barcha yurtlarni yo‘q qilib tashlagani senga ma’lum+. Nima, men qutulib qolaman, deb o‘ylayapsanmi? 12  Ota-bobolarim yo‘q qilgan xalqlarning xudolari ularni qutqara oldimi? O‘sha Gozan, Xoron+ va Razaf qani? Talassardagi Eden aholisi-chi? 13  Xomat bilan Arpad shohlari qani? Sefarvayim, Xana va Ivvax shaharlarining shohlari-chi?”+» 14  Hizqiyo bu xatlarni xabarchilarning qo‘lidan olib, o‘qib chiqdi. Keyin u Yahovaning uyiga borib, Yahovaning oldida+ xatlarni yerga yoydi. 15  Hizqiyo Yahovaga shunday deya ibodat qila boshladi+: «Ey, karublar* ustida*+ taxtda o‘tirgan Isroil Tangrisi Yahova! Sen yer yuzidagi barcha shohliklar ichra tanho haq Xudosan+. Yer-u osmonni yaratgan Sensan. 16  Menga quloq tutib tinglagin, ey Yahova!+ Ko‘z tashlab+, nazar solgin, ey Yahova! Sinaxerib Seni, barhayot Xudoni mazax qilib, aytgan so‘zlarini eshit. 17  Ey Yahova, chindan ham Ossuriya shohlari xalqlarni va ularning yurtlarini xarob qilishdi+. 18  Ularning xudolarini olovga tashlashdi, chunki ular xudo emas+, inson qo‘li bilan yasalgan+ yog‘och va tosh edi, xolos. Shu bois ham, ularni yo‘q qila olishdi. 19  Endi bo‘lsa, ey, Allohimiz Yahova, bizni uning qo‘lidan qutqar. Toki yer yuzidagi barcha shohliklar, yolg‘iz Sen Xudo ekaningni bilib olishsin, ey Yahova!»+ 20  Omiz o‘g‘li Ishayo Hizqiyoga quyidagi xabarni yubordi: «Isroil Tangrisi Yahova shunday demoqda: “Ossuriya shohi Sinaxerib to‘g‘risida aytgan ibodatingni+ eshitdim+. 21  Yahova unga qarshi mana bu so‘zlarni aytdi: “Sionning bokira qizi seni mensimay, masxara qiladi. Quddusning qizi senga qarab, boshini chayqaydi. 22  Sen kimni mazax qilib, haqoratlayapsan?+ Kimga qarshi ovozingni ko‘taryapsan?+Kimga takabbur ko‘z bilan qarayapsan? Isroilning Muqaddas Tangrisiga emasmi?!+ 23  Xabarchilaring+ orqali Yahovani mazax qilib+:“Behisob jang aravalarim bilanTog‘larning tepasiga ko‘tarilaman,Livanning olis yerlariga yetaman. Uning baland kedrlarini-yu sara archalarini qulataman. Olis yerlariga yetib, quyuq o‘rmonlariga kirib boraman. 24  Quduqlar qazib, begona yurtning suvini ichaman.Misrning barcha daryolarini* oyog‘im bilan bosib quritaman”,— deding. 25  Men buni ro‘yobga chiqarishni oldindan rejalashtirib qo‘yganimni eshitmaganmiding?!+ Azaldan buni hozirlab qo‘ygan edim+. Endi esa amalga oshiraman+. Sen mustahkam shaharlarni kimsasiz xarobaga aylantirasan+. 26  Ularning aholisi chorasiz qoladi.Ular dahshatdan titrab, isnodga qoladi. Daladagi o‘t-o‘landay, maysaday bo‘ladi+,Sharq shamoli kuydirib yuborgan tomda o‘sgan o‘tday qurib qoladi. 27  Sening qachon o‘tirishing, qachon kirishing-u qachon chiqishing menga ma’lum+.Menga qahr qilganingni ham yaxshi bilaman+. 28  Menga qarshi g‘azabing qaynab+, bo‘kirganing qulog‘imga yetdi+. Shu sababli, burningdan ilgak o‘tkazib, og‘zingga suvluq solaman-da+,Kelgan yo‘ling bilan ortingga qaytarib yuboraman”+. 29  Ey Hizqiyo, mana bu sen uchun belgi bo‘ladi: bu yili o‘zi o‘sib chiqqan narsani* yeysizlar. Ikkinchi yili esa tushgan donlardan unib chiqqanini yeysizlar+. Uchinchi yili bo‘lsa o‘zlaringiz urug‘ ekib, hosilini yig‘ib olasizlar, uzumzorlar o‘tkazib, mevasini yeysizlar+. 30  Yahudo xonadonining omon qolganlari+ chuqur ildiz otib, mo‘l hosil beradi. 31  Zero, omon qolganlar Quddusdan, najot topganlar Sion tog‘idan chiqib keladi. Qo‘shinlar Sarvari Yahova buni g‘ayrati ila amalga oshiradi+. 32  Yahova Ossuriya shohi haqida+ mana bunday demoqda: “U, bu shaharga kirmaydi+,Unga qarata o‘q ham uzmaydi,Qarshisida qalqoni bilan ham turmaydi,Unga qarshi qiyalatib tuproq ham uymaydi+. 33  Kelgan yo‘li bilan qaytib ketadi,U, bu shaharga kirmaydi”,— deb aytmoqda Yahova. 34  Men bu shaharni O‘z ismim haqqi+,Xizmatkorim Dovud haqqi+ himoya qilaman”+». 35  O‘sha kechaning o‘zida Yahovaning farishtasi Ossuriya qarorgohiga kelib, 185 000 ta odamni qirib tashladi+. Xalq erta tongda turib, atrofda yotgan jasadlarni ko‘rdi+. 36  Shunda Ossuriya shohi Sinaxerib orqaga chekinib, Nineviyaga*+ qaytdi va o‘sha yerda qoldi+. 37  Bir kuni u xudosi Nisroxning ibodatxonasida sajda qilayotganida, o‘g‘illari Odrammalek bilan Sarizar uni qilich bilan o‘ldirib+, Ararat+ yurtiga qochib ketishdi. O‘rniga esa o‘g‘li Asarxaddon+ taxtga o‘tirdi.

Izohlar

Boshqa variant «o‘rtasida».
Yoki «Nil anhorlarini».
Yoki «donning tushgan boshoqlaridan unib chiqqanini».
Yoki «Naynavo».