Shohlar to‘rtinchi kitob 7:1-20

  • Elishay ochlik tugashini bashorat qiladi (1, 2)

  • Suriyaliklar tashlab ketgan qarorgoh (3-15)

  • Elishayning bashorati amalga oshadi (16-20)

7  Elishay dedi: «Yahovaning so‘ziga quloq tutinglar. Yahova shunday demoqda: “Ertaga taxminan shu paytda Samariya shahrining darvozasi oldida bir sexa* oliy navli un — bir shekelga*, ikki sexa arpa — bir shekelga teng bo‘ladi”+».  Shohning ishonchli yordamchisi haq Xudoning odamiga: «Yahova osmon qopqalarini ochib yuborsa ham, bunday bo‘lishi amrimahol!»+ — deb aytdi. Elishay unga: «Sen buni o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rasan+, lekin undan yemaysan»+,— deb javob qaytardi.  Shahar darvozasi yonida moxov kasaliga chalingan to‘rt kishi o‘tirgan edi+. Ular o‘zaro: «O‘limimizni kutib, shu yerda o‘tiraveramizmi?  Agar shaharga kiradigan bo‘lsak, o‘sha yerda o‘lamiz, chunki hozir ocharchilik hukm suryapti+. Bu yerda o‘tiraversak ham o‘lamiz. Undan ko‘ra, suriyaliklar qarorgohiga boraylik. Ular bizni tirik qoldirishsa — yashaymiz, o‘ldirishsa — o‘lamiz»,— deyishdi.  Oqshom paytida ular o‘rinlaridan turib, suriyaliklar qarorgohiga borishdi. Qarorgoh chekkasiga yetib borishganda, u yerda hech kim yo‘q edi.  Boisi, Yahova Suriya qarorgohiga jang aravalari, otlar va katta qo‘shinning tovushini eshittirdi+. Shunda ular bir-biriga: «Isroil shohi bizga qarshi chiqish uchun xetiylar va Misr shohlarini yollabdi!» — deb aytishdi.  Oqshom paytida ular o‘rinlaridan tura solib, chodirlarini, otlarini, eshaklarini va qarorgohdagi bor narsalarini tashlab, jonlarini qutqarish uchun qochib ketishdi.  Qarorgoh chekkasiga yetib kelgan moxov kishilar chodirlardan biriga kirib yeb-ichishdi. Ular o‘sha yerdan kumush, oltin va kiyimlarni olib, yashirishdi. So‘ng qaytib kelib, boshqa chodirga kirishdi-da, undagi narsalarni ham olib yashirib qo‘yishdi.  Nihoyat ular bir-biriga: «Biz to‘g‘ri ish qilmayapmiz. Axir bugun xushxabarlar kuni-ku! Agar imillab tong otguncha kutib o‘tirsak, jazoga tortilamiz. Yuringlar, shohning uyiga xabar beraylik»,— deyishdi. 10  Ular borib, darvozabonlarni chaqirishdi-da, ularga: «Biz suriyaliklar qarorgohiga borib keldik. U yerda hech kim yo‘q ekan, biron insonning ovozini ham eshitmadik. Otlar bilan eshaklar bog‘langan holda turibdi, chodirlar ham shundayligicha tashlab ketilgan»,— deb xabar berishdi. 11  Darvozabonlar shu zahoti bu xabarni shohning uyiga yetkazishdi. 12  Shoh tunda darhol o‘rnidan turib, xizmatchilariga: «Suriyaliklar nimani rejalashtirganini men sizlarga aytaman. Ular och ekanimizni biladi+. Shu sababli, suriyaliklar: “Ular shahardan chiqishadi, shunda biz ularni tiriklayin tutib, shaharga kiramiz”,— degan fikrda qarorgohni tashlab, dalada yashirinishgan»+,— deb aytdi. 13  Xizmatchilaridan biri esa: «Bir nechta odam shaharda qolgan beshta otni olib, nima yuz berganini bilib kelsin. Bordi-yu, ularni o‘ldirishsa, hechqisi yo‘q. Chunki ular u yerga bormagan taqdirda ham, baribir boshqa isroilliklar bilan birga o‘lib ketishadi»,— dedi. 14  Shunday qilib, ular otlarga qo‘shilgan ikkita aravani olib kelishdi. Shoh: «Borib, bilib kelinglar»,— deya, ularni suriyaliklar qarorgohiga jo‘natdi. 15  Ular suriyaliklar izidan Iordangacha borishdi. Sarosimaga tushib qochib ketgan suriyaliklarning kiyimlari va buyumlari yo‘l bo‘ylab sochilib yotardi. Yuborilgan kishilar qaytib, barini shohga aytib berishdi. 16  Xalq borib, suriyaliklar qarorgohini talon-toroj qildi. Shunda Yahovaning so‘zlariga binoan, bir sexa oliy navli un — bir shekelga, ikki sexa arpa — bir shekelga teng bo‘ldi+. 17  Shoh ishonchli yordamchisini darvoza oldiga nazoratchi qilib qo‘ygandi. Ammo u, darvozadan kirib chiqayotgan xalqning oyog‘i ostida qolib ketib, toptalib o‘ldi. Shu tariqa, haq Xudoning odami shohning oldiga kelib aytgan so‘zi amalga oshdi. 18  Haq Xudoning odami shohga: «Ertaga taxminan shu paytda Samariya shahrining darvozasi oldida ikki sexa arpa — bir shekelga, bir sexa oliy navli un — bir shekelga teng bo‘ladi»,— deb aytgan so‘zlari bajo bo‘ldi+. 19  O‘shanda shohning yordamchisi haq Xudoning odamiga: «Yahova osmon qopqalarini ochib yuborsa ham, bunday bo‘lishi amrimahol!» — deb aytgan edi. Elishay esa unga: «Sen buni o‘z ko‘zlaring bilan ko‘rasan, lekin undan yemaysan»,— deb javob qaytargan edi. 20  Aynan aytilganday yuz berdi: u xalqning oyog‘i ostida qolib ketib, toptalib o‘ldi.

Izohlar

Bir sexa=7,33 l. Ilovaning B14 mavzusiga q.
Bir shekel=11,4 g. Ilovaning B14 mavzusiga q.