Yo‘el 1:1-20
1 Yahova Patuval o‘g‘li Yo‘elga* quyidagi so‘zlarni aytishni buyurdi:
2 «Ey oqsoqollar, buni eshiting!Ey yurt* ahli, bunga diqqat qiling!
Sizlar yoki ota-bobolaringiz davridaBu kabi voqea yuz berganmidi?!+
3 Bu haqda o‘g‘illaringizga aytib bering.O‘g‘illaringiz o‘z o‘g‘illariga,Ularning o‘g‘illari esa keyingi avlodga bu haqda so‘zlab bersin.
4 Yeb bitiruvchi chigirtkadan qolganini chigirtka galasi yo‘q qildi+.Chigirtka galasidan qolganini qanotsiz chigirtka yeb bitirdi.Qanotsiz chigirtkadan qolganini ochofat chigirtka yeb qo‘ydi+.
5 Uyg‘oning, ey mayxo‘rlar+, yig‘lang!
Ey sharobxo‘rlar, dod-voy soling!Chunki yangi sharob og‘zingizdan tortib olindi+.
6 Axir yurtimga kuchli va son-sanoqsiz bir xalq bostirib keldi+.
Uning tishlariyu jag‘lari sherlarnikiday+.
7 Bu xalq tokimni quritib yubordi, anjir daraxtimni to‘nkaga aylantirdi.Shoxlarini yalang‘ochlab, har yoqga uloqtirib tashladi.Novdalarida po‘stlog‘i ham qolmadi.
8 Kuyovidan ayrilgan qizdayJulga o‘ranib dod-faryod qiling.
9 Don nazri+ bilan ichimlik nazri+ Yahovaning uyiga olib kelinmayapti.Yahovaning xizmatchilari bo‘lmish ruhoniylar aza tutyapti.
10 Daladagi o‘simliklar yakson qilindi, yer motam tutyapti+.Chunki g‘alla nobud bo‘ldi, yangi sharob qurib qoldi, moy tugadi+.
11 Bug‘doy bilan arpani o‘ylabDehqonlar sarosimada, bog‘bonlar fig‘on chekyapti.Chunki daladagi hosil yakson bo‘ldi.
12 Uzum toki-yuAnjir daraxti qurib qoldi.
Anor, palma daraxti va olma,Daladagi hamma daraxtlar qurib ketdi+.Xalq orasidagi quvonch uyatga aylandi.
13 Ey ruhoniylar, julga o‘ranib aza tuting.Faryod qiling, ey, qurbongoh oldida xizmat qiluvchilar+.
Ey, Tangrimning xizmatchilari, ichkariga kiring, tunni julga o‘rangan holda o‘tkazing.Chunki don nazri+ bilan ichimlik nazri+ Allohingiz uyiga olib kelinmayapti.
14 Ro‘za e’lon qiling, tantanali yig‘inga chaqiring+.
Yurt ahli bilan birga oqsoqollarni hamXudoyingiz Yahovaning uyiga yig‘ib+, Yahovadan yordam so‘rab iltijo qiling.
15 Evoh, o‘sha kun kelyapti!
Yahovaning kuni yaqin!+O‘sha kuni Qodir Xudo vayronagarchilik keltiradi!
16 Zero, rizqimiz ko‘z oldimizda nobud bo‘lib,Tangrimiz uyida shod-xurramlik yo‘qoldi!
17 Urug‘lar* kuraklar ostida nobud bo‘ldi.
Omborlar bo‘shab qoldi.
G‘alla yo‘qligi uchun, don omborlari buzilib ketdi.
18 Hatto chorva ingramoqda!
Yaylov yo‘qligidan qoramol podalari sarson bo‘lib yuribdi!
Qo‘y suruvlari ham jabr tortyapti.
19 Ey Yahova, Senga iltijo qilaman+.Axir olov dashtdagi yaylovlarni yo‘q qildi-ku!Yong‘in daladagi barcha daraxtlarni yutib yubordi-ku!
20 Hatto yirtqich hayvonlar ham Senga nola qiladi.Chunki oqar suvlar qurib qoldi,Olov dashtdagi yaylovlarni yo‘q qilib yubordi».