Ayub 10:1-22
10 Hayotimdan nafratlanaman+,
Hasratlarimni to‘kib solaman,
Jonim azobda qolganidan gapiraman!
2 Xudoga shunday deyman: “Meni aybdor deb e’lon qilma.
Nega men bilan bellashayotganingni ayt.
3 Menga jabr-zulm qilishdan,Qo‘llaring mahsulidan jirkanishdan+,Yovuzlarning maslahatini esa ma’qul topishdan Senga nima foyda?
4 Sening ko‘zing insonning ko‘zlaridaymi?Sen o‘tkinchi inson kabi qaraysanmi?
5 Kunlaring o‘tkinchi insonning kunlariga o‘xshaydimi?Yillaring esa insonning yillari kabimi?+
6 Nega mendan ayb izlashdan,Xato qidirishdan to‘xtamayapsan?+
7 Aybsiz ekanimni bilasan+,Sening qo‘lingdan meni hech kim qutqara olmaydi+.
8 O‘z qo‘llaring bilan menga shakl berib yaratgansan+,Endi bo‘lsa meni butunlayin yo‘q qilib yubormoqchisan.
9 Iltimos, meni loydan yaratganingni yodga ol+.Endi esa tuproqqa qaytarmoqchisan+.
10 Meni sut kabi quyib,Pishloqday ivitgan Sen emasmi?
11 Suyaklarim-u paylarimni biriktirib,Ularni et va teri bilan qoplagan Sensan-ku!+
12 Sen menga hayot ato etib, mehr-sadoqat ko‘rsatding,G‘amxo‘rlik ila hayotimni* qo‘riqlading+.
13 Ammo mana bularni pinhona qilmoqchi eding.
Bu ishlar Sendan ekanini bilaman.
14 Bordi-yu, gunoh qilgan bo‘lsam, Sen hammasini ko‘rgansan+,Sen xatolarimni kechirmaysan.
15 Agar aybdor bo‘lsam, holimga voy!
Hatto aybsiz bo‘lsam ham, boshimni ko‘tara olmayman+,Sharmandalig-u qayg‘u-alamdan to‘yib ketdim+.
16 Bordi-yu, boshimni ko‘tarsam, sher kabi meni ovlashga tushasan+,Menga yana O‘z kuchingni ko‘rsatasan.
17 Menga qarshi yangi guvohlarni olib kelasan,Menga qarshi g‘azabing qaynab,Qiyinchilik ustiga qiyinchilik yog‘dirasan.
18 Nega meni onamning qornidan olib chiqding?+
Qaniydi meni hech kim ko‘rmasidan oldin o‘lsam edi!
19 Shunda hech qachon dunyoga kelmagan bo‘lardim,Onamning qornidan to‘g‘ri qabrga olib ketilgan bo‘lardim”.
20 Mening kunlarim sanoqli emasmi?+ Meni o‘z holimga qo‘ysin,Mendan nigohini bursin, oz-moz bo‘lsa ham tinim olay+.
21 Boisi, men tim qorong‘i yerga+,Borsa kelmas+,
22 Zim-ziyo yerga,Qop-qorong‘i va tartibsiz,Yorug‘likning o‘zi ham zulmat bo‘lgan yerga ketaman».
Izohlar
^ Yoki «ruhimni; nafasimni».