Ayub 28:1-28

  • Ayub yer boyliklari bilan donolikning farqini ko‘rsatadi (1-28)

    • Konchilarning mashaqqati (1-11)

    • Donolik marvariddan ham qimmatroqdir (18)

    • Yahovadan qo‘rqish — donolikdir (28)

28  Kumush qazib olinadigan kon bor,Oltin tozalanadigan joy ham bor+.   Temir yerdan qazib olinadi,Mis toshlardan eritib olinadi+.   Inson qorong‘ilikni zabt etadi,U tim qorong‘ilik va zulmat sarhadlarini o‘rganib,Ruda* izlaydi.   U unutilib ketgan, odam qadami yetmagan yerlarda,Odamlar yashaydigan joydan yiroqda kon qaziydi.Ayrimlar o‘sha konga tushib, arqonlarga osilgancha ishlaydi.   Yer ustida yegulik unib chiqadi,Yer osti esa, yong‘in bo‘lib o‘tgandek alg‘ov-dalg‘ov*.   Yer ostida sapfir toshlari,Hamda oltin qumi bor.   Hech bir yirtqich qush o‘sha konga olib boradigan so‘qmoqni bilmaydi,Qora kalxatning ko‘zlari uni ko‘rmagan.   Yirtqich hayvonlar u so‘qmoqga oyoq bosmagan,Baquvvat sher u yerda izg‘ib yurmagan.   Inson qoyani* o‘z qo‘llari bilan parchalaydi,Tog‘larni tag-tugi bilan ag‘darib tashlaydi. 10  U qoyani o‘yib ariqlar qaziydi+,Ko‘zi har turli qimmatbaho narsalarni ko‘radi. 11  U daryolar manbaini to‘sib qo‘yadi,Yashirin narsani yorug‘likka olib chiqadi. 12  Biroq donolikni qayerdan topsa bo‘ladi?!+Fahm-idrokning manbai qayerda?!+ 13  Uning qadr-qimmatini hech bir inson bilmaydi+,Yorug‘ dunyoning* hech bir yerida uni topib bo‘lmaydi. 14  Chuqur suvlar: “U bizda emas!” — deydi. Dengiz ham: “U menda emas!” — deb aytadi+. 15  Toza oltin evaziga uni sotib olib bo‘lmaydi.Kumush tortib ayirboshlash imkonsizdir+. 16  Uni Ofir tillasi+,Nodir oniks va sapfir toshlari evaziga ham xarid qilib bo‘lmaydi. 17  Oltin va shisha ham unga teng kela olmaydi.Toza oltin idish evaziga ham uni almashtirib bo‘lmaydi+. 18  Marjon-u billur haqida gapirmasa ham bo‘ladi+.Donolik bir qopcha marvariddan ham qimmatroqdir. 19  Kush* diyorining topazi+ unga teng kela olmaydi.Toza oltin evaziga ham uni xarid qilib bo‘lmaydi. 20  Biroq donolik qayerdan keladi?!Fahm-idrokning manbai qayerda?!+ 21  U har qanday jonzotning nigohidan yashirilgan+,Samoviy qushlardan bekitilgandir. 22  Halokat va o‘lim:“Quloqlarimiz u haqdagi xabarni eshitgan, xolos”,— deyishmoqda. 23  Uni topish yo‘lini Alloh biladi.Makoni yolg‘iz Unga ma’lum+. 24  Zero, yerning chekkalariga ham U nazar tashlaydi.Falak ostidagi har bir narsani ko‘rib turadi+. 25  Xudo shamolga kuch berganda+,Suvlarni o‘lchaganda+, 26  Yomg‘ir uchun qoida o‘rnatganda+,Momaqaldiroqli bulut va bo‘ronning yo‘lini belgilaganda+, 27  Alloh donolikni ko‘rib, ma’nosini tushuntirdi,Uni boshlab kelib sinadi. 28  Shunda U insonga: “Yahovadan qo‘rqish — donolikdir+.Yomonlikdan yuz o‘girish — fahm-idrokdir”+,— deb aytdi».

Izohlar

So‘zma-so‘z «Tosh».
Kon qazish ishlari nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin.
So‘zma-so‘z «chaqmoqtosh qoyani».
So‘zma-so‘z «Tiriklar diyorining».
Yoki «Habashiston (Efiopiya)».