Ayub 36:1-33

  • Elixu Allohning mislsiz yuksakligini olqishlaydi (1-33)

    • Itoatkor farovon umr ko‘radi, xudosizlar esa rad etiladi (11-13)

    • «Xudoga o‘xshash ustoz bormi?» (22)

    • Ayub Tangrini madh etishi darkor (24)

    • «Alloh aqlimiz yetmaydigan darajada buyukdir» (26)

    • Xudo yomg‘ir-u chaqmoqni nazorat qiladi (27-33)

36  Elixu gapini shunday deya davom ettirdi:   «Tushuntirib bo‘lmagunimcha, yana bir oz sabr qiling,Chunki Xudoni yoqlab gapiradigan so‘zlarim hali bor.   Men bilganlarimni atroflicha so‘zlab berib,Yaratuvchim odil ekanini oshkor etaman+.   So‘zlarim yolg‘on emasligi aniq,Zero, bu so‘zlar mukammal bilim Egasidan+ kelgan.   Darhaqiqat, Alloh qudratli+, biroq hech biringizni rad etmaydi.U fahm-idrokda tengi yo‘qdir.   U yovuzlarni tirik qoldirmaydi+,Azob chekkanlar uchun esa odil hukm chiqaradi+.   U odillardan ko‘zini uzmaydi+.Ularni shohlar bilan birga taxtga o‘tirg‘izib*+, abadiy yuksaltiradi.   Agar ular kishanlanib,Qayg‘u-alam arqonlari bilan bog‘lanishsa,   Xudo ularning qilmishlarini ko‘rsatib,Mag‘rurliklari dastidan qilgan jinoyatlarini fosh etadi. 10  Tanbeh berish uchun quloqlarini ochib,Yomonlikdan yuz o‘girishga chorlaydi+. 11  Agar ular quloq solib, Unga xizmat qilsa,Farovonlikda umr kechirib, Hayotdan bahra olib yashaydi+. 12  Bordi-yu, ular quloq solmasa, qilichdan halok bo‘lib+,Saboq olmay o‘lib ketadi. 13  Xudosizlar* o‘z qalbida gina-kudurat saqlaydi. Alloh ularni bog‘lab tashlasa ham, Undan yordam so‘rab yolvormaydi. 14  Ularning hayoti ibodatxona bachchalari*+ orasida o‘tib*,Yoshlik chog‘idayoq o‘lib ketadi+. 15  Lekin Alloh jabr-zulm ostida qolgan bechoralarni qutqaradi,Zulm ko‘rayotgan paytda, ta’lim berish uchun quloqlarini ochadi. 16  U sizni dard-alamdan xalos etib+,Cheklovlardan xoli keng yalanglikka eltadi+,Dasturxoningizni noz-ne’matga to‘ldirib, tasalli baxsh etadi+. 17  Hukm amalga oshirilib, adolat o‘rnatilganda,Yovuzlarga chiqarilgan hukmdan ko‘nglingiz to‘ladi+. 18  Ammo jahlga berilib+, birovning qayg‘usidan sevina ko‘rmang,Katta pora sizni yo‘ldan ozdirmasin. 19  Yordam so‘rab qilgan faryodingiz,Zo‘r urinishlaringiz musibatdan qutqara oladimi?+ 20  Odamlar o‘z joyidan g‘oyib bo‘ladiganTunni orzu qilmang. 21  Yomonlikka og‘ib ketishdan ehtiyot bo‘ling,Qayg‘u-alamning o‘rniga uni tanlamang+. 22  Mana, Xudo qudrati ila yuksalgan.Unga o‘xshash ustoz bormi? 23  Kim Unga yo‘l ko‘rsata oladi*?+Kim Unga: “Sen noto‘g‘ri yo‘l tutding”+,— deb ayta oladi? 24  Shuni yodda tutingki, siz Uning ishlarini+,Odamlar tarannum etgan ishlarini madh etishingiz darkor+. 25  Bu ishlarni butun odamzod ko‘rgan,O‘tkinchi inson ularni uzoqdan turib kuzatadi. 26  Ha, Alloh aqlimiz yetmaydigan darajada buyukdir+,Yillarining sanog‘iga yetib bo‘lmaydi+. 27  U suv tomchilarini yuqoriga ko‘taradi+,Ular bug‘lanib ketib, so‘ng yomg‘irga aylanadi. 28  Bulutlar ularni yerga to‘kib+,Odamzod ustiga sharros quyadi. 29  Bulutlar qanday yoyilganini,Uning chodiridan eshitilgan momaqaldiroqni kim tushuna oladi?+ 30  Qarang, U bulutlar uzra chaqmog‘ini chaqtiradi+,Dengiz tubini suv bilan qoplaydi. 31  Bular orqali U odamlarni qo‘llab-quvvatlab*,Ularni mo‘l-ko‘l oziq-ovqat bilan ta’minlaydi+. 32  U chaqmoqni O‘z qo‘llarida ushlab,Nishoniga qarata yo‘naltiradi+. 33  Momaqaldiroq U haqda e’lon qiladi,Hatto chorva ham kim* kelayotganini xabarlaydi.

Izohlar

Boshqa variant «U shohlarni taxtga o‘tirg‘izib».
Yoki «Murtadlar».
Ibodatxonada fahsh uchun foydalanilgan erkaklar.
Boshqa variant «yakun topib».
Boshqa variant «tanqid qila oladi; javobgarlikka torta oladi».
Boshqa variant «odamlarga homiylik qilib».
Boshqa variant «nima».