Ezra 10:1-44

  • Xotinlikka olingan begona ayollarni qo‘yib yuborish haqida ahd (1-14)

  • Xotinlikka olingan begona ayollar qo‘yib yuboriladi (15-44)

10  Ezra haq Tangrining uyi oldida yuztuban tiz cho‘kib, yig‘lagancha xalqining gunohlariga iqror bo‘lib, ibodat qilayotgan edi+. Shu payt, uning atrofiga bir to‘da isroillik erkaklar, ayollar va bolalar yig‘ildi. Xalq ham achchiq-achchiq yig‘lardi.  Shunda Elamning o‘g‘illaridan+ bo‘lgan Yoxiyolning+ o‘g‘li Shaxaniyo, Ezraga quyidagilarni aytdi: «Atrofdagi xalqlardan begona ayollarni xotinlikka olib, Tangrimizga xiyonat qildik+. Shunga qaramay, Isroil uchun hali ham umid bor.  Kelinglar, Yahovaning hamda Uning amrlarini e’zozlaydigan kishilarning+ yo‘l-yo‘rig‘iga binoan, Allohimiz bilan ahd qilib+, xotinlarimizni va ulardan tug‘ilgan farzandlarni qo‘yib yuboraylik, toki hammasi Tavrotga binoan bo‘lsin.  O‘rningizdan turing, chunki bu ish sizga topshirilgan. Biz siz bilan. Dadil bo‘lib, ishga kirishing».  Shunda Ezra o‘rnidan turib, ruhoniylar-u levilarning boshliqlariga va isroilliklarning barchasiga aytilganlarga binoan qasam ichishni buyurdi+ va ular qasam ichishdi.  Ezra haq Tangrining uyi oldidan turib, Eliashabning o‘g‘li Yohuxanonning xonasiga* ketdi. Lekin asirlikdan qaytgan xalqning xiyonati dastidan qayg‘urib, na ovqat yedi, na suv ichdi+.  So‘ng Yahudo va Quddusda, asirlikdan qaytganlarning barchasi Quddusda yig‘ilsin, deb e’lon qilindi.  Kimki uch kun ichida kelmasa, beklarning hamda oqsoqollarning qarori bilan, uning butun mol-mulki musodara qilinadi, o‘zi esa asirlikdan qaytib kelganlar jamoatidan haydalishi aytildi+.  Uch kun ichida, ya’ni to‘qqizinchi oyning 20- kunida, Yahudo va Benyamin qabilalarining erkaklari Quddusda yig‘ilishdi. Butun xalq, haq Tangri uyining hovlisida o‘tirgan edi. Yig‘inning jiddiyligidan va kuchli yomg‘ir yog‘ayotganidan ular titrashardi. 10  Nihoyat, ruhoniy Ezra o‘rnidan turib, ularga: «Begona ayollarni xotinlikka olib+ bevafolarcha yo‘l tutdingizlar, Isroilning gunohiga gunoh qo‘shdingizlar. 11  Endi ota-bobolaringiz Xudosi Yahova oldida gunohingizga iqror bo‘lib, Uning irodasini bajo keltiringlar. Atrofdagi xalqlardan ayrilib, mana bu begona ayollarni qo‘yib yuboringlar»+,— dedi. 12  Butun jamoat esa baland ovozda quyidagicha javob berdi: «Hammasini siz aytgandek qilish bizning burchimiz. 13  Biroq, odam ko‘pligidan va yomg‘ir mavsumi bo‘lgani bois, tashqarida turishning iloji yo‘q. Qolaversa, itoatsizlik qilib, katta gunohga qo‘l urdik, shuning uchun bu masalani bir yoki ikki kun ichida hal etib bo‘lmaydi. 14  Shu bois, beklarimiz butun jamoat nomidan ish yuritishsin+. Begona ayollarni xotinlikka olgan hamshaharlarimiz, belgilangan paytda o‘z shaharlarining oqsoqollari va hakamlari bilan birga kelishsin. Shu tariqa, bu masala oxirigacha hal etilib, Allohimizning otashin g‘azabi bosiladi». 15  (Ammo Osoyilning o‘g‘li Yo‘natan va Tixvoning o‘g‘li Yaxziyo bunga e’tiroz bildirishdi. Levilardan bo‘lgan Mashullom bilan Shabbatay+ esa ularni qo‘llab-quvvatlashdi.) 16  Asirlikdan qaytib kelganlar aytilganday qilishdi. Ezra va ismlari nasabnomadan topilgan xonadonlar* boshlari o‘ninchi oyning birinchi kunida bu masalani ko‘rib chiqish uchun alohida yig‘ilishdi. 17  Birinchi oyning birinchi kuniga kelib, begona ayollarni xotinlikka olgan barcha erkaklarning ishi to‘liq ko‘rib chiqildi. 18  Shunda ruhoniylarning ayrim o‘g‘illari begona ayollarni xotinlikka olgani ma’lum bo‘ldi+. Yohuzadaxning o‘g‘li Yeshuvaning+ o‘g‘illari va birodarlaridan Masiyo, Eliazar, Yoriv va Gadaliyo begona ayollarni xotinlikka olishgan ekan. 19  Ular xotinlarini qo‘yib yuborishni va gunohlari uchun suruvlaridan bittadan qo‘chqorni qurbonlikka keltirishni va’da qilishdi+. 20  Immar+ o‘g‘illaridan: Xonin bilan Zabadiyo; 21  Xarim+ o‘g‘illaridan: Masiyo, Ilyos, Shamayo, Yoxiyol va Uzziyo; 22  Pashxur o‘g‘illaridan+: Eliyo‘nay, Masiyo, Ismoil, Natanil, Yo‘zabad va Elasax. 23  Levilardan: Yo‘zabad, Shimey, Kilayox (ya’ni Kilit), Patixiyo, Yahudo va Eliazar. 24  Qo‘shiqchilardan: Eliashab, darvozabonlardan: Shallum, Talim va Uri. 25  Qolgan isroilliklardan esa quyidagilar edi: Paro‘sh o‘g‘illaridan+: Romiyo, Yiziyo, Malkiyo, Miyomin, Elazar, Malkiyo va Binayo. 26  Elam o‘g‘illaridan+: Mattaniyo, Zakariyo, Yoxiyol+, Abdi, Yorimo‘t va Ilyos. 27  Zattu o‘g‘illaridan+: Eliyo‘nay, Eliashab, Mattaniyo, Yorimo‘t, Zobod va Azizax. 28  Bo‘vay o‘g‘illaridan+: Yohuxanon, Xanoniyo, Zabbay va Otley. 29  Banix o‘g‘illaridan: Mashullom, Mallux, Odayo, Yoshuv, Shayol va Yorimo‘t. 30  Paxatmo‘ab o‘g‘illaridan+: Adna, Xilol, Binayo, Masiyo, Mattaniyo, Bazalil, Binnuy va Manashe. 31  Xarim o‘g‘illaridan+: Eliazar, Ishshiyo, Malkiyo+, Shamayo, Shimo‘n, 32  Benyamin, Mallux va Shamariyo. 33  Xashum+ o‘g‘illaridan: Mattanay, Mattatax, Zobod, Elifalet, Yorimay, Manashe va Shimey. 34  Banix o‘g‘illaridan: Maday, Imrom, Uval, 35  Binayo, Bidayo, Xalux, 36  Vaniyo, Miromo‘t, Eliashab, 37  Mattaniyo, Mattanay va Yasoy. 38  Binnuy o‘g‘illari: Shimey, 39  Shalamiyo, Natan, Odayo, 40  Maxnadbay, Shoshay, Shoroy, 41  Ozariyol, Shalamiyo, Shamariyo, 42  Shallum, Emoriyo va Yusuf. 43  Navo o‘g‘illaridan: Yaviyol, Mattitiyo, Zobod, Zabino, Yadday, Yo‘el va Binayo. 44  Bu kishilarning barchasi begona ayollarni xotinlikka olishgan+. Ular xotinlari bilan birga farzandlarini ham qo‘yib yuborishdi+.

Izohlar

Yoki «oshxonasiga».
So‘zma-so‘z «ota xonadonlarining», ya’ni ota tomondagi oilalar nazarda tutilgan.