Hizqiyo 24:1-27

  • Quddus zanglagan qozonga o‘xshaydi (1-14)

  • Hizqiyo xotinining o‘limi alomatdir (15-27)

24  To‘qqizinchi yili, o‘ninchi oyning o‘ninchi kunida Yahova so‘zini yana menga ayon qildi:  «Inson o‘g‘li, bugungi kunning sanasini yozib qo‘y. Bugun Bobil shohi Quddusga hujumini boshladi+.  Isyonkor xonadonga taalluqli masal aytib ber. Ularga shunday degin: “Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Qozonni o‘rnat, tagiga olov yoq va ichiga suv quy+.   Qozon ichiga go‘sht bo‘laklarini sol+, hammasi yaxshi bo‘laklar,Son va yelka go‘shti bo‘lsin. Qozonni saralangan suyaklar bilan to‘ldir.   Suruvdan yaxshi qo‘yni tanla+, qozon tagiga har tomondan o‘tin qala. Go‘shtni qaynat, suyaklarni pishir”.  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Zanglagan qozon, zangi tozalanmagan qozon — qon to‘kkan shahar holiga voy!+ Go‘shtlari birma-bir chiqarilsin+, qo‘lga ilingani olinsin*.   Chunki bu shahar to‘kkan qon hali o‘zining ichida+. U qonni qoya ustiga oqizdi. Uni yerga to‘kmadi, tuproq bilan ko‘mib qo‘ymadi+.   Qahrimni qo‘zg‘atib qasd olishim uchun,Qoya ustiga oqizilgan qonni qoldirdim.Shu sababli qon ko‘milmaydi”+.  Oliy Hukmdor Yahova shunday demoqda: “Qon to‘kadigan shahar holiga voy!+ Men o‘tinni baland qilib uyaman. 10  O‘tinlar uyilsin, olov yoqilsin,Go‘sht yaxshilab qaynatilib, sho‘rvasi to‘kib tashlansin. Suyaklari yonib ko‘mirga aylansin. 11  Mis qozon qizarguncha qizishi uchun,Bo‘sh qozon yonayotgan ko‘mir ustiga qo‘yilsin. Shunda ichidagi nopokliklar erib ketadi+, zangi olovda yo‘q bo‘ladi. 12  Shuncha mehnat, shuncha harakat qilindi,Lekin zang yo‘q bo‘lmadi+. U zangi bilan birga olovga tashlansin! 13  Buzuqliging dastidan nopok bo‘lib qolding+. Seni tozalashga urinib ko‘rdim, lekin sen toza bo‘lmading. Jahlimdan tushmagunimcha toza bo‘lmaysan+. 14  Buni Men — Yahova aytdim. Aytilganlar amalga oshadi. Men O‘zimni to‘xtatmasdan, qayg‘urmasdan, afsuslanmasdan harakat qilaman+. Ular seni tutgan yo‘llaring va ishlaringga yarasha hukm qilishadi”,— demoqda Oliy Hukmdor Yahova». 15  Yahova so‘zini yana menga ayon qildi: 16  «Inson o‘g‘li, bir zarba bilan seni aziz kishingdan judo qilaman+. Sen motam tutma, faryod qilma va ko‘z yosh to‘kma. 17  Ovoz chiqarmay ingra, marhum uchun ta’ziya marosimini o‘tkazma+. Sallangni o‘rab+, oyog‘ingga sandalingni kiy+. Og‘zingni* bekitma+ va boshqalar senga olib kelgan taomni yema»+. 18  Ertalab xalqga xabarni yetkazdim, kechqurun esa xotinim qazo qildi. Kelasi kun ertalab hammasini menga buyurilganiday qildim. 19  Odamlar mendan: «Bizga ayt-chi, bularning bizga qanday daxli bor?» — deb so‘rashdi. 20  Men ularga shunday javob berdim: «Yahovaning so‘zi menga ayon bo‘ldi: 21  “Isroil xonadoniga ayt: “Oliy Hukmdor Yahova demoqda: “Men muqaddas maskanimni — sizlarning faxringiz, sizlarga aziz bo‘lgan va ko‘ngil bog‘lagan joyingizni bulg‘amoqchiman+. Sizlar qoldirib ketgan o‘g‘il-qizlaringiz qilichdan halok bo‘ladi+. 22  Shunda Hizqiyo qilgan narsalarni sizlar ham qilasizlar. Og‘zingizni bekitmaysizlar, boshqalar olib kelgan taomni yemaysizlar+. 23  Sallangiz boshingizda, sandalingiz oyog‘ingizda bo‘ladi. Na aza tutasizlar, na yig‘laysizlar. Aksincha, xatolaringiz dastidan chirib ketasizlar+. Bir-biringizga qarab ingraysizlar. 24  Hizqiyo sizlar uchun alomat bo‘ladi+. U nima qilgan bo‘lsa, sizlar ham shuni qilasizlar. Bu narsa ro‘y berganda, Men Oliy Hukmdor Yahova ekanimni bilib olasizlar”». 25  «Ey inson o‘g‘li, senga keladigan bo‘lsak, o‘g‘il-qizlari bilan birgalikda ularning qal’asini, ya’ni quvonchiga sabab bo‘lgan, ular uchun aziz hisoblangan va ular ko‘ngil bog‘lagan joyni ulardan tortib olgan kunimda+, 26  omon qolgan kishi senga bu haqda xabar olib keladi+. 27  O‘sha kuni tilga kirasan va omon qolgan kishiga gapirasan. Bundan keyin boshqa sukut saqlamaysan+. Sen ular uchun alomat bo‘lasan va ular Men Yahova ekanimni bilib olishadi».

Izohlar

Yoki «ular uchun qur’a tashlanmasin».
Yoki «Mo‘ylovingni».