Ibtido 1:1-31

  • Osmon bilan yerning yaratilishi (1, 2)

  • Yer olti kun davomida yaratiladi (3–31)

    • 1-kun: yorug‘lik, kunduz va tun (3–5)

    • 2-kun: bo‘shliq (6-8)

    • 3-kun: quruqlik va o‘simliklar (9-13)

    • 4-kun: osmondagi yoritkichlar (14-19)

    • 5-kun: baliqlar va qushlar (20-23)

    • 6-kun: jonzotlar va odamlar (24-31)

1  Boshida Alloh osmon bilan yerni yaratdi+.  Yer shaklsiz va bo‘m-bo‘sh bo‘lib, chuqur suvlarni*+ qorong‘ilik qoplab turardi. Xudoning ruhi*+ suvlar+ uzra harakatlanardi.  Shunda Xudo: «Yorug‘lik bo‘lsin»,— deb aytdi va yorug‘lik+ paydo bo‘ldi.  Xudo yorug‘lik yaxshi ekanini ko‘rdi va U yorug‘likni qorong‘ilikdan ajrata boshladi.  Alloh yorug‘likni «kunduz», qorong‘ilikni «tun» deb atadi+. Kech kirdi va tong otdi, birinchi kun o‘tdi.  So‘ng Xudo: «Suvlarning orasida bo‘shliq+ paydo bo‘lsin va u suvlarni suvlardan ajratib tursin»,— dedi+.  Alloh bo‘shliq barpo qilib, bo‘shliqning pastidagi suvlarni bo‘shliqning tepasidagi suvlardan ajratdi+ va aynan shunday bo‘ldi.  Xudo bo‘shliqni osmon deb nomladi. Kech kirdi va tong otdi, ikkinchi kun o‘tdi.  Keyin Alloh: «Osmon ostidagi suvlar bir joyga to‘planib, quruqlik paydo bo‘lsin»+,— deb aytdi va aynan shunday bo‘ldi. 10  Xudo quruqlikni yer+ deb nomladi, bir joyga to‘plangan suvlarni esa dengizlar+ deb atadi. Tangri buning yaxshi ekanini ko‘rdi+. 11  Xudo: «Yer yuzida o‘t-o‘lan, urug‘li o‘simliklar va turiga qarab urug‘li meva beradigan daraxtlar o‘sib chiqsin»,— dedi va aynan shunday bo‘ldi. 12  Yerda o‘t-o‘lan, turiga qarab urug‘li o‘simliklar+ va turiga qarab urug‘li meva beradigan daraxtlar o‘sib chiqa boshladi. Xudo bularning yaxshi ekanini ko‘rdi. 13  Kech kirdi va tong otdi, uchinchi kun o‘tdi. 14  So‘ng Alloh: «Kun bilan tunni ajratib turish uchun osmonda*+ yoritkichlar+ paydo bo‘lsin. Ular mavsumlarni, kunlarni va yillarni belgilash uchun xizmat qilsin+. 15  Yer yuzini yoritib turish uchun, ular osmonda* yoritkichlar sifatida xizmat qilsin»,— deb aytdi va aynan shunday bo‘ldi. 16  Tangri ikkita katta yoritkichni yaratdi. Kattaroq yoritkichni kun ustidan hukmronlik qilish uchun+, kichikroq yoritkichni esa tun ustidan hukmronlik qilish uchun barpo etdi. Shuningdek, yulduzlarni vujudga keltirdi+. 17  Yer yuzini yoritib tursin deya, Xudo ularni osmonga* joylashtirdi. 18  Shuningdek, kun bilan tunga hukmronlik qilishi va yorug‘likni qorong‘ilikdan ajratib turishi uchun, Alloh shunday qildi+ va buning yaxshi ekanini ko‘rdi. 19  Kech kirdi va tong otdi, to‘rtinchi kun o‘tdi. 20  Keyin Xudo: «Suvlar tirik jonzotlar bilan to‘lib-toshsin* va yer uzra, osmonda* qanotli jonivorlar* uchib yursin»+,— deb aytdi. 21  Alloh ulkan dengiz jonivorlarini, o‘z turiga qarab suvlarda suzib yuruvchi har qanday tirik jonzotlarni hamda o‘z turiga qarab uchadigan qanotli jonzotlarni yaratdi va bularning yaxshi ekanini ko‘rdi. 22  Xudo: «Serpusht bo‘lib, ko‘payinglar va dengiz suvlarini to‘ldiringlar+. Yer yuzida qanotli jonivorlar ko‘paysin»,— deya ularni muborakbod etdi. 23  Kech kirdi va tong otdi, beshinchi kun o‘tdi. 24  So‘ng Tangri: «Yer turiga qarab tirik jonzotlarni: o‘z turiga qarab uy hayvonlarini, o‘rmalab yuruvchi* jonzotlarni va yovvoyi hayvonlarni paydo qilsin»+,— dedi va aynan shunday bo‘ldi. 25  Alloh turiga qarab yovvoyi hayvonlarni, turiga qarab uy hayvonlarini va o‘rmalab yuruvchi barcha jonzotlarni o‘z turiga qarab vujudga keltirdi va bularning yaxshi ekanini ko‘rdi. 26  Bundan keyin Xudo: «O‘zimizga+ monand+ qilib, o‘zimizga o‘xshash+ odamni yarataylik. U dengizdagi baliqlar, osmonda uchib yuruvchi jonivorlar, uy hayvonlari, butun yer yuzi va yerda o‘rmalab yuruvchi barcha jonzotlar ustidan hokimlik qilsin»+,— dedi. 27  Alloh odamni O‘ziga monand, O‘ziga o‘xshash qilib yaratdi; ularni erkak va ayol qilib yaratdi+. 28  Shundan so‘ng Tangri ularni qutlab: «Serfarzand bo‘lib, ko‘payinglar va yer yuzini to‘ldirib+, tobe qilinglar+. Dengizdagi baliqlar, osmonda uchib yuruvchi qanotli jonivorlar va yer yuzidagi barcha jonzotlar ustidan hokimlik qilinglar+»,— deb aytdi. 29  So‘ng Alloh: «Men sizlarga butun yer yuzidagi urug‘li har qanday o‘simliklarni va turli mevali daraxtlarni berdim. Ular sizlar uchun yegulik bo‘lsin+. 30  Shuningdek, yovvoyi hayvonlar, osmonda uchib yuruvchi qanotli jonivorlar va yer yuzidagi barcha tirik jonga yemish uchun yashil o‘simliklarni berdim»+,— deb aytdi va aynan shunday bo‘ldi. 31  So‘ngra Xudo O‘zi yaratgan barcha narsaga nazar tashladi va ularning juda yaxshi ekanini ko‘rdi+. Kech kirdi va tong otdi, oltinchi kun o‘tdi.

Izohlar

Yoki «mavj urayotgan suvlarni».
Yoki «faol qudrati».
So‘zma-so‘z «osmon bo‘shlig‘ida».
So‘zma-so‘z «osmon bo‘shlig‘ida».
So‘zma-so‘z «osmon bo‘shlig‘iga».
Bu ibroniycha so‘z ostida havoda, dengizda va quruqlikda uchraydigan gala-gala kichik mavjudotlar tushunilishi mumkin.
So‘zma-so‘z «osmon bo‘shlig‘ida».
Bu ibroniycha so‘z qushlarni, qanotli jonzotlarni, shuningdek uchadigan hasharotlarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Bu ibroniycha so‘z ostida sichqonlar, ilonlar, hasharotlar kabi jonzotlarni tushunish mumkin.