Ibtido 36:1-43

  • Esovning avlodlari (1-30)

  • Edomning shohlari va shayxlari (31-43)

36  Bu Esovning, ya’ni Edomning+ tarixi haqida bayonot.  Esov kan’onlik qizlarni o‘ziga xotinlikka oldi. Odah+ xetiy Elo‘nning+ qizi edi. Oxolibom+ esa xiviy Zibo‘nning nevarasi bo‘lib, Anahning qizi edi.  Shuningdek, u Ismoilning qizi Bosimatni+ ham xotinlikka oldi. Uning Navayot+ degan akasi bor edi.  Odah Esovga Elifazni, Bosimat esa Ruvelni tug‘ib berdi.  Oxolibom esa Yoush, Yalom va Ko‘raxni+ tug‘ib berdi. Esov Kan’on yurtida mana shu o‘g‘illarni ko‘rdi.  Esov xotinlarini, o‘g‘il-qizlarini, xonadonining barcha a’zolarini, suruvlarini va boshqa barcha hayvonlarini, Kan’on yurtida yiqqan butun boyligini olib+, ukasi Yoqubdan uzoqroq joyga ketdi+.  Ularning mol-mulki shunchalik ko‘payib ketdiki, birga yashashning imkoni bo‘lmay qoldi, podalari tufayli o‘sha yer* torlik qila boshladi.  Shu bois, Esov Seirning+ tog‘li hududiga borib joylashdi. Esovning Edom+ degan ismi ham bor edi.  Seirning tog‘li hududida yashaydigan edomliklar+ otasi Esovning tarixi haqidagi bayonot quyidagicha: 10  Esovning o‘g‘illari mana bular: xotini Odahdan tug‘ilgan o‘g‘li Elifaz, xotini Bosimatdan tug‘ilgan o‘g‘li Ruvel+. 11  Elifazning o‘g‘illari: Temon+, O‘mar, Zafo‘, Gatam va Xanaz+. 12  Esovning o‘g‘li Elifaz Timnani xotinlikka oldi. Timna unga Omolekni+ tug‘ib berdi. Bular Esovning xotini Odahning nevaralaridir. 13  Ruvelning o‘g‘illari quyidagilar: Naxat, Zerah, Shammox va Mizzo. Bular Esovning xotini Bosimatning+ nevaralaridir. 14  Zibo‘nning nevarasi bo‘lmish Anahning qizi Oxolibom eri Esovga Yoush, Yalom va Ko‘raxni tug‘ib berdi. 15  Esovning naslidan kelib chiqqan shayxlar*+ quyidagilar: Esovning to‘ng‘ichi Elifazdan shayx Temon, shayx O‘mar, shayx Zafo‘, shayx Xanaz+, 16  shayx Ko‘rax, shayx Gatam va shayx Omolek kelib chiqqan. Elifazning ushbu o‘g‘illari+ Edom yurtida shayx bo‘lishgan. Ular Odahning nevaralaridir. 17  Esovning o‘g‘li Ruvel shayx Naxatning, shayx Zerahning, shayx Shammoxning va shayx Mizzoning otasi bo‘lgan. Ruvelning ushbu o‘g‘illari Edom yurtida+ shayx bo‘lishgan. Ular Esovning xotini Bosimatning nevaralaridir. 18  Esovning xotini Oxolibomning o‘g‘illari quyidagilar: shayx Yoush, shayx Yalom va shayx Ko‘rax. Bular Anahning qizi, Esovning xotini Oxolibomdan kelib chiqqan shayxlardir. 19  Bular Esovning, ya’ni Edomning+ o‘g‘illari va ulardan kelib chiqqan shayxlar. 20  Quyidagilar xorlik Seirning avlodi bo‘lib, ular o‘sha yerning tub aholisi edilar+: Lo‘ton, Sho‘val, Zibo‘n, Anah+, 21  Disho‘n, Ezer va Dishan+. Bular Seirning avlodi bo‘lib, Edom yurtidagi xorliklarning shayxlari edi. 22  Lo‘tonning Xo‘ri va Xamam degan o‘g‘illari bor bo‘lib, Timna+ degan singlisi* ham bor edi. 23  Sho‘valning o‘g‘illari quyidagilar: Elvon, Monaxat, Ebal, Shafo va O‘nam. 24  Zibo‘nning+ Oyo va Anah ismli o‘g‘illari bor edi. Anah otasi Zibo‘nning eshaklarini boqib yurganda, sahroda issiq buloqlar topgan edi. 25  Anahning Dishon degan o‘g‘li va Oxolibom degan qizi bor edi. 26  Dishonning Xamdon, Eshbon, Yitron va Xeron degan o‘g‘illari bor edi+. 27  Ezerning Bilxan, Zavon va Oqon degan o‘g‘illari bor edi. 28  Dishanning Uz va Oron ismli o‘g‘illari bor edi+. 29  Xorliklarning shayxlari quyidagilar: shayx Lo‘ton, shayx Sho‘val, shayx Zibo‘n, shayx Anah, 30  shayx Dishon, shayx Ezer va shayx Dishan+. Bular xorliklarning Seir yurtidagi shayxlaridir. 31  Isroil o‘g‘illari ustidan shoh boshqarishidan oldin+, quyidagi shohlar Edom+ yurtida hukmronlik qilgan: 32  Bavo‘r o‘g‘li Belax Edomda shohlik qilgan. U Dinxaba shahrida yashardi. 33  Belax vafot etgach, bozraxlik Zerahning o‘g‘li Yo‘vov uning o‘rniga taxtga o‘tirdi. 34  Yo‘vov o‘lganidan keyin, temonliklar yurtidan bo‘lgan Xushom uning o‘rniga shohlik qila boshladi. 35  Xushomning vafotidan keyin, Badadning o‘g‘li Hadad uning o‘rniga shoh bo‘ldi. U Mo‘ab hududida* midiyonliklarni+ jangda mag‘lub qilgan edi. Hadad Ovit shahrida istiqomat qilardi. 36  Hadadning o‘limidan keyin, masrixolik Samlo uning o‘rniga taxtga o‘tirdi. 37  Samlo vafot etgach, daryo* bo‘yida joylashgan Rexobo‘tdan bo‘lgan Shovul uning o‘rniga shohlik qila boshladi. 38  Shovulning o‘limidan keyin, Axbor o‘g‘li Baalxanon uning o‘rniga taxtga o‘tirdi. 39  Axbor o‘g‘li Baalxanon vafot etgach, Hadar uning o‘rniga shohlik qila boshladi. U Pog‘u shahrida yashardi. Xotinining ismi esa Maxitaval bo‘lib, Mexazabning nevarasi, Matridning qizi edi. 40  Oilasi va hududi bo‘yicha ismlari tilga olingan, Esovdan kelib chiqqan shayxlar quyidagilar: shayx Timna, shayx Elvo, shayx Yetet+, 41  shayx Oxolibom, shayx Elox, shayx Pinon, 42  shayx Xanaz, shayx Temon, shayx Mivzar, 43  shayx Maxdiyol va shayx Irom. Bular egalik qilgan yerlari bo‘yicha sanab o‘tilgan Edom shayxlaridir+. Esov edomliklarning otasidir+.

Izohlar

Yoki «ular musofir bo‘lib yashagan yer».
Shayxlar qabila boshlari bo‘lgan.
Ibroniycha matnda Timna Lo‘tonning singlisi yoki opasi ekani aniq emas.
So‘zma-so‘z «dalasida».
Ya’ni «Furot».