Ibtido 37:1-36

  • Yusufning tushlari (1-11)

  • Yusuf va hasadgo‘y akalari (12-24)

  • Yusuf qullikka sotiladi (25-36)

37  Yoqub, otasi musofir bo‘lib yashagan+ Kan’on yurtida istiqomat qilayotgan edi.  Bu, Yoqubning tarixi haqidagi bayonot. Yusuf+ otasining xotinlari Bilxax+ va Zilponing+ o‘g‘illari bilan qo‘y boqib+ yurganda, bor-yo‘g‘i 17 yoshda edi. Bir kuni Yusuf akalarining yomon ishlarini otasiga aytib berdi.  Isroil boshqa o‘g‘illaridan+ ko‘ra Yusufni ko‘proq yaxshi ko‘rardi, chunki u keksalik chog‘ida ko‘rgan o‘g‘li edi. Yoqub unga chiroyli uzun kamzul* tiktirib bergan edi.  Otalari ulardan ko‘ra Yusufni ko‘proq sevishini ko‘rgach, akalari undan nafratlanib, unga qo‘pol gapiradigan* bo‘lishdi.  Bir kuni Yusuf tush ko‘rdi va tushini akalariga aytib berdi+. Bu esa, ular Yusufdan yanada ko‘proq nafratlanishlariga sabab bo‘ldi.  Yusuf ularga dedi: «Menga qaranglar-da, shunday bir tush ko‘rdim.  Dalaning o‘rtasida don poyalarini bog‘layotgan edik. Bir payt mening bog‘lamim ko‘tarilib, tik turdi. Sizlarning bog‘lamlaringiz esa mening bog‘lamim atrofida turib, unga ta’zim qildi»+.  Shunda akalari Yusufga: «Nima, sen ustimizdan shoh bo‘lmoqchimisan? Nahotki ustimizdan boshqarmoqchi bo‘lsang?»+ — deb aytishdi. Ko‘rgan tushi va aytgan gaplari uchun, akalari Yusufdan nafratlanishga yana bir sabab topishdi.  Shundan keyin u yana bir tush ko‘rdi va akalariga: «Men yana bir tush ko‘rdim. Tushimda quyosh, oy va 11 ta yulduz egilib menga ta’zim qildi»+,— deb aytib berdi. 10  U tushini nafaqat akalariga, balki otasiga ham aytib berdi. Otasi esa: «Qanaqa tush ko‘rgansan o‘zi? Nima men, onang va akalaring kelib, boshimiz yerga tekkuncha senga ta’zim qilar ekanmizmi?» — deb uni koyib berdi. 11  Akalarining unga nisbatan hasadi yanada kuchaydi+, ammo otasi uning so‘zlarini ko‘ngliga tugib qo‘ydi. 12  Bir kuni Yusufning akalari, otalarining suruvini boqish uchun Shakamga+ yaqin joyga ketishdi. 13  Bir muncha vaqtdan keyin, Isroil Yusufga: «Akalaring Shakam yaqinida suruvlarni boqib yurishibdi, ularning oldiga borib kel»,— dedi. U otasiga javoban: «Xo‘p bo‘ladi»,— deb aytdi. 14  So‘ng otasi unga: «Qani, borib bilib kel-chi, akalaring sog‘-omonmikan, suruvlar bus-butunmikan»,— dedi. Shunday qilib, otasi uni Xevron+ vodiysidan jo‘natdi va Yusuf Shakam tomonga qarab ketdi. 15  Bir kishi Yusufning dalada kezib yurganini ko‘rib, undan: «Nima izlab yuribsan?» — deb so‘radi. 16  Yusuf bo‘lsa: «Men akalarimni axtarib yuribman. Ular qayerda suruvlarni boqib yurganini bilmaysizmi?» — dedi. 17  U kishi esa: «Ular bu yerdan ketishgan. “Do‘tanga boramiz”, deyishganini eshituvdim»,— deb aytdi. Shunda Yusuf akalarini izlab ketdi va ularni Do‘tandan topdi. 18  Akalari Yusufni uzoqdan ko‘rib qolishdi va u yetib kelguncha uni o‘ldirish rejasini tuza boshlashdi. 19  Ular bir-birlariga: «Qaranglar, tush ko‘ruvchi kelyapti!+ 20  Kelinglar, uni o‘ldiramiz-da, jasadini sardoba ichiga tashlaymiz va uni yirtqich hayvon yeb ketibdi, deb aytamiz. Shunda tushlari qanday qilib o‘ngidan kelishini ko‘ramiz»,— deyishdi. 21  Bu gaplarni eshitgach, Ruben+ Yusufni ularning qo‘lidan qutqarmoqchi bo‘lib, ularga: «Uni o‘ldirmaylik»+,— dedi. 22  Keyin Ruben ularga: «Qon to‘kmanglar+. Uni cho‘ldagi mana bu sardoba ichiga tashlanglar. Lekin o‘ldira ko‘rmanglar»+,— deb aytdi. U Yusufni qutqarib qolib, otasiga qaytarmoqchi edi. 23  Yusuf kelishi bilanoq, akalari ustidagi chiroyli beqasam to‘nini yechib olishdi+. 24  Keyin esa, Yusufni sardoba ichiga tashlashdi. Sardoba bo‘m-bo‘sh bo‘lib, ichida suv yo‘q edi. 25  So‘ng ovqat yegani o‘tirishdi. Bir mahal qarashsa, Giladdan ismoiliylar+ karvoni kelayotgan ekan. Ular tuyalariga xushbo‘y smola*, balzam* va smolali daraxt po‘stlog‘ini yuklab+, Misr tomon ketishayotgan edi. 26  Shunda Yahudo aka-ukalariga: «Ukamizni o‘ldirib, qilmishimizni yashirishning biz uchun nima foydasi bor?+ 27  Unga ziyon keltirgandan ko‘ra, kelinglar, uni ismoiliylarga sotib yuboramiz+. Har qalay u bizning ukamiz, qondoshimiz*»,— dedi. Ular Yahudoning gapiga quloq solishdi. 28  Midiyonlik+ savdogarlar o‘tib ketayotganida, ular Yusufni sardoba ichidan chiqarib olib, ismoiliylarga 20 shekel kumushga sotib yuborishdi+. U odamlar esa Yusufni Misrga olib ketishdi. 29  Keyinroq Ruben sardoba yoniga qaytib kelib, uning ichida Yusuf yo‘q ekanini ko‘rdi va qayg‘udan kiyimlarini yirtdi. 30  Ruben ukalarining oldiga borib: «Bola yo‘q-ku, endi nima qilaman?!» — deb baqirdi. 31  Ular esa bitta takani so‘yishdi-da, Yusufning to‘nini olib takaning qoniga botirishdi. 32  Keyin esa o‘sha beqasam to‘nni otalariga jo‘natib: «Biz mana buni topib oldik. Ko‘ring-chi, bu o‘g‘lingizning to‘ni emasmi?»+ — degan xabar yuborishdi. 33  Yoqub uni ko‘zdan kechirib: «Bu o‘g‘limning to‘ni-ku! Yirtqich hayvon Yusufga tashlanib, uni tilka-pora qilibdi!» — deya dod-voy soldi. 34  Shunda Yoqub qayg‘udan kiyimlarini yirtib, beliga jul o‘radi va o‘g‘li uchun uzoq vaqt aza tutdi. 35  Barcha o‘g‘il-qizlari unga tasalli berishga urinishdi, lekin u tasalli topishni istamay: «Mozorga*+, o‘g‘limning oldiga bormagunimcha, aza tutaveraman»,— dedi. Yoqub o‘g‘li uchun ko‘p vaqt yig‘lab yurdi. 36  Midiyonliklar Yusufni Misrga olib borib, fir’avn saroyi amaldori+ — soqchilar boshlig‘i+ Po‘tifarga sotishdi.

Izohlar

Yoki «maxsus kamzul».
So‘zma-so‘z «tinchlik bilan gapirmaydigan».
So‘zma-so‘z «ladan».
So‘zma-so‘z «etimiz».
Ibr. sheo‘l, ya’ni insoniyatning umumiy qabri. Lug‘atga q.