Ibtido 49:1-33

  • Yoqubning o‘limidan oldingi bashorati (1-28)

    • Shilo‘ Yahudodan kelib chiqadi (10)

  • Yoqubning dafn etilishiga bog‘liq vasiyati (29-32)

  • Yoqubning o‘limi (33)

49  Yoqub o‘g‘illarini chaqirtirib, ularga shunday dedi: «Qani, birga yig‘ilinglar, men kelajakda sizlar bilan nima yuz berishini aytib beraman.  Yig‘ilib tinglanglar Yoqub o‘g‘illari, otangiz Isroilga quloq solinglar:  Ruben+, sen mening to‘ng‘ichimsan+, mening quvvatim, yetukligimning ilk mevasisan. Obro‘-e’tibor va kuch jihatdan eng ustuvori sen eding.  Buzuqliging jo‘shqin suvlar kabi tiyiqsizdir. Otangning to‘shagiga chiqqaning uchun ustun bo‘lmaysan+. O‘shanda sen yotog‘imni bulg‘agan eding. U mening to‘shagimga chiqqan edi!  Shimo‘n va Levi aka-ukadir+. Ularning qilichlari zo‘ravonlik qurolidir+.  Ularga qo‘shilma, ey jonim*. Yig‘inlarida ularga sherik bo‘lma, ey g‘ururim*. Chunki g‘azab ustida odam o‘ldirdi ular+, vaqtichog‘lik qilish uchun buqalarning oyoq paylarini kesdi ular.  La’nat bo‘lsin ularning g‘azabiga, chunki u shafqatni bilmas, la’nat bo‘lsin ularning qahriga, boisi u rahmni bilmas+. Yoqubning yerida ularni bo‘lib tashlayman, Isroil orasida ularni tarqatib yuboraman+.  Senga keladigan bo‘lsak Yahudo+, aka-ukalaring seni maqtashadi+. Dushmanlaring qo‘lingga topshiriladi*+. Otangning o‘g‘illari oldingda ta’zim qilishadi+.  Yahudo shervachchadir+. O‘g‘lim, sen o‘ljani yeb o‘rningdan turasan. U sherdek cho‘kib, cho‘zilib yotadi. Uni joyidan qo‘zg‘atishga kim ham jur’at eta olardi? 10  Xalqlar bo‘ysunadigan Shilo‘* kelmaguncha+, saltanat hassasi Yahudoni tark etmaydi+, hukmdorning tayog‘i oyoqlari orasidan ketmaydi+. 11  U eshagini tokka, xo‘tigini esa sara uzum novdasiga bog‘laydi. Kiyimini sharobda, libosini esa uzum sharbatida yuvadi. 12  Ko‘zlarining qirmiziligi sharobdan, tishlarining oqligi sutdandir. 13  Zabulun+ dengiz sohilida, kemalar langar tashlaydigan sohilda o‘rnashadi+. Uning chekka sarhadi Sidongacha yetadi+. 14  Issaxor+ egarning ikki yoniga osiladigan yuk qop orasida yotadigan baquvvat eshakdir. 15  U rohatbaxsh yer yaxshi ekanini, yurt esa yoqimli ekanini ko‘radi. Og‘ir yukni yelkasida ko‘tarishga va qulday mashaqqatli mehnat qilishga majbur etiladi. 16  Isroil qabilalaridan biri bo‘lmish Dan+ o‘z xalqini hukm qiladi+. 17  Dan yo‘l bo‘yida yotgan ilonday, shoxli ilonday bo‘lsin. U otning oyog‘idan chaqadi va otning chavandozi qulab tushadi+. 18  Najotni men Sendan kutaman, ey Yahova. 19  Gadga keladigan bo‘lsak+, bosqinchi to‘dalar unga hujum qiladi, ammo Gad ularni ta’qib etadi+. 20  Osherning+ noni mo‘l bo‘ladi, u shohlarni tansiq taomlar bilan ta’minlaydi+. 21  Naftali+ xushbichim kiyikdir. Uning og‘zidan nafis so‘zlar chiqadi+. 22  Yusuf+ serhosil daraxt novdasidir, buloq bo‘yida o‘sib, shoxlari devordan oshadigan sermeva daraxtdir. 23  Kamonchilar unga hujum qildilar, unga o‘q uzib, ko‘ngillarida unga nisbatan adovat saqladilar+. 24  Uning kamoni tarang, qo‘llari esa kuchli va chaqqonligicha qoladi+. Isroilning cho‘poni va negiz toshini Yoqubning Qudratli Tangrisi beradi. 25  U* otangning Xudosi bergan hadyadir. U Qodir Xudo bilandir va Alloh senga yordam beradi. Alloh senga samoviy barakalarni, quyida yotgan chuqur suvlar barakasini beradi+. Farzandlaring va chorvangni ko‘paytiradi. 26  Otang bergan barakalar, abadiy tog‘larning barakasidan, boqiy tepaliklarning qimmatbaho narsalaridan ham a’loroqdir+. Bu barakalar doimo Yusufning boshi ustida, birodarlari orasidan tanlab olinganning boshidagi toj ustida bo‘ladi+. 27  Benyamin+ bo‘riga o‘xshab tilka-pora qiladi+. Tong payti ovlaganini yeydi, kechki payt o‘ljasini bo‘ladi»+. 28  Bulardan Isroilning 12 qabilasi kelib chiqdi va bu so‘zlarni aytib otasi ularni duo qildi. U har biriga o‘ziga loyiq duo so‘zlarini aytdi+. 29  So‘ng u o‘g‘illariga shunday deb vasiyat qildi: «Men o‘z xalqimga qo‘shilyapman*+. Meni ota-bobolarim yotgan joyga, xetiy Efro‘nning dalasidagi g‘orga dafn etinglar+. 30  Bu g‘or Kan’on yurtida, Mamre yaqinidagi Maxpala degan dalada joylashgan. Bu dalani bobom Ibrohim, xetiy Efro‘ndan dafn qilinadigan joy sifatida sotib olgan. 31  U yerga bobom Ibrohim bilan buvim Sora ko‘milgan+. Shuningdek, otam Is’hoq+ bilan onam Rivqo ham dafn etilgan. Leaxni ham men o‘sha yerga ko‘mganman. 32  Dala hamda undagi g‘or Xet o‘g‘illaridan sotib olingan»+. 33  Shunday qilib, Yoqub o‘g‘illariga yo‘l-yo‘riqlarini aytib bo‘ldi. Keyin oyoqlarini to‘shagiga cho‘zdi-da, nafasi uzildi va o‘z xalqiga qo‘shildi+.

Izohlar

Boshqa variant «o‘y-fikrim».
So‘zma-so‘z «qo‘ling dushmanlaring gardanida bo‘ladi».
Ma’nosi «kimga tegishli bo‘lsa, o‘shadir».
Ya’ni Yusuf.
Bu ibora orqali o‘lim she’riy tarzda ifodalangan.